Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 2-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan | Manaviyat.edu.uz



Bugun 2-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
  Xalqaro qulchilikka qarshi kurash kuni.
Butunjahon kompyuter savodxonligi kuni.
Hindiston – Atrof muhitning ifloslanishini oldini olish milliy kuni.
Rossiya – Bank xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1409 – Leypsig universiteti ochildi
1902 – Andijonda 6,5-9 balli zilzila sodir bo‘ldi.
1942 – Enriko Fermi birinchi zanjirli atom reaksiyasini oldi.
1971 – Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topdi.
1982 – Yuta universitetida ilk bor sun’iy inson yuragi o‘rnatildi.
2003 – Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
2008 – «Shashmaqom» musiqasi YuNESKO tomonidan «Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi» deb tan olindi.

#tavalludlar
1825 – Krishyanis Valdemar – latish yozuvchisi, folklorshunosi va ma’rifatparvari.
1837 – Jozef Bell – britaniyalik xirurg, Sherlok Xolmsning prototipi.
1921 – Ramz Bobojon – shoir va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri.
1946 – Nosir Muhammad – o‘zbek shoiri.
1946 – Janni Versache – italyan modelyeri va dizayneri.
1981 – Britniy Spirs – amerikalik pop qo‘shiqchisi, qo‘shiqlar muallifi, aktrisa.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube