Get Mystery Box with random crypto!

Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi k | Manaviyat.edu.uz

Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vazifasi sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 29-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, Talabalar orasida ijtimoiy ma'naviy muhit barqarorligiga ma'sul rektor maslahatchisi F.Abduvaliyev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov, O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri R.Xoliqova, fakultet dekanalari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

TDTU Matbuot xizmati:

Telegram Instagram Facebook tdtu.uz YouTube