Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish m | Manaviyat.edu.uz

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Jamoat xavfsizligi universiteti tadqiqotchisi Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich “O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida Falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lsa, Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Matchanova Barno Irkinovka “Milliy tiklanishdan yuksalish sari” g‘oyasi targ‘ibotida fuqarolar ongi va madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.

Yakunda o‘tkazilgan ikkala dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli deb topildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube