Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 78

2022-08-26 13:24:51
Diqqat tanlov!

Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, Mustaqillik bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyati onlayn tanlov e'lon qiladi.

Tanlov shartlari juda oddiy!
Batafsil ma'lumot

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.6K views10:24
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:01:59
#dayjesti

2022-yilning 7-iyul kuni Urganch davlat universiteti tyutorlari o'rtasida oʻquv-uslubiy seminarlarining yakuniy mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Buxoro davlat universiteti tyutorlari о‘rtasida “Tyutorlar birlashib - katta kuchmiz!” shiori ostida “Besh tashabbus imkoniyatlar kaliti” festivali tashkil etildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining dasturchi qizlaridan IT sohasi bo‘yicha maxsus rolik.

“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan oliy taʼlim muassasalarining oʻz kasbiga fidoiy professor-oʻqituvchilarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab quvvatlashga hissa qoʻshish maqsadida “Eng fidoiy ustoz” tanlovi o'tkazilmoqda.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.9K viewsНАРГИЗА, 12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:48:14
#ABITURIENT_2022

ABITURIENT – 2022: kimlar test sinovlari uchun to‘lov pulidan ozod qilinadi?

O‘tgan yili maktabni bitirganlarga hujjat topshirish bepul bo‘lgan. Bu yil ham shu tartib saqlanib qoladimi?
— O‘tgan yili maktabni bitiruvchilar test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmadi. Joriy yilda ham xuddi shunday bo‘ladi, —deydi Davlat test markazi Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov. — 2022-yilda ta’lim muassasalarini tugatayotgan akademik litsey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari ham to‘lovlarni amalga oshirmaydi.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.3K viewsНАРГИЗА, edited  10:48
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:26:34 A.Toshqulov oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi

Kuni kecha Prezidentimizning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ushbu hujjat ahamiyati hamda professional ta’lim sohasi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni hal etish dolzarb masala ekanini ta’kidladi.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.3K viewsНАРГИЗА, 10:26
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:52:50
Barchamiz uchun Vatan bitta!

Asrlar davomida shakllanib kelgan qon-qarindoshlik, dinimiz, urf-odatlarimiz, madaniyatimiz, quda-andachilik rishtalari uzoq ming yillarga borib taqaladi. Bir soʻz bilan aytganda, et bilan tirnoqqa aylanib ulgurgan – bir elmiz!

"Yangi Oʻzbekiston va Yangi Qoraqalpogʻistonni barpo etishda bor bilimimiz hamda kuch gʻayratimizni safarbar etamiz!”

HD formatda koʻrish

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.8K viewsIzzatxo'ja Asomiddinov, 07:52
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:15:27
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Manba: @eduuz

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.4K viewsНАРГИЗА, edited  07:15
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:44:19
#Munosabat

Biz O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatga mansub, turli diniy konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar "Men o‘zbek xalqining bir vakiliman!" deb faxrlanadi. Bu yurt barcha turkiy xalqlarning ota-makonidir. O‘zbek va Qoraqalpoq qoshu-qaboqdek bir jonu, bir tan bo‘lib, quda-anda, qondoshu jondosh bo‘lib yashab kelmoqda.

Bu hamjihatlikka rahna soluvchi kuchlarning g‘arazli maqsadlari bor: “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil”. Gʻarazgo'ylar, fitnachilar hech qachon maqsadiga erisha olmagay, zero, qoraqalpoq qondoshim, og‘ir-bosiq, donishmanddir. Hoy, qoraqalpoq qondoshim, qo‘lni-qo‘lga ber, birgalikda biz kuchmiz, axir. Yangi O‘zbekistonni, Yangi Qoraqalpog‘istonni birga quraylik!

Boboyorov Bobomurod Normatovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali direktorining birinchi o‘rinbosari, f.f.b. (PhD), dosent:

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.6K viewsНАРГИЗА, 15:44
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:30:58
#munosabat
#Qoraqalpogiston_mening_yurtim

Qoraqalpoq farzandiman

Har kimning tug‘ilgan yeri uning vatani bo‘ladi, deyishadi. Mening kindik qonim to‘kilgan tuproq Qoraqalpog‘iston. Bolaligim, umrimning boshlanishi shu diyor bilan bevosita bog‘liq. Tilim ham shu yerda chiqqan, savodim ham. Ammo taqdir taqazosi bilan umrimiz poytaxtda — Toshkenti azimda o‘tyapti. Vaqti-vaqti bilan Qoraqalpog‘istonga borganimda o‘zim o‘qigan maktabga boramiz, sinfdoshlarim Toshkentdan kelgan deb, mehmon qilishadi. Qoraqalpog‘iston xalqi juda mexmondo‘st xalqdir. Ularni juda sog‘inaman. Talabalarim orasida qoraqalpoqlar bo‘lsa, boshim ko‘kka yetadi. Iftixor tuyg‘usini tuyaman.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Dusimbetova Nargiza Baxtiyarovna

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.5K viewsНАРГИЗА, 13:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:04:31
#munosabat
#bir_xalq
#bir_millat

Biz bir tanu bir jonmiz!
Batafsil

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.b B.N.Boborajabov

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
2.1K viewsНАРГИЗА, 13:04
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:50:17
Yoshlarga e’tibor kelajakka e’tibor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularga ishonchi balandligini bildirdi. Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli sa’y-harakatlar natijasida, yoshlarning jamiyatdagi va xalqaro o‘rni yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilmoqda. Xususan, 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berilishi, xususiy ta’lim muassasalarida IT sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlarga 20 million so‘m miqdorgacha 4 yillik imtiyozli kredit ajratilishi yoshlarning jamiyatdagi faolligini va ijtimoiy rolini oshirishga xizmat qiladi.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.5K viewsНАРГИЗА, 11:50
Ochish/sharhlash