Get Mystery Box with random crypto!

#excel #security Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? | IT specialist

#excel #security

Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?

Agar sizdan hujjatni qabul qiluvchilar unda qanday funksiyalarni qo‘llaganingizni bilishlarini istamasangiz – ularni osonlikcha berkitishingiz mumkin.

Buning uchun formulasi berkitilishi lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilang, belgilangan fragment ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan “Формат ячеек”ni tanlang. Ochilgan oynaning “Защита” varaqa (вкладка)sida “Скрыть формулы” bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating va “OK” tugmasini bosing.

Ushbu usul ishlashi uchun tanlangan list ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va “Защитить лист” bandini tanlagan holda, yuzaga keluvchi oynachada parol o‘rnatish lozim (oynachaning qolgan bandlari o‘zgartirilmaydi).

Ushbu videoda esa buni vizual tarzda ko‘rishingiz mumkin.

Microsoft Excel ruknidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija