Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-03-26 11:13:38 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasining hududiy (viloyat) saralash bosqichi nazorat materiallari bilan tanishing.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
15.0K views:), 08:13
Ochish/sharhlash
2023-03-24 09:12:00 Xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga saralashning dastlabki bosqichi barcha hududlarda bugun soat 10-00 da boshlandi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Mazkur bosqich yakunlangandan so‘ng aprel-may oylarida respublika bosqichi tashkil qilinadi va yakuniy natijalarga ko‘ra 5 nafar iqtidorli yoshlar saralanadi hamda Xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etadi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.6K viewsU.Rakhmonov, 06:12
Ochish/sharhlash
2023-03-22 09:43:03 Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi topshiriqlarining baholanish tartibi.

Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.

Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10* 1,5+10*2,6=50).

Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi topshiriqlari ishtirokchilarga bitta tilda yani ingliz tilida taqdim etiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
20.9K views:), 06:43
Ochish/sharhlash
2023-03-22 09:42:48 Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
25.3K views:), 06:42
Ochish/sharhlash
2023-03-21 07:10:41
390 viewsU.Rakhmonov, 04:10
Ochish/sharhlash
2023-03-17 07:48:44
Onlayn olimpiadalar davom etmoqda.

Bugun 9-sinf o‘quvchilari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

Joriy yilning 14-19-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
8.0K views:), 04:48
Ochish/sharhlash
2023-03-14 14:12:35 VIII Kavkaz olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

G‘OLIBLAR BILAN TANISHING

YUQORI SINFLAR LIGASI
(10-11-sinf)
Kumush Raxmatov Anvar Zufarjonovich, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani , Ixtisoslashgan maktab 11-sinf;
Kumush Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li, Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18-maktab,10-sinf;
Bronza Ikromov Azamat Alisher o‘g‘li, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani , Ixtisoslashgan maktab , 10-sinf;
Bronza Otamurodov Nurmuhammad Shuhrat o‘g‘li, Buxoro viloyati, Olot tumani , Ixtisoslashgan maktab , 10-sinf;
Bronza Sobirov Samir Sobitjon o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati , Qarshi shahar , 1-son Ixtisoslashgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi.


YOSHLAR LIGASI (8-9-sinf)
Kumush Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li, Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Al-Xorazmiy maktabi , 8-sinf;
Kumush Axtamov Ozodbek To‘lqinovich,Toshkent shahar ,Yashnobod tumani ,Al-Xorazmiy maktabi ,9-sinf;
Kumush G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li, Toshkent shahar , Yakkasaroy tumani, 144-maktab, 8-sinf o‘quvchisi.

O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.9K views:), 11:12
Ochish/sharhlash
2023-03-14 10:08:38
VIII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi yopilish marosimi boshlanishiga sanoqli soniyalar qoldi.

Olimpiadaning yopilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
https://vk.com/video-133450_456239768

olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
@olimpdep
8.2K views:), 07:08
Ochish/sharhlash
2023-03-14 08:05:20
Onlayn olimpiadalarga start berildi.

Bugun 4-5-sinf o‘quvchilari Matematika va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

Joriy yilning 14-19-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
24.1K views:), 05:05
Ochish/sharhlash
2023-03-13 07:43:11
Onlayn olimpiadalar start olishiga 1 kun qoldi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

Joriy yilning 14-19-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
16.4K views:), 04:43
Ochish/sharhlash