Get Mystery Box with random crypto!

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Talaba va o‘q | Manaviyat.edu.uz

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasiga qaratilgan “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Toshkent davlat agrar universitetida “OITS – asr vabosi” mavzusida talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma laboratoriyada mutaxassislar tomonidan ko‘ngilli talaba-yoshlar va xodimlardan 3 xil qon tahlili olinib, tezkorlik bilan tahlil natijalari e’lon qilindi.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishdi va talabalarga kasallikning yuqish yo‘llari va undan saqlanish choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Respublika OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda “OIV/OITS – dolzarb muammo” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube