Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 33

2022-08-17 18:10:36
To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

15-avgustdan boshlab hozirga qadar 3400 nafar ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdi. Shoshiling va olimpiada ishtirokchisiga aylaning.

Sizni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!

Quyidagi telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: @Qorakol_olimpiadasi_bot

Batafsil ma'lumotlar @Qorakololimpiadasi telegram kanalida.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
11.6K views15:10
Ochish/sharhlash
2022-08-16 08:39:39 Olimpiada topshiriqlari qay tartibda bo‘lishi va baholash mezoni bilan tanishing.

Olimpiada 2 bosqichdan iborat.
-Bosqich onlayn tarzda o'tkaziladi, @Qorakol_olimpiadasi_bot telegram botida tashkil etiladi.
Bunda, olimpiada topshiriqlari 04.09.2022 sanasida soat 9:00 da internet tarmoqlari orqali (@Qorakololimpiadasi, @olimpdep, olympiad.uzedu.uz) e'lon qilinadi.

Sinflar kesimida alohida-alohida 10 ta ochiq (javoblari yoziladigan) test va 2 ta topshiriq (yozma ish) beriladi Har bir ochiq test uchun 3 ball, har bir topshiriq uchun 10 ball beriladi. Ochiq test uchun 0 yoki 3 ball qo‘yiladi, qisman to‘g‘ri deb baholanmaydi.
Yozma ish topshiriqlari esa baholash mezoni asosida baholanadi. Topshiriqlar yechimlari va baholash mezonlari birinchi bosqich yakunlangandan so‘ng telegram kanalda e'lon qilinadi.

04.09.2022 KUNI SOAT 14:00 GA QADAR Telegram botga yechimlarning skaner qilingan yoki rasmga olingan holda jo‘natish kerak bo‘ladi. Soat 14:00 dan keyin yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi.

2022-YIL 25-SENTABRGA QADAR Internet tarmoqlari orqali (veb-sayt va telegramm kanal) NATIJALAR e'lon qilinadi

-Bosqich Oflayn tarzda Toshkent shahrida oktyabr oyida tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda 5-7 sinf o'quvchilariga har biri 2,2 ball bilan baholanadigan 10 ta ochiq test (javobi yoziladigan) va har biri 7 balldan baholanadigan 4 ta masala berilib, jami 50 ball bilan baholanadi;
8-11 sinf o'quvchilariga har biri 7 balldan baholanadigan 5 ta masala taqdim qilinib, jami 35 ball bilan baholanadi.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
12.2K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-08-15 11:01:58 Qorako‘l matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun @Qorakol_olimpiadasi_bot telegram botiga kirishingiz kerak bo‘ladi.

ЗАПУСТИТЬ (tugmasini bosish)

TILNI TANLASH (O‘zbek tili yoki Русский)

Telefon raqamingizni kiriting! (telefon raqam jo‘natish tugmasini bosing)

Ismingizni kiriting (Masalan: Alisher) Familiyangizni kiriting (Masalan: Alisherov) Sharifingizni kiriting (Masalan: Alisherovich) Jinsingizni kiriting (ERKAK yoki AYOL)

Viloyatingizni kiriting Tumaningizni kiriting Maktab raqamini kiriting (Masalan: 4-maktab) Nechanchi sinfda o'qiysiz? (5-11)

Nazorat materiallarini qaysi tilda olishni istaysiz: (O‘zbek tili yoki Русский)

Ma'lmotlaringiz qabul qilindi! Sizning malumotlaringiz: (Tasdiqlash yoki Qaytadan kiritish tugmasini bosish)

Tasdiqlash tugmasini bosganingizdan so'ng, sizni ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida xabarnoma chiqadi va siz ro‘yxatdan o‘tishni yakunlagan bo‘lasiz.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
9.6K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-08-15 10:17:24
To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasiga start berilmoqda (+VIDEO)

Qorako‘l maktabi asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, "Buyuk xizmatlari uchun ordeni" sohibi, Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, "Bugungi kunimizning haqiqiy maʼrifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi" deya eʼtirof etilgan ustoz To‘xtamurod Jumayev 1945-yil 15-avgust kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida Qorako'l tumanidagi maktabda matematika o'qituvchisi, keyinchalik direktor vazifasida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida o‘ziga xos yangi uslub maktabini yaratib, uni respublika darajasidagi taʼlim dargohiga aylantirgan mohir pedagog, taʼlim fidoyisi To‘xtamurod Jumayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlab matematika olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Batafsil yuqoridagi videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
9.0K views07:17
Ochish/sharhlash
2022-08-15 10:03:30
Qorako'l maktabi asoschisi, "Buyuk xizmatlari ordeni" sohibi, O'zbekiston Xalq o'qituvchisi To'xtamurod Jumayev haqida Davlatimiz Rahbarining fikrlari.

Ustoz "Ilohim maktabimiz Ollohning nazariga, Prezidentimiz nazariga tushsin" deb duo qilardilar.
8.4K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-07-14 22:01:47
Armanistonda o’tayotgan biologiya fanidan xalqaro olimpiadada ishtirok etayotgan terma jamoamiz.

Asosiy sinovlarni yakunlashdi.

Keling, ularga omad tilaylik.
Shu hafta yakunida natijalar e’lon qilinadi.
941 views19:01
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:30:51 Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2022) topshiriqlari

olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
@olimpdep
5.9K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:37:42
52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2022)

Joriy yil 52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Shvetsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Olimpiada masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etildi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
Xasanjonova Madinabonu Toxirjon qizi-Toshkent sh., Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;
Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
Aliqulov Ruslan Otabek o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-IMI, 11-sinf o‘quvchisi;
Itolmasov Abdukomil Akmal o‘g‘li-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
To‘raboyev Azizbek O‘rinboy o‘g‘li-Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 14-maktab,11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.7K views04:37
Ochish/sharhlash
2022-07-13 16:43:45
54-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2022)

Joriy yilda 54-xalqaro kimyo olimpiadasiga (IChO) Xitoy Xalq Respublikasi mezbonlik qilmoqda. Xalqaro kimyo olimpiadasiga 90 ga yaqin davlatlardan 1000 ga yaqin ishtirokchilar onlayn tarzda ishtirok etmoqda. 4 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi.
Badalova Maftuna Lutfullo qizi - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Boymahamadov Ikromiddin Axmadjon o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Shaymatov Sherzod Shaxobiddin o‘g‘li - Navoiy shahridagi, 11-AFCHO‘IM, 11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.3K views13:43
Ochish/sharhlash
2022-07-13 06:48:30 TOJIKISTON RESPUBLIKASI, DUSHANBE SHAHRIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA "ISI JUNIOR-2022" OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Tojikiston respublikasi, Dushanbe shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "ISI Junior-2022" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekistonlik 4 nafar iqtidorli o‘uvchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Ushbu olimpiadada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Belarus, Afg‘oniston, Turkmaniston va Rossiya Federatsiyasidan 158 nafar o‘quvchi va 28 nafar murabbiy ishtirok etdi. Onlayn tarzda Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Shri-Lanka, Xitoy, Suriya va Kuba davlatlaridan 134 nafar ishtirokchi, jami 20 ta jamoa ishtirok etdi.

Olimpiadada ishtirokchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Olimpiadada jamoaviy ishtirok uchun esa 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Valijonov Dilyor Dilshodbek o‘g‘li - oltin medal, Andijon viloyati, Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Jo‘rabekov Otabek Jo‘rabek o‘g‘li - oltin medal, Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Profi school” maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li - kumush medal, Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Kim Svyatoslav Sergeyevich - bronza medal, Toshkent shahar, Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
https://www.facebook.com/centreMRI.tj/

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.0K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash