Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-12-08 12:05:05
#konstitutsiyakuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
23.3K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash
2023-12-08 09:06:47
#tabrik
#konstitutsiyakuni

Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barchamizning sharafli burchimizdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Konstitutsiyamiz shu zaminda yashayotgan har bir insonning baxtli xayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratish g‘oyasini o‘zida mujassam etib, shu maqsadlarga erishishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning har bir moddasida inson manfaatlari mujassamdir.

Yangilanayotgan O‘zbekistonimizdagi Uchinchi Renessans – Yangi Uyg‘onish davrining birinchi Konstitutsiya kuni. Yurtimiz tinchligi osmonimiz musaffoligi hech qachon bizni tark etmasin.

Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridak qomusiga amal qilgan halq kelajagi buyuk bo‘ladi. Bejizga, ”Qomusli el – nomusli el” deyishmagan. Qomusi bor yurtimizning bayram tonglari barchamizga muborak bo‘lsin!

To‘liq tabrikni o‘qish

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R. Xudayberganov

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
25.8K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-12-07 16:27:46
Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ yakunlandi!

Toshkent shahrida tahsil oladigan 400 ga yaqin talaba-yoshlarni qamrab olgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan sportning stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“da g‘oliblar aniqlandi.

Talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir g‘oliblari:
1-o‘rin: Zulayho Zafarjonova, Renessans universiteti talabasi
2-o‘rin: Na’muna Yusupova, O‘zMU talabasi
3-o‘rin: Marjona Turayeva, Puchon universiteti talabasi

Talaba-yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir g‘oliblari:
1-o‘rin: Ulug‘bek Sobitaliyev, O‘zDJTSU talabasi
2-o‘rin: Abdusomad Saidov, KIUT talabasi
3-o‘rin: Mirshavkat Mirabdullayev, TDIU talabasi

G‘oliblarga I, II va III darajali diplomlar hamda smart soat, quloqchin va airpods sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov topshirib, kelayotgan 8-dekabr “Konstitutsiya kuni“ bilan barchani tabrikladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
34.1K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-12-07 14:34:54
NamDU – Oʻzbekiston kubogi sohibi!!!

1-8-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtgan Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslarida NamDU qizlar jamoasi barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, kubok sohibiga aylandi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
32.6K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2023-12-07 10:23:14 Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
32.1K viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2023-12-07 09:28:30

Bugun 7-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni.
Eron – Talabalar kuni.
Tojikiston – Moliya xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1678 – Lui Enpen Niagara sharsharasini topgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
1703 – Angliyada Buyuk bo'ron, Britaniya janubida qayd etilgan eng katta bo'ron. Shamol tezligi soatiga 120 milyaga yetdi, 10 000 ga yaqin odam halok bo'ldi va 100 ta kema cho'kib ketdi.
1944 – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konvensiya imzolandi.
1972 – "Apollon-17" kosmik kemasi The Blue Marble"ning tasvirini olishga erishdi.
1982 – Texasda birinchi marta inyeksiya yordamida o‘lim jazosi amalga oshirildi.
1984 – Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy”, “O‘zbekiston” va “Toshkent” bekatlari foydalanishga topshirildi.

#tavalludlar
903 – Abdurahmon as-So‘fiy (986) – fors astronomi va matematigi.
1863 – Pyetro Maskani (1945) – italyan bastakori.
1855 – Dibayev Abdubakr (1933) – turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 
1913 – Xalima Nosirova (2003) – o'zbek san'atining yirik namoyondasi, Opera xonandasi, Ozbekiston xalq artisti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.1K views06:28
Ochish/sharhlash
2023-12-06 17:35:21
“Speakers' club” loyihasi o‘z faoliyatini boshladi!

Bugun Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan “Speakers club” loyihasining birinchi darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu dars davomida ishtirokchilarga loyiha maqsadi hamda faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek barcha ishtirokchilar mashg‘ulot dasturlari bilan tanishib olishdi.

Agar siz ham ingliz tilini o‘rganib yuqori natijalarga erishishni istasangiz, tezroq bizning jamoamizga qo‘shiling!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Speaker_students
Murojaat uchun: +998940774601

Manzil: Talabalar shaharchasi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
32.5K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2023-12-06 14:20:56
Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi”ning barcha chorak final ishtirokchilari aniqlandi!

Bugun yigitlar o‘rtasidagi eng kuchli 8 nafar ishtirokchi nomi aniq bo‘ldi. Ular bilan tanishing:

Murzayev Azizbek, TIFT talabasi
Jo‘rayev Dilshod, TIFT talabasi
Ro‘ziboyev Kamoliddin, TIFT talabasi
Toshniyozov Diyorbek, O‘zMU talabasi
Sobitaliyev Ulug‘bek, O‘zDJTSU talabasi
Kamoliddinov Begzod, TDTrU talabasi
Saidov Abdusomad, KIUT talabasi
Mirabdullayev Mirshavkat, TDIU talabasi

Bugun soat 17:00 da turnirning chorak final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a jarayonini @markazkubogi Telegram kanalida jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.9K viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2023-12-06 08:10:06
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi:

Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
20.1K views05:10
Ochish/sharhlash