Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-12-19 12:57:29
#QVZ_FINAL

“Quvnoqlar va zukkolar – 2023” Oliy ligasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

17-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda korxona va tashkilotlar yoshlari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy ligasining final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hazil-mutoyiba, shiddat va original chiqishlarga boy bo‘lgan bahs yakunida:

1-o‘ringa — “Agrolayf” va “Adrenalin” jamoalari;
2-o‘ringa — “Patrul” jamoasi;
3-o‘ringa — “Yuristlar” jamoasi loyiq deb topildi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan birga 1-o‘rin uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 150 million so‘m, 2-o‘rin uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 100 million so‘m va 3-o‘rin uchun Yoshlar ittifoqi tomonidan 75 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlov g‘oliblariga QVZ ko‘chma-kubogi topshirildi.

Tanlovda “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominatsiyalari bo‘yicha “Agrolayf” jamoasi a’zosi Baxadir Qutlimuratov va “Adrenalin” jamoasidan Madina Rahmatullayevalar ham e’tirof etildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yil QVZ o‘zining 30-mavsumini o‘tkazmoqda. Tadbir so‘ngida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov so‘z olib, barcha QVZ'chi yoshlarni va tashkilotchilarni yubiley bilan muborakbod etib, ularga omad va zafarlar tiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.6K views09:57
Ochish/sharhlash
2023-12-15 15:43:36
Diqqat yangilik, “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2-mavsumida test ishlagan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Sertifikatni olish uchun @kitobtanlovbot manziliga kirasiz;
Botga /start buyrug‘ini berasiz (rasmga ko'rsatilgan);
“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz;

Eslatma! Siz tanlov uchun qaysi ism-familiya bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sertifikat o‘sha ism-familiyaga beriladi;
Kamida 5 referal ballga ega ishtirokchilarning barchasi sertifikat olishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.4K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2023-12-15 07:51:24

Bugun 15-dekabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro choy kuni.
Ukraina – Sud xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1875 – Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
1905 – Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
1923 – "Skoda" avtomobil kompaniyasining emblemasi ro'yxatga olindi.
1939 – "Shamollarda qolgan hislarim" filmi premyerasi.
1972 – BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.

#tavalludlar
1832 – Gyustav Eyfel (1932) – Eyfel minorasi, ko‘plab ko‘priklar va po‘lat konstruksiyalar ixtirochisi.
1852 – Antuan Anri Bekkerel (1908) – radioaktiv nurlanishni kashf etgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
1859 – Lyudovik Lazar Zamenxof (1917) - polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi.
1921 – Nizomxo’jayev Jamol (1992) – opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti.
1925 – Saodat Qobulova (2007) – opera xonandasi, ashulachi, O'zbekiston va SSSR xalq artisti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.4K viewsedited  04:51
Ochish/sharhlash
2023-12-14 15:14:01
Markazga archa yasatildi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida Yangi yil shukuhi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.9K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-12-14 09:46:40

Bugun 14-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro maymunlar kuni.
Ukraina – Chernobil halokatchilari kuni.
Hindiston – Milliy energiya tejash kuni.
Turkmaniston – Neft sanoati va geologiya xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1799 – AQShning birinchi yetakchisi Jorj Vashington hayotdan ko’z yumdi.
1900 – Kvant mexanikasi ta’limoti nashrdan chiqdi..
1955 – Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kambodja, Laos, Liviya, Nepal, Portugaliya, Ruminiya, Finlandiya, Seylon, Vengriya BMTga qabul qilindi.
1990 – 1936-yildan O’zbekiston tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston o’z davlat suverenitetini e’lon qildi.
1992 – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 
2004 – Dunyodagi eng baland transport ko‘prigi - Miyo Viadugi ochildi.

#tavalludlar
1789 – Zinaida Volkonskaya – rus yozuvchi, shoira, adabiy salon bekasi.
1895 – Ejen Emil Pol Grendel (1952) – fransuz shoiri. Vafotidan soʻng unga Xalqaro Tinchlik mukofoti berilgan (1953).
1914 – Zoxidov Voxid (1983) – Adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist, O’zbekiston FA akademigi.
1924 – Radj Kapur (1988) – mashhur hind aktyori, kinorejissyor.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.0K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-12-13 17:11:46 “Ziyo Day”da qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

https://forms.gle/NtYyhRDeGsXHoPym9
16.1K views14:11
Ochish/sharhlash
2023-12-13 12:35:47
Salom do‘stlar!
Yorqin taassurotlarni sog‘indingizmi?

Unda sizni “Ziyo Day”da kutamiz!

Ziyo kunidan maqsad nima?
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar bilan turli dolzarb mavzularda muloqot qilish, o‘qishga va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga motivatsiya berish, talabalar o‘rtasida muloqotni kengaytirishdan iborat.

Sizni nima kutmoqda:
Ilhomlantiruvchi o‘qituvchilardan ma’ruzalar;
O‘rganish haqiqiy san’atga aylanadigan ijodiy mahorat darslari;
Intellektual viktorina – o‘yin tariqasida o‘rganamiz;
Fikr almashish va yangi aloqalarni o‘rnatish uchun tarmoq.

Tashkilotchilar: “Ziyo Forum” – ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi va Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi

Ta’limga yangicha nuqtai nazardan qarash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ta’lim kelajagi sari qadam tashlash uchun bizga qo‘shiling!
______

Привет, друзья!
Пропустили яркие впечатления?

Тогда мы ждем вас в “Ziyo day”!

Какова цель “Ziyo day”?
Цель мероприятия – пообщаться с молодежью на различные актуальные темы, дать мотивацию учиться и достигать своих целей, расширить нетворк среди студентов.

Что вас ждет:
Лекции от вдохновляющих лекторов;
Творческие мастер-классы, где обучение становится настоящим искусством;
Интеллектуальный квиз – учимся, играя;
Нетворкинг для обмена идеями и завязывания новых связей.

Организаторы: “Ziyo Forum“ – Фонд развития науки и образования и Центр повышения социальной активности студентов и учеников

Не упустите возможность взглянуть на образование с новой точки зрения! Присоединяйтесь к нам, чтобы сделать шаг в будущее образования!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
19.2K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-12-13 11:05:25
Markaz rahbari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Ravshanbek Xudayberganov dissertatsiya himoyasida ishtirok etish hamda Samarqand viloyatidagi talabalar turar joylarini qishki mavsumga tayyorgarlik holati va TTJda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida 12-dekabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida SamDU ilmiy kengashining yig‘ilishida Tursunov Baxtiyor Temurovichning “Alisher Navoiyning komil inson konsepsiyasini yoshlar qalbiga singdirishda sinergetik metodologiyaning o‘rni” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha fan doktori (phD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Unda R.Xudayberganov rasmiy opponenet sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi OTMlar, jumladan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalar turar joylaridagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi. Xususan TTJda “Besh tashabbus xona”larining tashkil etilganligi va faoliyati o‘rganildi. Bundan tashqari institutda tashkil etilgan “Ro‘zg‘or maktabi”, “Yoshlarni oilaga psixologik tayyorlash” to‘garagi hamda “Qalqon” guruhi faoliyati bilan tanishildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.2K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-12-13 07:10:41

Bugun 13-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Rossiya – Ayiqlar kuni.
AQSh – AQSh Milliy gvardiyasining tug'ilgan kuni.
Braziliya – Dengizchilar kuni.

#muhim_voqealar
1476 – Uilyam Kekston birinchi bo’lib tipografda kitob chop etdi.
1888 – Toshkentda mix-tosh bosmaxonasi ishga tushirildi.
1903 – Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi. 
1920 – Gaaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi. 
1971 – Moskvada "Omadli jentelmenlar" komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

#tavalludlar
1720 – Karlo Gotsi (1806) – italyan dramaturgi va yozuvchisi.
1797 – Genrix Geyne (1856) – nemis shoiri, publitsist, tanqidchi.
1873 – Valeriy Bryusov (1924) – rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos.
1947 – Rustambek Abdullayev – musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.5K views04:10
Ochish/sharhlash
2023-12-12 07:58:12
Talabalarga 50% chegirmalar

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga “O’zbekiston temir yo‘llari" AJ qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qildi!

Chegirmalar 25-dekabrdan 7-yanvarga qadar o‘natilgan tartibda barcha mahalliy yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarning temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma amal qiladi! SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun chegirma berilmaydi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 1005
Ishonch telefoni: +99871-2999450

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
28.0K views04:58
Ochish/sharhlash