Get Mystery Box with random crypto!

Kuni kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshir | Manaviyat.edu.uz

Kuni kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari R.Xudayberganov hamda direktor o‘rinbosari F.Farhodovlar amaliy tashrif bilan Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lishdi.

Tashrif davomida institutda talaba-yoshlarning dars jarayonlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda qishki ta’tilga kuzatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori X.Qurbonov hamrohligida institut tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishib, u yerdagi Navoiy viloyatining yaqin 150 yillik tarixi, qatag‘onlik siyosatining mazmun-mohiyati, ayniqsa, jadid bobokalonlarimizning hayoti va faoliyatiga, ularning qismatiga oid manba va ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

Ushbu muzeyning yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, millat fidoyilari hamda mohir pedagog sifatida tarbiyalanishida bu kabi muzeylarning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube