Get Mystery Box with random crypto!

“Talabalar ligasi” sport musobaqalari OTM bosqichi g‘oliblari | Manaviyat.edu.uz

“Talabalar ligasi” sport musobaqalari OTM bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Navoiy davlat pedagogika va Toshkent moliya institutlarida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari institut bosqichining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, mashhur sport ustalari, elimiz suygan san’atkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Toshkent moliya institutida oliygoh bosqichida jami 144 ta musobaqa o‘tkazildi. Unda 15 ming nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan sport musobaqalarida esa 5 ming 500 nafar talabalari qamrab olindi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube