Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-12-04 15:17:22


Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ingliz tilini o‘rganish niyatidagi, xorijiy tillarga qiziqadigan talaba-yoshlarni “Speakers' club”ga taklif qiladi!

Siz ingliz tilida A1 (boshlang‘ich) darajadan bepul o‘rganishni istaysizmi?
Unda “SPEAKERS' CLUB” loyihasi aynan siz uchun!!!

Darslar IELTS 7+ darajali ustozlar boshchiligida o‘tkaziladi!
Darslar haftasiga 2 kun, 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Klub darslariga qatnashish istagida bo‘lganlar uchun to‘liq ma’lumotlar kirish darsida, ya’ni 6-dekabr, chorshanba kuni soat 14:00 da beriladi!

Manzil: Talaba va o‘quvchilarning ijtimoy faolligini oshirish markazi bosh binosi

Manzil lokatsiyasi

Murojaat uchun:
@Speaker_students
@speakers_club1

Klub rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram
37.8K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash
2023-12-04 14:40:15
#meningkonstitutsiyam
#konstitutsiyakuni

Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar huquqlarini kafolatlash Yangi O‘zbekiston konstitusiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
23.3K views11:40
Ochish/sharhlash
2023-12-02 19:33:01
Namangan davlat universitetida «Aksilkorrupsiya oyligi» doirasida «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi

Rasmiy sahifalarimiz
: Telegram | YouTube
21.6K views16:33
Ochish/sharhlash
2023-12-02 17:05:02


Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ni e’lon qilamiz!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr “Konstitutsiya kuni“ munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ turnirini tashkil qiladi.

Turnirda barcha talabalar (bakalavr va magistrlar) ishtirok etishi mumkin. Musobaqa qizlar o‘rtasida alohida, yigitlar o‘rtasida alohida tashkil etiladi va 5-6-7-dekabr kunlari Talabalar shaharchasida bo‘lib o‘tadi.

Turnir lokatsiyasi

Turnir g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin: Smart soat va I darajali diplom;
2-o‘rin: Quloqchin va II darajali diplom;
3-o‘rin: Airpods va III darajali diplom.

Turnirda qatnashish istagidagi talabalar @azizov1abror Telegram profiliga ism-familiyasi, o‘qish joyi, telefon raqami, dars vaqti (ertalabgi yoki 2-smenaligi)ni yozib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ishtirokchilar 4-dekabr kuni 16:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari kerak, aks holda turnirda qatnasha olmaydilar.

Turnir bo‘yicha barcha yangiliklar @markazkubogi Telegram kanalida berib boriladi.

Barcha ping-pong ishqibozlarini turnirga taklif qilamiz!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
31.8K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2023-12-02 08:19:18

Bugun 2-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
  Xalqaro qulchilikka qarshi kurash kuni.
Butunjahon kompyuter savodxonligi kuni.
Hindiston – Atrof muhitning ifloslanishini oldini olish milliy kuni.
Rossiya – Bank xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1409 – Leypsig universiteti ochildi
1902 – Andijonda 6,5-9 balli zilzila sodir bo‘ldi.
1942 – Enriko Fermi birinchi zanjirli atom reaksiyasini oldi.
1971 – Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topdi.
1982 – Yuta universitetida ilk bor sun’iy inson yuragi o‘rnatildi.
2003 – Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
2008 – «Shashmaqom» musiqasi YuNESKO tomonidan «Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi» deb tan olindi.

#tavalludlar
1825 – Krishyanis Valdemar – latish yozuvchisi, folklorshunosi va ma’rifatparvari.
1837 – Jozef Bell – britaniyalik xirurg, Sherlok Xolmsning prototipi.
1921 – Ramz Bobojon – shoir va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri.
1946 – Nosir Muhammad – o‘zbek shoiri.
1946 – Janni Versache – italyan modelyeri va dizayneri.
1981 – Britniy Spirs – amerikalik pop qo‘shiqchisi, qo‘shiqlar muallifi, aktrisa.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
27.9K views05:19
Ochish/sharhlash
2023-12-01 19:11:59
Bugun 1-dekabr, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat tili qabul qilingan kunning 34 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi qoraqaloq adabiyotining ulkan namoyandalari — Berdaq, Ibroyim Yusuf, Toʻlepbergan Qaypbergenov haykallarida adabiy tadbirlar hamda Yozuvchilar uyushmasida “Qoraqalpoq tili izohli lugʻati“ va “Oʻzbek-qoraqalpoq lugʻat“ kitoblari taqdimotiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.0K views16:11
Ochish/sharhlash
2023-12-01 17:26:46
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Jamoat xavfsizligi universiteti tadqiqotchisi Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich “O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida Falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lsa, Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Matchanova Barno Irkinovka “Milliy tiklanishdan yuksalish sari” g‘oyasi targ‘ibotida fuqarolar ongi va madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.

Yakunda o‘tkazilgan ikkala dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli deb topildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.7K views14:26
Ochish/sharhlash
2023-12-01 15:47:01


Oliy taʼlim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida turli xil sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etildi.

Toshkent davlat agrar universitetida “Etnosport” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Shuningdek, Agrologistika va biznes fakultetida sportning futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi”ga start berildi.

TATU Urganch filialida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarziga rioya qilamiz” shiori ostida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot institutida “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida professor-o‘qituvchilar va talabalar sport bilan doimiy shug‘ullanmoqda.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Muassasa birinchiligi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati Farg‘ona viloyati hududiy saralash bahslarida mezbonlik qilmoqda.

Namangan davlat pedagogika institutida talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Mini-futbol” musobaqasi o’tkazildi.

Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tgan chempionatda 48 kg vaznda ishtirok etgan QDPI talabasi Shodiyor Meliqo‘ziyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tyutorlari tomonidan “Turnikka tortilish” musobaqasi tashkillashtirildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
30.0K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2023-11-30 18:52:52
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam

Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati
bilan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorlikda “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi talabalari ishtirokida intellektual bellashuv o‘tkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.8K viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash
2023-11-30 13:02:17
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasiga qaratilgan “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Toshkent davlat agrar universitetida “OITS – asr vabosi” mavzusida talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma laboratoriyada mutaxassislar tomonidan ko‘ngilli talaba-yoshlar va xodimlardan 3 xil qon tahlili olinib, tezkorlik bilan tahlil natijalari e’lon qilindi.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishdi va talabalarga kasallikning yuqish yo‘llari va undan saqlanish choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Respublika OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda “OIV/OITS – dolzarb muammo” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.7K views10:02
Ochish/sharhlash