Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-03-13 07:43:11
Onlayn olimpiadalar start olishiga 1 kun qoldi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

Joriy yilning 14-19-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
16.4K views:), 04:43
Ochish/sharhlash
2023-03-11 09:31:46
VIII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi davom etmoqda.

Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi 10-11-mart kunlari onlayn tarzda bo'lib o'tmoqda.

Olimpiadada har kuni 4 ta masala berilib har biri 7 balldan baholanadi. Ishtirokchilarga esa ushbu topshiriqlarni bajarishlari uchun tashkiliy qo'mita tomonidan 4 soat vaqt ajratilgan.

Natijalar 14-mart kuni e'lon qilinadi.

Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin.

olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
@olimpdep
7.1K views:), 06:31
Ochish/sharhlash
2023-03-09 18:02:16
VIII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasining ochilish marosimini o‘tkazib yubormang.

Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
https://vk.com/video-133450_456239736

olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
@olimpdep
7.4K views:), 15:02
Ochish/sharhlash
2023-03-07 12:50:04
Onlayn olimpiadalar start olishiga 7 kun qoldi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

Joriy yilning 14-19-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.7K views:), 09:50
Ochish/sharhlash
2023-03-06 19:42:49
Xushxabar

Xalqaro matematika olimpiadalarida bir necha marta sovrindor bo‘lgan, iqtidorli qizlarimizdan biri
Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Iqtidorli va qobiliyatli qizlarimiz ko’payaversin.

Madinani samimiy muborakbod etamiz!

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.6K views:), edited  16:42
Ochish/sharhlash
2023-02-28 13:03:07
Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Oʼzbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan oʼtkazilayotgan kuchaytirilgan oʼquv mashgʼulotlari jarayonlariga bagʼishlangan Press-tur tadbiri tashkil etildi.

Аyni vaqtda poytaxtimizda joylashgan Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda biologiya va kimyo fanlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida informatika va axborot texnologiyalari fanlari, Toshkent viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida matematika va fizika fanlari boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.

Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/915


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
6.3K views:), 10:03
Ochish/sharhlash
2023-02-28 08:42:27
Onlayn olimpiadalar davom etadi!

Joriy yilning 14-19-mart kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
59.5K views:), 05:42
Ochish/sharhlash
2023-02-23 14:22:29
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.5K views:), 11:22
Ochish/sharhlash
2023-02-23 14:14:35
BIOLOGIYA fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.4K views:), 11:14
Ochish/sharhlash
2023-02-23 14:14:22
KIMYO fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.0K views:), 11:14
Ochish/sharhlash