Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 74.05K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-11-26 16:20:07


Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalarida hafta davomida o‘tkazilgan tadbirlar:

Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini bilan uchrashuv tashkil etishdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas’ullari ijara xonadonlarida yashovchi talabalar yashayotgan xonadonlarga tashrif buyurib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbat o‘tkazdi.

Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida Mini futbol bo‘yicha sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va ishchi xodimlari o‘quv binolari atrofi va bo‘sh yer maydonlarida “Yashil makon” tashkil etish uchun manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutida institut rektori ishtirokida talabalar uchun “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida oliy ta’lim va ota-onalar hamkorligi doirasida talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori 4-bosqich kunduzgi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun “Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi” tashkil etildi.

O‘zDJTSU Farg‘ona filiali direktori boshlichiligadi oliygoh mas’ullari ijarada yashovchi talabalari holidan xabar olishdi.

TATU Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi ishchi guruhi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
30.0K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2023-11-25 11:51:53
1-dekabrdan ish haqi va pensiyalar oshiriladi, xo'sh kontrakt summasi-chi?

Batafsil videoda, talabalarga yuborishni unutmang!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.7K views08:51
Ochish/sharhlash
2023-11-25 10:38:06

Bugun 25-noyabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni.
Indoneziya – O‘qituvchilar kuni.

#muhim_voqealar
1225 – Sind daryosi bo‘yidagi mo‘g‘ullarga qarshi jangda mag‘lub bo‘lgan Jaloliddin Manguberdi 4 ming jangchisi bilan daryodan kechib o‘tdi.
1667 – Kavkazda ro‘y bergan zilzilada 80 ming kishi halok bo‘ldi.
1833 – Sumatra orolidagi 9 ballik zilzila oqibatida yuzga kelgan sunami Indoneziyani vayron qildi.
1867 – Alfred Nobel dinamitni patentladi.
1915 – Prussiya Fanlar Akademiyasida Albert Eynshteyn Nisbiylik nazariyasini namoyish qildi.
1994 – Toshkentda Misr ta’lim va fan markazi ochildi.

#tavalludlar
1562 – Lope de Vega – ispan yozuvchisi.
1814 – Taras Shevchenko – Ukrain shoiri va rassomi.
1844 – Karl Bens – Mercedec-Bens asoschisi.
1889 – Rashod Nuri Guntegin – turk yozuvchisi.
1914 – Vohid Zohidov – O'zbek adabiyotshunosi, faylasuf, publisist yozuvchi, jamoat arbobi.
1944 – Xojiakbar Nurmatov – O'zbekiston xalq artisti (1989).
1949 – Mo'minov Tesha – O'zbekiston xalq artisti (1992).
1987 – Odil Ahmedov – O‘zbekistonlik sobiq futbolchi.

KitobxonYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
17.9K views07:38
Ochish/sharhlash
2023-11-24 18:16:34
Toshkent davlat transport universitetida Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent shahar bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirobod tumani Kengashi hamkorligida “Poytaxtimizni Yashil Makonga aylantiramiz” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
23.4K viewsedited  15:16
Ochish/sharhlash
2023-11-24 15:21:17
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi sammitidagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
31.8K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-11-24 12:50:44
#xalqaro_hamkorlik

23-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Chingiz Aytmatov nomidagi “Qirg‘iz tili va madaniyati” markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Markazga O‘sh davlat universiteti tomonidan qirg‘iz tilidagi nodir manbalar, amaliy san’at namunalari taqdim qilindi.

Batafsil ma’lumot

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
24.3K views09:50
Ochish/sharhlash
2023-11-24 08:54:22
Insoniyat kelajagiga yana bir xavf

Sun’iy intellekt borgan sari barcha sohalarga kirib boryapti. Undan foydalanish orqali insonlarning hayoti ozmi-ko‘pmi yengillashmoqda.

Masalan, maktabda davomatni tahlil qiluvchi ekran, o‘yinchini zeriktirmaydigan shaxmat taxtasi, xuddi uy hayvonidek egasiga sodiq motosikl bir qarashda barchani hayron qoldiradi.

Lekin sun’iy intellekt ayrim sohalardagi xodimlar bajaradigan vazifalarni qila boshlagach, inson mehnatiga ehtiyoj qolmayotgandek. Turli savollarga javob berish va odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega ''ChatGPT'' (Generative Pre-trained Transformer) – maxsus chat bot AQSH da 4,8 million ish o‘rnini yo‘q qilishi kutilyapti. Xitoyda esa allaqachon 3,1 million nafar aholi ishsiz qoldi.

Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Sun’iy intellekt – imkonmi yoki xavf?

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.0K viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2023-11-24 07:12:05
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nashri hisoblangan «Правда Востока» gazetasining 2023-yil 24-noyabrdagi 245-sonli nashrida Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Narimon Dexkanovning “Поддержка юношей и девушек: Опыт НамГУ" sarlavhali maqolasi chop etildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
26.9K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash
2023-11-22 16:12:58


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari

Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
63.8K viewsedited  13:12
Ochish/sharhlash
2023-11-22 13:44:01
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi.

Futbolimiz rivojlanyapti! Bor gap. Turli yosh toifalaridagi futbolchilarimiz buni isbotlashmoqda. Hali bu holvasi. Yurtimizda tug’ma talantlar to’lib yotibdi. Tizimni yana-da shakllantirsak, dunyoda toplar qatoriga kiramiz. Men ishonaman.

Chorak finalda Fransiya yoki Senegal bilan o’ynaymiz. O’tgan o’yinda “Real”, “Barselona” kabi jamoa, bu safar APL top jamoalari futbolchilari bilan mardonavor jang qilgan ukalarimizga rahmat!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
16.4K viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash