Get Mystery Box with random crypto!

“Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichlari boshlanm | Manaviyat.edu.uz



“Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichlari boshlanmoqda!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda aprel oyining 20-30-aprel kunlari “Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichi Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etiladi. Unda 104 ta oliy ta’lim muassasalarining saralangan jamoalari 20 ta guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashadilar. Har bir guruh g‘olibi turnirning respublika, final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Munozara” turnirida ishtirok etadigan jamoalar, bellashuv o‘tkaziladigan manzil va sana, turnirni olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, hududiy bosqich uchun tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Hududiy bosqich reja-grafigi

Turnirni o‘tkazish yo‘riqnomasi

Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

Turnir g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln so‘m va 3-o‘rin 15 mln so‘m pul mukofoti, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube