Get Mystery Box with random crypto!

#ichki_turizm #etnosport  O‘zbekiston Respublikasi Prezident | Manaviyat.edu.uz

#ichki_turizm #etnosport

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 18-20-aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 500 ga yaqin talaba-yoshlar va 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilarni o'zida jamlagan "TATU yoshlari - kelajak bunyodkorlari Qarshi-2024" forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida:

Talaba-yoshlar о‘rtasida xalq o‘yinlarining unutilishi va yo‘qolib ketishining oldini olish hamda ota-bobolarimizdan meros xalq o‘yinlarini ommalashtirish maqsadida milliy sport turlari va o'zbek-xalq o'yinlari bo‘lmish  - arqon tortish, belbog‘li kurash, "Qarabtep", tosh ko‘tarish, besh tosh, chillaki hamda kamondan o'q uzish turlari bo'yicha bellashuvlar;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda Miroqi shaharchasida joylashgan Hisorak suv ombori hududi bo'ylab ekskursiyalar;

Amir Temur tomonidan qurdirilgan, Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik bo'lmish – Oqsaroy yodgorligiga bundan tashqari, Abu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi, Qarshi ko‘prigi, Hazrati Bashir maqbarasi, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Sulton Mirhaydar madrasasi va boshqa bir qator ziyoratgohlarga ekskursiyalar;

TATU va filiallarning talaba-yoshlari o'rtasida osh pishirish musobaqasi hamda sho'x-shodon musiqiy va ko'ngilochar tadbirlar;

Forumi doirasida tashkil etilgan Etnofest musobaqalari hamda TATU va filiallar o'rtasida bo'lib o'tgan osh pishirish musobaqasi g'oliblarini taqdirlash marosimlari oʻtkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube