Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-12-06 07:31:21

Bugun 6-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Santa-Klausning tug‘ilgan kuni
Irlandiya – Milliy bedarak yo'qolganlar kuni.
Kanada – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi harakatlar va xotirlash milliy kuni.
Ukraina – Qurolli kuchlar kuni.
Ispaniya – Konstitutsiya kuni.

#muhim_voqealar
1865 – AQSHda qullik bekor qilindi.
1884 – Vashington monumenti qurib bitkazildi.
1945 – Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi.
2016 – Xakasiyada katta meteorit kelib tushdi.
2017 – AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olganini e'lon qildi.

#tavalludlar
1778 – Jozef Lui Gey-Lyussak (1850) – fransuz fizigi, kimyogar, borni kashf etgan, ixtirochi.
1823 – Fridrix Myuller – nemis va ingliz filologi, sharqshunos.
1910 – Tullio Krali – italiyalik futurist rassomi, aero rasmlarining asoschilaridan biri.
1940 – Xayrulla Sa'diyev – teatr va kino aktyori, O'zbekiston xalq artisti.
1942 – Peter Xandke – avstriyalik yozuvchi va dramaturg, Nobel mukofoti sohibi.
1968 – Sadir Japarov –- Qirgʻizistonlik siyosatchi, Qirgʻiziston Prezidenti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.4K views04:31
Ochish/sharhlash
2023-12-05 20:22:01 Diqqat, eslatma!

Ertaga markazimiz tomonidan tashkil etilayotgan “Speakers' club”ning kirish darsi bo‘lib o‘tadi. Bacha ingliz tilini o‘rganish istagidagi talaba-yoshlarni taklif qilamiz.

Batafsil ma’lumot

Klub haqidagi savollar yuzasidan @Speaker_students hamda @speakers_club1 profillariga murojaat qilishingiz mumkin.
18.6K views17:22
Ochish/sharhlash
2023-12-05 18:09:03
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Konstitutsiya kuni“ munosabati bilan o‘tkazilayotgan stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ turniri ilk bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Bugungi shiddatli bahslardan so‘ng, yigitlar o‘rtasidagi musobaqada eng kuchli 32 ishtirokchi aniqlangan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida chorak final ishtirokchilari aniqlandi.

“Markaz kubogi“ turnirining chorak finaliga yo‘l olgan talaba-qizlar bilan tanishing:

Yo'ldosheva Madina, O‘zMU talabasi
Babanazarova Shohsanam, TDYU talabasi
Saidova Iroda, O‘zDJTU talabasi
Allaberdiyeva Durdona, O‘zMU talabasi
Alimjonova Ro‘zigul, O‘zMU talabasi
Yusupova Na’muna, O‘zMU talabasi
Turayeva Marjona, Puchon universiteti
Zafarjonova Zulayho, Renessans universiteti

Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlar ertaga davom ettiriladi, qizlar o‘rtasidagi chorak final, yarim final va final bellashuvlari esa 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi!

Shunchaki tomoshabin sifatida kelishingiz ham muddat, juda qiziqarli bahslar guvohi bo‘lyabmiz, buyog‘iga faqat eng kuchlilar turnirni davom ettiradi.


Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
21.4K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-12-05 17:28:31 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumida o‘qish uchun vazifa sifatida berilgan Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari audio kitob formatini taqdim etamiz.

Kitobxonlarga qulaylik, Siz @kitobbazabot orqali ko‘plab o‘zingiz izlagan kitoblarning audio va elektron formatlarini topa olasiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
18.1K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2023-12-05 16:20:29
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi:

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining  mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
24.1K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2023-12-05 09:10:49
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 8-dekabr “Konstitutsiya kuni“ munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ turniriga start berdi.

Musobaqa qizlar o‘rtasida alohida, yigitlar o‘rtasida alohida tashkil etilmoqda va Talabalar shaharchasida bo‘lib o‘tmoqda.

Turnir lokatsiyasi

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
22.5K viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash
2023-12-05 08:01:01
#talabaga_yengillik

1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
20.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-12-05 07:15:06

Bugun 5-dekabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun xalqaro ko'ngillilar kuni
Butunjahon tuproq kuni
Rossiya – Ko'ngillilar kuni.
Ukraina – Statistika kuni.
Tailand – Otalar kuni.
Kuba – Quruvchilar kuni.

#muhim_voqealar
1456 – Zilzila tufayli Neapol vayron bo‘ldi 35 ming qurbon.
1492 – Xristofor Kolumb Gaiti oroliga kelib tushdi.
1830 – Gektor Berliozning "Fantastik simfoniyasi" birinchi marotaba ijro etildi.
1894 – Reyxstag binosi qurib bitkazildi.
1936 – SSSRda Stalin Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1957 – Leningradda dunyoda birinchi “Lenin” atom muzyorari suvga tushirildi.

#tavalludlar
1803 – Fedor Tyutchev (1873) – rus shoiri, diplomat, konservativ publisist.
1820 – Afanasiy Fet (1892) – rus shoiri, tarjimon, memuarist.
1901 – Verner Geyzenberg (1976) – nemis fizigi, kvant mexanikasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi.
1901 – Uolt Disney (1966) – amerikalik animatsion film rejissyori, prodyuser, rassom.
1910 – Soyib Xo'jayev (1982) – teatr va kino aktyori, O'zbekiston xalq artisti.
1916 – Bashorat Mirboboyeva (2010) – birinchi oʻzbek ayol parashyutchisi va birinchi oʻzbek ayol parovoz mashinisti.
1940 – Mahkamov Maxmudov – yozuvchi, publisist, tarjimon.
1962 – Yoʻldoshev Nigʻmatilla – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan).
1979 – Rustam Qosimjonov – shaxmatchi, Xalqaro grosmeytser, sobiq jahon chempioni.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
21.7K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-12-04 22:51:25 Stol tennisi bo‘yicha markaz kubogi jadvali chiqdi, @markazkubogi kanaliga kirib, o‘yin vaqtlari va turnir setkasini ko'rishingiz mumkin.
19.6K viewsedited  19:51
Ochish/sharhlash
2023-12-04 18:05:18
#meningkonstitutsiyam

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Yoshlar huquqlarini kafolatlash Yangi O‘zbekiston konstitusiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada Zoom ilovasi orqali, onlayn tarzda Respublikamizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Konferensiya davomida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov, Yoshlar Parlamenti raisi Sh.Joldasheva, TDYU birinchi prorektori A.Xashimhonov, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi T.Poyonov hamda iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari orqali Yangi Konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi ahamiyati, yoshlar huquqlari va xalqchil davlat qurishdagi o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar bilan Konstitutsiyaga oid savol-javob tashkil etildi. Berilgan savollarga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan talabalar esa tashkilotchilar tomonidan sertifikat va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
23.2K views15:05
Ochish/sharhlash