Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-05-15 09:55:10
8.1K views:), 06:55
Ochish/sharhlash
2023-05-13 17:58:35
#Olimpiada

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz tantanali tarzda kutib olindi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
10.0K views:), 14:58
Ochish/sharhlash
2023-05-13 14:23:15
#Olimpiada

Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Eslatib o’tamiz, Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Fotoreportaj #Matematika

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
7.4K views:), 11:23
Ochish/sharhlash
2023-05-12 07:41:42
#Olimpiada
#Matematika

XUSHXABAR

Olti nafar O’zbekistonlik ishtirok etgan Bolqon Matematika Olimpiadasida 4 ta bronza medali qo'lga kiritildi.

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.

Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
13.2K views:), edited  04:41
Ochish/sharhlash
2023-05-10 16:44:19
11-17-iyun kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xorazm viloyati Xiva shahrida o‘tkaziladi.

Olimpiadada xorijiy mamlakatlardan terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Qo'shimcha ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun kanalimizni kuzatib borishni tavsiya etamiz.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.8K views:), edited  13:44
Ochish/sharhlash
2023-05-10 09:52:46
2023-yil Bolqon matematika olimpiadasi savollari
5.3K views:), 06:52
Ochish/sharhlash
2023-05-08 14:40:15
Diqqat e'lon! Bu e'lon hayotingizni o'zgartirib yuborish mumkin.

Siz maktab bitiruvchisimisiz? Yoki maktabni oldinroq tugatganmisiz? Eng asosiysi talaba bo'lishni istaysizmi?

Bizda siz uchun yaxshigina taklif bor! Biz sizga imtihonlardan oldin o'zingizni sinab ko'rish va talaba bo'lish imkoniyatini beramiz!

Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti "Mening imkoniyatim" fan olimpiadasini e'lon qiladi!


Olimpiada fanlari:
Matematika
Ingliz-tili

Taqdirlash:

1-o'rin ( 10 nafar ) -  Grant asosida qabul
2-o'rin ( 6 nafar ) - 50% chegirma (4 yil uchun)
3-o'rin ( 4 nafar ) - 25%  chegirma (4 yil uchun)
Faol ishtirokchi (180 nafar) -10% chegirma (4 yil uchun)

Olimpidada ishtirok etishni istaganlar Telegram botda 6-maydan 22-mayga qadar  ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Ma'lumot uchun:
+998970097975
+998977808681
+998555061277

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring :
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
6.8K views:), 11:40
Ochish/sharhlash
2023-05-08 10:29:25 Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi

FARG‘ONA VILOYATI BO‘YICHA
MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Fargʻona viloyatida tashkil qilinadigan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 14 may 17-00 ga qadar Fargʻona viloyati Quva tumanida joylashgan, Aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 14-17-may
Geolokatsiya: Aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Farg‘ona viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.G‘aniyev +998972094110
Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027



TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Toshkent shahrida tashkil qilinadigan Matematika va Informatika fanlaridan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 18 may 18-00 ga qadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

Ingliz, Nemis va Fransuz tili fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 20 may 18-00 gaqadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 19-22-may
Geolokatsiya: Toshkent shahrida joylashgan Amity universiteti
Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027



BUXORO VILOYATI BO‘YICHA MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 18 may 17-00 ga qadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 20 may 18-00 gaqadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 18-22-may
Geolokatsiya: 23-son maxsus maktab-internatiga
Buxoro viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.Rustamova 93-454-46-00, 97-302-14-02
Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: O.Karimov 91-458-69-73

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
9.9K views:), 07:29
Ochish/sharhlash
2023-05-08 10:29:01
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi hamda Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada.

Matematika
fanidan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada 29 may-3 iyun kunlari Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida xalqaro darajada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
8.6K views:), 07:29
Ochish/sharhlash
2023-05-08 06:29:42
#Olimpiada
#Matematika

O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Raxmatov Anvarbek
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
5.7K views:), 03:29
Ochish/sharhlash