Get Mystery Box with random crypto!

Oliy taʼlim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzini | Manaviyat.edu.uz



Oliy taʼlim muassasalari talabalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida turli xil sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etildi.

Toshkent davlat agrar universitetida “Etnosport” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Shuningdek, Agrologistika va biznes fakultetida sportning futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi”ga start berildi.

TATU Urganch filialida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarziga rioya qilamiz” shiori ostida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot institutida “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida professor-o‘qituvchilar va talabalar sport bilan doimiy shug‘ullanmoqda.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Muassasa birinchiligi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati Farg‘ona viloyati hududiy saralash bahslarida mezbonlik qilmoqda.

Namangan davlat pedagogika institutida talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Mini-futbol” musobaqasi o’tkazildi.

Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tgan chempionatda 48 kg vaznda ishtirok etgan QDPI talabasi Shodiyor Meliqo‘ziyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tyutorlari tomonidan “Turnikka tortilish” musobaqasi tashkillashtirildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube