Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.60K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-15 13:38:35
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi 3-mintaqaviy yarim final bosqichi 26-apreldan 7-maygacha bo‘lib o‘tadi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi joriy yilning 26-aprel kunidan 7-may kuniga qadar tashkil etiladi.

Ushbu bosqichda hududiy bosqichlarda saralangan jami 24 ta oliy ta’lim muassasalarining talabalar teatr jamoalari o‘z spektakllari bilan ishtirok etadi. Har bir guruhda g‘olib deb topilgan jamoalar tanlovning hal qiluvchi, final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

Mintaqaviy bosqich guruhlari va o‘tkazilish vaqtlari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.0K views10:38
Ochish/sharhlash
2024-04-15 10:05:12
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.

Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.

Jenisbek Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:36:54
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Talabalik bahori” festivali hamda “Sumalak sayli” tashkil etildi.

Milliy qadriyatlar ufurib turgan va haqiqiy bahoriy kayfiyat ulashgan yoshlar bayramining eng yorqin lahzalarini ushbu videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.5K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:26:59
#XUSHXABAR
Namangan davlat universiteti talabasi A’loxon Abdullayevdan g‘alaba

Mamlakatimiz mezbonlik qilgan "IBA chempionlar oqshomi" doirasidagi dastlabki bahsda Namangan davlat universiteti talabasi A’loxon Abdullayev mo‘g‘ilistonlik Jargal Otgonjargalni 5- raundda nokautga uchratdi va faoliyatida navbatdagi g’alabani o‘z hisobiga yozdirib qo’ydi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.8K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:18:51 #kun_tarixi
Bugun 15-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


Butunjahon san’at kuni.
Butunjahon madaniyat kuni.
Ekologik bilimlar kuni.
Xalqaro biotibbiyot laboratoriyasi kuni.
Xalqaro mikroko‘ngillilar kuni.


Terek daryosi bo‘yida Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi hal qiluvchi jang (1395).
Buyuk Britaniyada havo sharida birinchi boshqariladigan parvoz amalga oshirildi (1784).
Amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi mashinalar tasvirini  jamoatchilikka namoyish qildi (1891).
AQShda avtomobil yo‘llarining birinchi xaritasi paydo bo‘ldi (1924).
Peshku tumani tashkil etildi (1950).
 Illinoys shtatining Des Pleyns shahrida tadbirkor Rey Krok o‘zining ilk McDonald's restoranini ochdi (1955).
Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi (2000).

Buyuk italyan musavviri va olimi Leonardo da Vinchi tavallud topgan kun (1452).
Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavallud topgan kun (1878).
Teatr rassomi, O‘zbekiston xalq rassomi Alibekov Islom tavallud topgan kun (1945).
Atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali  tavallud topgan kun (1952).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
16.0K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2024-04-12 17:20:24
“Ta’lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida” mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Anjumanda quyidagi shaklda
ishtirok etishingiz mumkin:

Maqola bilan (muallif);
Maqolasiz (kuzatuvchi).

Anjuman 2024-yil 5-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Maqolalar 2024-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi boʼyicha 10 nafar maqola mualliflari diplom va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlanadi.

Anjuman axborot xati

Ro'yxatdan o'tish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
24.6K views14:20
Ochish/sharhlash
2024-04-09 18:35:53
Toshkent kimyo-texnologiya institutida tyutorlar uchun o‘quv kurslari davom etmoqda.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan tyutorlar uchun oʻquv kurs mashgʻulotida Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov va direktor oʻrinbosari Fozilbek Farhodovlar ishtirok etishdi. Ular tyutorlik faoliyatining oliy ta’lim tizimidagi oʻrni va ahamiyati haqida gapirdilar. Bu mas’uliyatli va dolzarb vazifani bajarishda barcha tyutorlarga muvaffaqiyat tiladilar.

Oʻquv mashgʻulotida dotsent L.Xolmatov va professor G.Aripova tyutorlarga “Sogʻlom turmush tarzi asoslari” hamda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ustivor vazifalar” mavzusida ma’ruzalar qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.8K views15:35
Ochish/sharhlash
2024-04-09 12:01:10
Oliy taʼlim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovidan fotolavhalar

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
18.2K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2024-03-28 12:55:17
#Milliy_Brend #Challenge

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori tashabbusi bilan “Milliy Brend” nomli chellenjga start beriladi!

“Milliy Brend” challenjda siz o‘zbek milliy anʼanalari, urf-odatlari va qadriyatlari tarannum etgan milliy obrazlardagi fotosuratlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. G‘oliblar eng ko‘p reaksiya yig‘ish orqali aniqlanadi.

G‘oliblar markaz tomonidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi.

Eslatma: Siz tomoningizdan yuborilgan barcha suratlar ostida #milliy_brend heshteglar bo‘lishi kerak.

Fotosuratlarni @Abdurahmon_Ravshanovich profiliga yuborishingiz mumkin.
Barcha rasmlar @ravshanbek_xudayberganov kanaliga joylab boriladi.

Kanalga obuna bo‘ling!
17.8K views09:55
Ochish/sharhlash
2024-03-13 09:42:08
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida
ko‘zda tutilgan eng muhim choralar

To‘liq infografikani ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
19.5K views06:42
Ochish/sharhlash