Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-12-31 22:17:26
2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilindi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqiga yo‘llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan 2023-yil Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb nomlangan edi.
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.1K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2023-12-30 09:06:11


Markaz tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.2K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2023-12-29 16:39:38
Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vazifasi sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 29-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, Talabalar orasida ijtimoiy ma'naviy muhit barqarorligiga ma'sul rektor maslahatchisi F.Abduvaliyev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov, O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri R.Xoliqova, fakultet dekanalari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

TDTU Matbuot xizmati:

Telegram Instagram Facebook tdtu.uz YouTube
13.8K views13:39
Ochish/sharhlash
2023-12-27 12:08:53
#Yoshlar_turizmi_haftaligi

2024-yil 1-10-yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” tashkil etiladi


Ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yoʻl va transport xarajatlariga, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalar beriladi, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul boʻladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
25.3K views09:08
Ochish/sharhlash
2023-12-26 07:21:35 KUN TARIXI Bugun 26-dekabr haftaning seshanba kuni.Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Zahiriddin Muhammad Bobur vafot etdi (1530).

Ingliz kashfiyotchisi Charlz Babbage hisoblash mashinasini ixtiro qildi (1792).

“Salyut-4” kosmik stansiyasi uchirildi (1974).

Tovushdan tez uchuvchi Tu-144 yo‘lovchi samolyoti foydalanishga topshirildi (1975).

Oʻzbekiston va Avstraliya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi (1991).

Hindiston Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Meksika Qo'shma Shtatlari, Tailand Qirolligi, Tunis Respublikasi, Sharqiy Urugvay Respublikasi, Vengriya Respublikasi O'zbekiston suverenitetini tan oldi (1991).

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlandi (2013).

Britaniyalik matematik, birinchi analitik hisoblash mashinasi ixtirochisi Charlz Bebbij tavallud topgan kun (1791).

Geolog, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Boboev Qurbonali tavallud topgan kun.

Sharqshunos va arxeolog olim. O’zFA akademigi, tarix fanlari doktori, professor Muhammadjonov Abdulahad tavallud topgan kun (1928) .

Teatr rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Baxtiyor Toʻrayev tavallud topgan kun (1963).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.1K viewsedited  04:21
Ochish/sharhlash
2023-12-25 15:35:04
#Yil_talabasi_2023

“Yil talabasi – 2023”  tanlovi Oliy taʼlim muassasalari tomonidan  Respublika bosqichiga taqdim etilgan hujjatlar Hakamlar hayʼati tomonidan o‘rganib chiqildi. Har bir nominatsiya bo‘yicha 7 nafar nomzodlar tanlovning yakuniy bosqichiga tavsiya etildi.  Tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati ilova qilinadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
20.8K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-12-25 09:21:02
JADIDLAR

Taqdir erkalatgan qizlar, yigitlar
Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar.
Xayolchan boqadi g‘oziy shahidlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Shaxsiy namuna yo‘q, chunki Ibrat yo‘q,
Olimlar juda ko‘p, bitta Fitrat yo‘q,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yo‘q,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ular g‘isht qo‘ygan, biz toshlar otamiz,
Ular so‘z yig‘ganlar, biz gap sotamiz,
Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Tavallo, Qodiriy, Cho‘lponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Og‘iz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

O‘shalar bizlarning bobolarmikan?
Bizdan o‘zlarini topolarmikan?
Bizni nabiram deb tan olarmikan?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ular maktab qurgan, biz uy quramiz,
Ular g‘oya surgan, biz o‘y suramiz.
Yoppa tomoshabin bo‘lib turamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Iqbol Mirzo

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.7K viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash
2023-12-22 07:35:00
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari OTM bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Navoiy davlat pedagogika va Toshkent moliya institutlarida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari institut bosqichining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, mashhur sport ustalari, elimiz suygan san’atkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Toshkent moliya institutida oliygoh bosqichida jami 144 ta musobaqa o‘tkazildi. Unda 15 ming nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan sport musobaqalarida esa 5 ming 500 nafar talabalari qamrab olindi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.7K views04:35
Ochish/sharhlash
2023-12-21 20:57:01
Bugun kun davomida “Yil talabasi – 2023” ko‘rik tanlovida qabul qilingan hujjatlar saralandi.

Hujjatlarni saralash jarayonlari to‘liq yakunlangach, har bir nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi 7 ta nomzod aniqlanadi va ular suhbat jarayoniga taklif qilinadi.

Respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlarni saralash jarayonlari ertaga ham davom etadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.8K viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2023-12-21 13:46:04
Kuni kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari R.Xudayberganov hamda direktor o‘rinbosari F.Farhodovlar amaliy tashrif bilan Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lishdi.

Tashrif davomida institutda talaba-yoshlarning dars jarayonlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda qishki ta’tilga kuzatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori X.Qurbonov hamrohligida institut tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishib, u yerdagi Navoiy viloyatining yaqin 150 yillik tarixi, qatag‘onlik siyosatining mazmun-mohiyati, ayniqsa, jadid bobokalonlarimizning hayoti va faoliyatiga, ularning qismatiga oid manba va ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

Ushbu muzeyning yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, millat fidoyilari hamda mohir pedagog sifatida tarbiyalanishida bu kabi muzeylarning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.1K views10:46
Ochish/sharhlash