Get Mystery Box with random crypto!

53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2023) Joriy yil 53-Xalqa | Fan olimpiadalari

53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2023)

Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Eslatib o‘tamiz nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichiga ko‘ra 8 ta o‘quvchi saralab olingan va ular Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar va ushbu Osiyo fizika olimpiadasida o‘quvchilardan eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani M.Ulug‘bek mak. 11-sinf o‘quvchisi;
Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani, PTMA IM, 11-sinf o‘quvchisi;
Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro viloyati , Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li-Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep