Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo va Biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga s | Fan olimpiadalari



Kimyo va Biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.


Kimyo fanidan saralash bosqichi bugun Toshkent shahri Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti fililalida bo'lib o'tmoqda.

Kimyo fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Biologiya fanidan saralash bosqichi bugun O‘zbekiston Milliy Universitetning biologiya fakulteti binosida tashkil etilmoqda.

Biologiya fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 4,5 soat vaqt ajratiladi.

olympiad.uzedu.uz
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram