Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 74.05K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-11-08 11:54:06


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boyicha g‘oliblar aniqlanadi:
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

Yuqorida “Yil talabasi – 2022” gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
44.8K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash
2023-11-07 17:35:53
Talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

Nomdor stipendiyalar:

Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.0K views14:35
Ochish/sharhlash
2023-11-07 08:13:44

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan Mushoira klubi 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan onlayn tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
Eng yaxshi videorolik
* biror she‘r yoki hikoyani o‘qib video formatda tayyorlash kerak, montaj effektlari va musiqalardan foydalanish mumkin;
Eng yaxshi audio
* biror she‘r yoki hikoyani o‘qib audio formatda tayyorlash kerak, musiqalardan foydalanish mumkin;
Eng yaxshi she’r
* o‘z ijod namunasi bo‘lishi kerak;
Eng yaxshi hikoya
* o‘z ijod namunasi bo‘lishi kerak
;

Ishtirokchilardan erkin mavzuda kreativ yondashuv va yangi g‘oya asosidagi ijod namunalarini kutib qolamiz

Tanlov uchun yuboriladigan materiallar 15-noyabr soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat va kitoblar bilan taqdirlanadi.
G‘oliblar 17-noyabr kuni @mushoira_klubi rasmiy kanalida e’lon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari ism-familiyasi va o’qish joyi haqidagi ma‘lumot va ijodiy ishlarini @vymlady profiliga yuborishingiz kerak.
50.4K viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2023-11-03 13:46:45
Shavkat Mirziyoyev eng oliy orden bilan taqdirlandi!

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot – “Turkiy dunyoning oliy ordeni” tantanali topshirildi.

Bu qanday orden?
"Turkiy dunyo oliy ordeni" turkiy davlatlar tashkilotining eng oliy ordenidir. Orden bir vaqtning o‘zida a’zo mamlakatlardan birining davlat rahbari yoki hukumat rahbari bo‘lgan tashkilot raisi tomonidan beriladi. 2019-yilda ta’sis etilgan orden turk dunyosiga ko‘rsatgan beqiyos xizmatlarni e’tirof etadi.

Ordenning ko‘rinishi
U butunlay qo‘lda ishlangan. Orden dizayni Turkiy davlatlar tashkiloti gerbi atrofida katta doira atrofida to‘plangan 6 turkiy davlatni ifodalovchi 6 dona sakkizburchak yulduzlardan iborat. Olti yulduzning har birining tepasida olmos bor, bu Turkiy davlatning porloq kelajagi va boy madaniy tarixini bildiradi.

Kimlar taqdirlangan?
Orden bilan Qozog‘iston sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkmaniston xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov taqdirlangan.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.0K views10:46
Ochish/sharhlash
2023-10-26 17:38:38
#tyutorlar #seminar_trening

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida “Oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida namunaviy seminar-trening tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.8K viewsedited  14:38
Ochish/sharhlash
2023-10-23 09:38:39
“Ma’rifat maydoni – 2023”

Ko‘rik-tanlovning 2023-yilgi mavsum final bosqichida 8 ta jamoa ishtirok etgan edi.

Mazkur tanlovning 3-shartida jamoalar 30 daqiqa vaqt ichida “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”larni ijro etishlari belgilangan. Media jamoamiz tomonidan barcha jamoalarning chiqishlari to‘liq videoga olingan.

24-oktabr kuni 12:00 ga qadar ushbu so‘rovnomada to‘plangan ovozlar soniga ko‘ra ketma-ketlik tuziladi va haftaning har seshanba va juma kunlari jamoalarning teatrlashtirilgan kompozitsiyalari YouTube sahifamiz orqali to‘liq formatda premyera qilinadi.

YouTube sahifaga ulanish

Qaysi jamoaning chiqishini birinchilardan bo‘lib premyera qilinishini xohlaysiz? Marhamat, ovoz bering!
24.7K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash
2023-10-05 18:40:40
#diqqat_tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
3) Eng yaxshi tyutori;
4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

Tanlovda ishtirok etish istagidagilar 15-oktabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

YouTube orqali ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
33.8K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2023-10-05 09:23:15


“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.

Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

https://t.me/otfiv_rasmiy/1291

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
16.3K viewsedited  06:23
Ochish/sharhlash
2023-10-04 16:43:45
Yoshlar o‘rtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-tanlovni tashkil etilayotganligidan xabardormisiz?

14-18-yoshlilar o‘rtasida “Insholar tanlovi”
19-30-yoshlilar o‘rtasida “Videoroliklar tanlovi” yo‘nalishlarida tashkil etiladi

Tanlovning har ikki yo‘nalishi ham onlayn tarzda 5-oktabr kuni @yoshlarmurojaati_bot telegram botida start oladi va 5-dekabrga qadar davom etadi.

Tanlov uchun tayyorlangan insholarni mazkur havola orqali;
Tanlov uchun tayyorlangan video roliklarni esa mazkur havola orqali taqdim etishingiz mumkin.

Ishtirokchilar botda so‘ralgan savollarga javob berib, o‘zlarining ijodiy ishlarini yo‘nalishlaridan kelib chiqib (word, pdf, mp4, avi) shaklda jo‘natishlari mumkin.

Tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarning har biri qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlov maqsadi va shartlari haqida quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: (88)388-28-77

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
48.4K views13:43
Ochish/sharhlash
2023-10-04 13:48:09
1938-yil 4-oktabr. Oʻzbekiston tarixiga eng mashʼum sana sifatida muhrlangan.

Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Gʻozi Olim Yunus, Otajon Hoshim, Ziyo Said, Xudoybergan Devon kabi millat oydinlari shoshilinch qatl etildi. Arxiv hujjatlari shohidligicha, 5-oktabrda esa bir kun oldin otib tashlangan mahkumlarning sudi sahnalashtiriladi. Ammo dushman bir narsani hisobga olmagandi – jisman yoʻq qilishsa-da, ular millat xotirasida yashayveradi, xalq ularning asarlarini asrlar oʻtib ham o'qiyveradi, ularning erk va mustaqillik haqidagi gʻoyalari millatning qonida oqaveradi.

Batafsil: Millat manglayiga bitilgan mashʼum tun – 1938-yilning 4-oktabrida kim-kimlar otilgan edi?

Yuz yilda ham o‘zgarmagan geosiyosat o‘yinlari – Fitrat yana haqmi?

“Isyonim bepoyon, istig‘forim hadsiz...” – Qodiriy suddagi nutqida nimalar degan?

Yozuvchi va zamon munosabati – Qodiriyning shubhasi, Cho‘lponning alami, Oybekning hadigi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
16.1K viewsedited  10:48
Ochish/sharhlash