Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro fan olimpiadalariga saralash bosqichi davom etmoqda. | Fan olimpiadalari

Xalqaro fan olimpiadalariga saralash bosqichi davom etmoqda.

Ertaga, 15-aprel kuni kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi boshlanadi. Saralash olimpiadasi D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tadi.
GEOLOKATSIYA

Saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish topshirig‘i berilib, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shvetsariya davlatida tashkil etiladigan Xalqaro kimyo olimpiasi (IChO-2023)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep