Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-06 15:00:22 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan 8 nafar o’zbekistonlik o‘quvchilarning 7 nafari medallarni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 6-may kuni Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu yilgi Xalqaro olimpiadada Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Bolgariya, Braziliya, Vengriya, Isroil, Qozog'iston, Qirg'isizton, Makedoniya, Mongoliya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turmaniston, Turkiya, O'zbekiston, Xorvatiya kabi dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o'quvchilar ishtirok etdi. Uch bosqichda tashkil qilingan Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi

Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:

Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - oltin medal;

Maxmudov Abdullox - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi - oltin medal;

Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal;

Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o'quvchisi - kumush medal;

Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o'quvchisi - kumush medal;

Xafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi - bronza medal.

Xakimova Shaxzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - bronza medal;

Mazkur g'alaba bilan o'quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!

Hammamizga ma'lumki, 56-Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida o'tkazilgan edi. Unda ishtirok etgan 12 nafar O'zbekistonlik o'quvchilarning 10 nafari (1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medallar bilan taqdirlangan edi.

So’nggi yillarda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o'quvchilarimiz tomonidan oltin medal qo'lga kiritilmoqda, faqatgina 2013-yil Toshkentda tashkil qilingan Mendeleev olimpiadasida terma jamoamiz vakillari tomonidan 2 ta oltin medal qo’lga kiritilgan bo’lsa, joriy yildagi 2 ta oltin medalning qo’lga kiritilishi ham yurtimizda ilm-fanga, xususan kimyo faniga berilayotgan e’tiborning nishonasidir.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
13.2K views:), edited  12:00
Ochish/sharhlash
2023-05-06 15:00:10
7.9K views:), 12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 07:40:54 Bugun Biologiya va Informatika fanlaridan Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi hamda Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quyidagi havolalar orqali olimpiada jarayonlarini kuzatib borishingiz mumkin.

Biologiya fanidan https://t.me/ibo2023live

Informatika fanidan https://www.youtube.com/live/rugZ8iFX14U?feature=share

Iqtisod fanidan https://meet.google.com/ctf-kttz-xqm
6.5K views:), edited  04:40
Ochish/sharhlash
2023-04-27 11:49:53 Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi.

Olimpiadaning respublika saralash bosqichi 29-30-aprel kunlari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tashkil etiladi. Saralash ikki bosqichdan iborat bo‘lib 2 kun davomida, 1-kun test va 2-kun biznes taqdimoti o‘tkaziladi.

Test topshiriqlar hamda biznes taqdimot ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Birinchi bosqich 30 ta testdan iborat bo‘lib, dastlabki 10 tasi sodda (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

1-kun natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-10 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar keyingi 2-bosqichga (30-aprel kuni bo‘ladigan biznes taqdimoti) o‘tadilar.

Ikkinchi bosqichda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan mavzuga ishtirokchilar 45 daqiqa davomida biznes taqdimotlarini tayyorlab hakamlar hay’atiga og’zaki taqdim qiladilar. Biznes taqdimot uchun har bir ishtirokchiga 10 daqiqa vaqt ajratiladi, savol-javob uchun 5-10 daqiqa.

Biznes taqdimotni baholash mezoni:
1. Muammo(lar) va maqsadlarni tog‘ri belgilash va yoritish (1-2 slayd).
2. Ishlatiladigan mavzuga oid biznes terminlarni to‘liq tavsifini aniq tushunturib o’tish (1-2 gap har bir termin uchun)
3. Biznes model (3-6 slayd; qualitative: PESTEL/SWOT and etc, qualitative: moliyaviy ko’rsatkichlar) larning tahlilini kengligi va chuqurligi;
4. Chetdan tashqari mavzuga oid fikrlash qobiliyati (creativity);
5. Mantiqiy tahlillar (chain of analysis);
6. Muqobil yechimlarning mavjudligi (evaluation);
7. Taqdimot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;

Baholash mezoninig har bir bo‘lim 1 dan 10 gacha baholanadi va hakamlar hay’ati a’zolari har bir ishtirokchilarni aloxida baholaydi va jarayon yakunida umumiy ball hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-5 o‘rinlarni egalagan ishtirokchilar O‘zbekiston terma jamoasiga kiritiladi va xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2023)da ishtirok etadilar.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
8.9K views:), 08:49
Ochish/sharhlash
2023-04-24 03:22:32
Onlayn olimpiadalar davom etadi!

Joriy yilning 24-29-aprel kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
10.6K views:), 00:22
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:23:25
#Ayni_damda

Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Respublikamizning barcha hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

Unda ishtirok etish uchun 6885 ta maktab ro‘yxatdan o'tgan.

Eslatib o‘tamiz, tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.1K views:), 12:23
Ochish/sharhlash
2023-04-18 17:20:58
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda joriy holatga ko‘ra Respublika bo‘ylab 6885 ta maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o'tgan.

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A,B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon CEFR shkalasi bo‘yicha A1 dan C1 darajagacha oshib boradi.

Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.2K views:), 14:20
Ochish/sharhlash
2023-04-18 17:20:48
O‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining o‘quv tayyorlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.

Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) joriy yilning 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1010

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
3.8K views:), 14:20
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:14:52
Rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha olimpiada.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti Filologiya fakulteti umumta'lim maktablarining 6-10-sinf, akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilarini Rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha o'tkaziladigan olimpiadada ishtirok etish uchun taklif etadi. Ushbu olimpiada slavyan yozuvi kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Olimpiadada barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadada ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Olimpiada joriy yilning 30-aprel kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filialida (Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 22) bo'lib o'tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://msu.uz/articles/2023-04-08-olimpiada-po-russkomu-yazyku-i-literature

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
2.0K views:), 11:14
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:16:44
Onlayn olimpiadalar davom etadi!

Joriy yilning 24-29-aprel kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.5K views:), 08:16
Ochish/sharhlash