Get Mystery Box with random crypto!

Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ni e’lon qilamiz! Talaba | Manaviyat.edu.uz



Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ni e’lon qilamiz!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr “Konstitutsiya kuni“ munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ turnirini tashkil qiladi.

Turnirda barcha talabalar (bakalavr va magistrlar) ishtirok etishi mumkin. Musobaqa qizlar o‘rtasida alohida, yigitlar o‘rtasida alohida tashkil etiladi va 5-6-7-dekabr kunlari Talabalar shaharchasida bo‘lib o‘tadi.

Turnir lokatsiyasi

Turnir g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin: Smart soat va I darajali diplom;
2-o‘rin: Quloqchin va II darajali diplom;
3-o‘rin: Airpods va III darajali diplom.

Turnirda qatnashish istagidagi talabalar @azizov1abror Telegram profiliga ism-familiyasi, o‘qish joyi, telefon raqami, dars vaqti (ertalabgi yoki 2-smenaligi)ni yozib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ishtirokchilar 4-dekabr kuni 16:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari kerak, aks holda turnirda qatnasha olmaydilar.

Turnir bo‘yicha barcha yangiliklar @markazkubogi Telegram kanalida berib boriladi.

Barcha ping-pong ishqibozlarini turnirga taklif qilamiz!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube