Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-20 18:35:44 #operatsion_tizim

WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish

Barcha “qutqaruvchi” disklar orasida WinPE 10-8 Sergei Strelec internetning ruscha segmentida ancha ma’lum va mashhurdir. Bu kabi ko‘plab to‘plamlar singari, Стрелец tomonidan taqdim etiluvchi ushbu disk ham saqlash qurilmalari (DVD, USB, External HDD)ga keyichalik yozish maqsadida ISO-obrazi ko‘rinishida tarqatiladi.

E’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lgan jihatimiz, kompyuterning qattiq diskida joylashgan obrazning turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu “qutqaruv” diskining tiklash muhitini yuklash imkoniyatidir. Buning uchun dastlab disk obrazini yuklab oling, va uni virtual diskka ulang.

“WinPE10 8 Sergei Strelec x86 x64 2021.01.05” obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism

Yuklab olingan arxiv fayllarini yaxlit ISO-fayl ko‘rinishida Извлечь qilish bo‘yicha ko‘rsatma.

Ulangan diskka murojaat etib, undagi SSTR papkasini istalgan joyga (yaxshisi D diskiga) ko‘chirib oling. Disk obrazining endi bizga keragi yo‘q, virtual diskni faolsizlantirsa ham bo‘ladi. Nusxalab o‘tkazilgan papkada Bootx86WinPE.cmd va Bootx64WinPE.cmd fayllarini toping. Operatsion tizimingiz razryadiga mos tushuvchi faylni ishga tushiring.

Tez fursatda kompyuter qayta yuklanadi va siz “qutqaruv” diskining tiklash muhitiga o‘tasiz. Zaruriy ishlaringizni amalga oshirib bo‘lganingizdan so‘ng, kompyuterni qayta yuklang, bunda yana o‘zingizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimi oddiy rejimda yuklanadi. Agar “qutqaruv” diski o‘zini yuklanuvchi menyuga qo‘shib qo‘ysa, u holda asl sozlamalarni tiklash uchun SSTR papkasidagi BCDrecovery.cmd faylini ishga tushiring.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
• Windows 10’da “Этот компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
786 views15:35
Ochish/sharhlash
2023-04-20 16:15:01 #operatsion_tizim

WinRAR yordamida faylni qismlarga bo‘lish

Ba’zida katta faylni biror joyga, masalan, elektron pochta, Telegram va boshqa xizmatlar orqali yuborish uchun bir xil o‘lchamdagi bir nechta qismga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. WinRAR ushbu vazifani a’lo darajada bajaradi.

Buning uchun bajariladigan qadamlar quyidagicha:

. Kerakli fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Добавить в архив…” bandini tanlang.

. “Общие” varaqa (вкладка)sidagi “Разделить на тома размером” maydonida joriy fayl ajratilishi lozim bo‘lgan qismlar hajmini kiriting.

. O‘z soningiz va o‘lchov birligingizni kiriting (bayt, kilobayt, megabayt yoki gigabayt), yoki ochiluvchi ro‘yxatda keltirilgan eng mashhur qiymatlar orasidan birini tanlang.

. “OK” tugmasini bosish orqali yuqoridagi harakatlaringizni tasdiqlang.

Agar arxivlash oynasidagi parametrlarda ushbu arxivning saqlanish joyini uchun manzilni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, papka tarkibidagi joriy faylning yonida faylning ajratilgan qismlari paydo bo‘ladi. So‘nggisidan tashqari qolgan barcha qism (том)lar bir xil o‘lchamda bo‘ladi.

Yaratilgan joriy arxiv faylning tarkibini ko‘rish yoki uni qayta siqilgan holatidan qayta yaxlit fayl holatiga ajratib olish uchun, nomlanishining oxirida “part1” bilan tugagan qism (том)ning ustiga ikki marta bosib oynani ishga tushirish lozim. Fayl qayta yaxlit holatiga tiklanishi uchun faylning barcha qism (том)lari bir papka tarkibida joylashtirilishi shart.

Manba: @bugfeature

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterdagi ma’lumotlarimizni qanday himoyalashimiz mumkin? (WinRAR misolida)
• WinRAR kompyuter dasturi
• WinRAR mobil ilovasi
• Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha kanaldagi postlar (Kompyuter akademiyasi)
• WinRAR bo‘yicha test savoli
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2023-04-17 19:10:02 #operatsion_tizim

Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (2-qism)

Ushbu postning 1-qismi

regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini ishga tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi tushunib olish orqali tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash tezligini ancha oshirishingiz mumkin.

perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi Системный монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim barqarorligi monitorini o‘z ichiga oladi.

mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных программ Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda mavjudligini ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin (Защитник Windows bilan adashtirmang). U har oy yangilanadi va kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.

winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка) haqida ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi.

calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi.

charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi (simvol)lardan foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi dasturini ishga tushiradi.

osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga tushiradi.

taskmgr.exe — Windows'da ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda turgan dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini o‘zida aks ettiruvchi oynasi ishga tushiradi.

dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika uchun yordamchi dasturini ishga tushiradi.

shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun buyruq, masalan, shutdown /o /r /t 0 buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash uchun xizmat qiladi.

. Boshqaruv paneli (Панель управления) va boshqaruv konsoli (Консоль управления)larga tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari:

compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi dasturlari)ni taqdim etuvchi oynani ochadi. Ularning barchasini alohida ochish ham mumkin, albatta, biroq kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin.

devmgmt.msc — Kompyuterga ichki va tashqi ulangan qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств).

diskmgmt.msc — Windows disklarini boshqarish (Управление дисками). (Qattiq) diskni bo‘lim (раздел)larga bo‘lish va disklar bilan ishlashdagi boshqa maqsadlar uchun qo‘llanishi mumkin.

eventvwr.msc — Windows hodisalarini kuzatish (Просмотр событий). Nosozliklar yuz berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar sabablarini aniqlashga imkon beradi.

services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы) oynasini ishga tushiradi, u orqali Windows'dagi ishlab turgan xizmatlarning joriy holatini ko‘rish, ularni ishga tushirish yoki to‘xtatish, ishga tushirish turini o‘zgartirish mumkin.

Ushbu postning 3-qismi

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
197 views16:10
Ochish/sharhlash
2023-04-17 10:26:15 #smartfon #android #learn_english_with_software

“English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!

Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.

Dunyo bestselleri

Raymond Murphy’s English Grammar in Use
— Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.

Har qayerda va har qachon

Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.

Avtomatik baholash

Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.

Namunalarning eshittirilishi

Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.

English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.

Ilovada jami 145 ta unit mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki 6 ta unit oldindan ilovaga yuklab olingan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi, qolgan Unitlarga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz!

Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org

Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
• “Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
• “Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
• “Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
• “English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• “English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

@itspecuz | Mundarija
749 views07:26
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:29:58 #internet

O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin?

Ko‘plab kompaniyalar foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarini o‘chirishlari murakkab bo‘lishi uchun Dark Pattern texnologiyasini qo‘llashadi.

justdelete.me — bu ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni o‘z ichiga oluvchi saytdir.

. Yuqorida keltirilgan sayt bo‘ylab o‘ting;
. Akkaunti o‘chirilishi lozim bo‘lgan xizmatning nomini qidiruv satriga kiriting;
. Paydo bo‘lgan natija ustiga bosing;
. Akkauntni o‘chirish jarayonini boshlang.

Sayt akkauntni o‘chirishning murakkablik darajasini ko‘rsatib beradi:
Easyo‘chirish oson;
Mediumqo‘shimcha qadamlarni bajarish talab etiladi;
Hardto‘liq o‘chirish xizmat vakillari bilan bog‘lanishni talab etadi;
Impossibleo‘chirishning imkoni yo‘q.

Shunday qilib, sayt sahifalarini varaqlab o‘chirish tugmachasini izlab o‘tirmay, akkauntlaringizni tezda yo‘q qilishingiz mumkin.

Manba: @bugfeature

Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
991 views05:29
Ochish/sharhlash
2023-04-15 17:40:20 #operatsion_tizim

Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish

“Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papka qanaqa?
Istalgan usul orqali “Проводник” oynasi ochilganda, qaysi papka namoyon bo‘lsa, shu doimiy papka hisoblanadi.

Aksariyat foydalanuvchilar, kompyuter diskidagi fayllar bilan ishlash uchun, ish stolidagi “Мой компьютер” belgisidan foydalanishadi. Bu oynani ochishning esa tezkor usuli bor:
“Win (bayroqcha) + E” tugmalarini bosgan holda;
“Пуск” menyusi joylashgan “Панель задач”, ya’ni odatda ekranning quyi qismidagi gorizontal menyuda joylashgan papka belgisi orqali.

Windows 10’da yuqoridagi usullardan foydalansangiz “Мой компьютер” oynasi ochilmaydi balki, “Быстрый доступ” papkasiga o‘tiladi.
Biz buni Windows 7’dagi singari “Мой компьютер”ning standart oynasini ochadigan holatga keltiramiz.

. “Win (bayroqcha) + R” → control va “Enter” yoki “Пуск”“Панель управления”.
. Kompyuterni sozlovchi menyusi orqali “Параметры проводника” (Параметры папок) menyusiga kiriladi.
. Hosil bo‘lgan oynaning “Общие” varaqa (вкладка)sida, eng yuqorida joylashgan “Открыть проводник для:” qismi — “Этот компьютер”ga o‘zgartiriladi.
. “Применить”“OK”.

Endi, “Win (bayroqcha) + E” klavishlari birgalikda bosilsa, “Мой компьютер” oynasi ochiladi. Bu tugmalarni ishlatish juda qulay, chunki istalgan joyga borganda, ish stolidan “Мой компьютер” belgisini izlab yurmaysiz, masalan, ba’zi mutaxassislarning ishchi stolida bu belgini umuman ko‘rmaysiz.

O‘zimizdan qilib misol keltiradigan bo‘lsak, ancha yillardan buyon “Мой компьютер” oynasini ochish uchun, “Win + E” va boshqa ko‘plab funksiyalarni amalga oshiruvchi foydali klaviatura kombinatsiyalari va buyruqlaridan foydalanib kelamiz.

Manba: @planetait

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
559 views14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-14 17:56:08 #excel #security

Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?

Agar sizdan hujjatni qabul qiluvchilar unda qanday funksiyalarni qo‘llaganingizni bilishlarini istamasangiz – ularni osonlikcha berkitishingiz mumkin.

Buning uchun formulasi berkitilishi lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilang, belgilangan fragment ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan “Формат ячеек”ni tanlang. Ochilgan oynaning “Защита” varaqa (вкладка)sida “Скрыть формулы” bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating va “OK” tugmasini bosing.

Ushbu usul ishlashi uchun tanlangan list ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va “Защитить лист” bandini tanlagan holda, yuzaga keluvchi oynachada parol o‘rnatish lozim (oynachaning qolgan bandlari o‘zgartirilmaydi).

Ushbu videoda esa buni vizual tarzda ko‘rishingiz mumkin.

Microsoft Excel ruknidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
588 views14:56
Ochish/sharhlash
2023-04-14 15:52:57
PROWEB o'z hayotini yorqin kelajak sari o'zgartirishga tayyor insonlar uchun Ramazon oyi munosabati bilan sirli sovg'a tayyorladi.

Kompyuterni qanday yig'ilishiga yoki ishlashiga hech qiziqib ko'rganmisiz? Unda sizni KOMPYUTER YIG'ISH kursimizga taklif qilamiz!

Kurs boshlanishidan oldin tanishtiruv dars bo'lib o’tadi, u yerda butun kurs haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin!

KOMPYUTER YIG'ISH — 19 aprel | 12:30

Tezroq sovg'angizni qo'lga kiriting va bepul tanishtiruv darsga yoziling:

@proweb_info_bot
765 views12:52
Ochish/sharhlash
2023-04-13 19:45:02 #word

Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?

Aytaylik, siz jadval yaratdingiz, lekin matnning bir qismi kerakli satrga sig‘mayabdi va uning ortida “yo‘qolib qolmoqda”. Ushbu muammoni hal qilish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.

— 1-qadam
Satr ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va hosil bo‘luvchi menyudan “Свойства таблицы” bandini tanlang.

— 2-qadam
“Строка”
varaqa (вкладка)sida “Высота” bandidan maxsus belgini olib tashlang. Endi satrlar yangi matn qo‘shilib borgani sari “kengayib” boraveradi.

Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

@itspecuz | Mundarija
693 views16:45
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:50:56
#learn_english_with_software #smartfon #android

HelloTalk — chat yordamida o‘z tilining tashuvchilari bilan muloqot qilish orqali chet tillarini samarali o‘rganish uchun mobil ilova. VIP-versiya.

HelloTalk v5.2.26 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mavzuga doir mobil ilovalar:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Busuu
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• English Galaxy
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• English Grammar in Use
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views07:50
Ochish/sharhlash