Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.86K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-03 12:34:01
Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2023)

Joriy 3-4-iyul kunlari onlayn tarzda Xalqaro matematika musobaqasi Bolgariya tomonidan tashkil qilinmoqda. Mazkur olimpiadada 35 ta davlatdan 160 ta jamoa jami 640 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Ushbu olimpiada ikki yosh toifasiga ajratilgan holda tashkil etilmoqda.
Senior (kattalar) daraja
(ishtirokchilar
2006-yil avgustdan keyin tug'ilgan)
Junior (kichiklar) daraja
(ishtirokchilar
2009-avgustdan keyin tug'ilgan)
Senior darajasi uchun 12 ta 5 ballik javob yozadigan 3 ta 20 ballik yechim yozadigan masalalar bo'ladi va Jami 2 soat vaqt beriladi.
Junior darajasi uchun 15 ta 10 ballik masala bo'ladi va jami bir yarim soat beriladi. Masalalarni olimpiada tugagach umumiy e'lon qilish mumkin.

Bundan tashqari jamoaviy tur ham bor bunda har bir jamoaga 10 ta masala va 70 daqiqa vaqt beriladi va ishtirokchilar bu masalalarni birgalikda jamoa bo'lib yechishlari talab qilinadi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.1K views:), 09:34
Ochish/sharhlash
2023-07-02 08:05:41
O'zbekiston terma jamoasi 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oldi.

O'quvchilarimizga omad tilaymiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.3K views:), 05:05
Ochish/sharhlash
2023-06-30 14:11:11 Matematika fanidan ilk marotaba O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 18-iyun – 6-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Beyjing shahrida dunyoning 25 mamlakatidan 200 ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da (The first International mathematics summer camp-2023) ishtirok etmoqda.

Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Estoniya, Gana, Vengriya, Italiya, Eron, Qirg'iziston, Meksika, Mongolyia, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Ma’ruzachilar orasida O'zbekiston terma jamoasi treneri, bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi, Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sohibi, Britaniyaning Edinburg universiteti doktoranti Hakimboy Egamberganov ham dunyo yoshlariga xalqaro olimpiada metodologiyasi asosida mahorat darslarini olib bormoqda.

1-2-iyul kunlari Xalqaro matematika olimpiadasi singari 2 kun 3 ta topshiriqdan iborat, har bir masala 7 ball bilan baholanadigan olimpiada tashkil qilinadi va ishtirokchilarning ishlari tahlil qilinib, ballari e’lon qilinadi.

Mazkur ilk marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida 64-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi.

Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz!

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.6K views:), 11:11
Ochish/sharhlash
2023-06-30 14:11:11
Xalqaro matematika olimpiadasi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi rahbarlari va jamoa a’zolari.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.5K views:), edited  11:11
Ochish/sharhlash
2023-06-30 11:42:05
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30- iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘llab, faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida o‘quvchilarimiz ham borligi barchamizni quvontiradi.

Bahrillayev Bahrom Azmiddin o‘g‘li – Sardoba tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li – Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)

Maxmudov Abdullox Alisher o‘g‘li – Uchtepa tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Sadulloyev Anvarbek Oybek o’g’li - Peshku tumanidagi 18-umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi (Buxoro viloyati)

Davlat mukofoti muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
3.2K viewsU.Rakhmonov, 08:42
Ochish/sharhlash
2023-06-30 08:59:29
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
4.0K views:), 05:59
Ochish/sharhlash
2023-06-30 08:59:29
#Tabriknoma

Aziz yoshlar!
Qadrli ertamiz egalari!

Sizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Siz bizning ertamiz va ishonchimizsiz. Zero, mamlakatimizning porloq kelajagi sizning qo’llaringiz bilan bunyod etiladi.

Oldingizga qo’ygan maqsadlaringizda zafar hamisha hamrohingiz bo’lishini tilaymiz.

Yo'lingiz doimo ochiq, iqbolingiz porloq bo'lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.4K views:), 05:59
Ochish/sharhlash
2023-06-28 06:27:23
#Tabriknoma

Aziz vatandoshlar!

Sizni bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
5.9K views:), 03:27
Ochish/sharhlash
2023-06-11 23:05:02
#xalqaro_kimyo_olimpiadasi

Urganch xalqaro aeroporti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilarini kutib olishda davom etmoqda.

Bir muddat oldin Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Hindiston, Turkiya davlatlaridan kelgan 60 dan ortiq ishtirokchi o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ustozlari Xorazm viloyatiga yetib kelishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
3.2K views:), 20:05
Ochish/sharhlash
2023-06-08 15:41:59
#Abu_Rayhon_Beruniy
#Xalqaro_olimpiada

11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etiladi!

Ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishadi.

Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab –quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.
________

The Ministry of Preschool and School Education will host the first International Chemistry Olympiad named after Abu Reikhan Beruniy in Khiva. The Olympiad will take place from 11th to 17 th of June.

The pupils from Germany, Türkiye, Azerbaijan, India, Vietnam, Algeria, Brazil, Belarus, Russia, Kazakhstan, Sultanate of Oman, Georgia, Turkmenistan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Uzbekistan are expected to take part in this prestigious Olympiad.

Within the framework of the Olympiad, the honorary guests and professors are planned to hold master classes for young scholars as well.

Follow the news on the International Chemistry Olympiad named after Abu Reikhan Beruniy, which is organized to identify and support the talented youth of New Uzbekistan:

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
7.0K views:), 12:41
Ochish/sharhlash