Get Mystery Box with random crypto!

#word Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qil | IT specialist

#word

Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?

Aytaylik, siz jadval yaratdingiz, lekin matnning bir qismi kerakli satrga sig‘mayabdi va uning ortida “yo‘qolib qolmoqda”. Ushbu muammoni hal qilish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.

— 1-qadam
Satr ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va hosil bo‘luvchi menyudan “Свойства таблицы” bandini tanlang.

— 2-qadam
“Строка”
varaqa (вкладка)sida “Высота” bandidan maxsus belgini olib tashlang. Endi satrlar yangi matn qo‘shilib borgani sari “kengayib” boraveradi.

Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

@itspecuz | Mundarija