Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-05-15 17:40:02
#learn_english_with_software #smartfon #android

English Galaxy — kerakli darajani aniqlagan/tanlagan holda – bir vaqtning o‘zida grammatik bilimlar va lug‘aviy boylikni bosqichma-bosqich oshirib borishni istaganlar uchun noyob ilova.

English Galaxy Premium v1.2.5 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Busuu
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
515 views14:40
Ochish/sharhlash
2023-05-11 18:05:02 #word

Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim

Ko‘p satrli jadvallar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu sahifa oxiriga kelib qolgan satrning bir sahifada boshlanib, sig‘magani uchun keyingi sahifaga o‘tib ketishida kuzatiladi.

Ushbu vaziyat esa ko‘pchiligimiz uchun yoqimsiz, albatta, ayniqsa satrning boshi avvalgi sahifada arzimagan joyni egallab, davomi esa keyingi sahifada ko‘p joyni band etganida... Bu holatda satr mazmunini tushunish uchun u sahifadan bu sahifaga o‘tishga to‘g‘ri keladi.

Ushbu muammoning yechimi esa quyidagicha:

. Jadvalning kerakli satrlari belgilanadi;

. Belgilangan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va ochiluvchi kontekstli menyu ostidagi “Свойства таблицы” bandi tanlanadi;

. Menyu bandida keltirilgan nom ostida ochilgan muloqot oynasida “Строка” varaqasiga o‘tiladi;

. “Параметры” guruhidagi “разрешить перенос строк на следующую страницу” bandi faolsizlantiriladi;

. “OK” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi, tayyor!

Ushbu sozlama bilan post ostidagi video ko‘rsatmada batafsil tanishishingiz mumkin .

Manba: @office_killer

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
• Word'da jadvallarni birlashtirish
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views15:05
Ochish/sharhlash
2023-05-09 16:11:12
#operatsion_tizim

Ekranning bir qismini rasmga olish

WIN + SHIFT + S birikmasi

Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi.

Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy!

Manba: @computer_life

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

@itspecuz | Mundarija
1.8K views13:11
Ochish/sharhlash
2023-05-09 13:10:34
Смартфон харид қилиш истагида юрганлар учун яхши янгилик.

Айни пайтда Texnomart, Credit Asia, Media Park каби дўконларда сўнгги урфдаги HONOR X9a телефонини сотиб олиш мумкин. Хўш, унинг қандай афзалликлари бор?

Янгиланиш частотаси 120 Гц.ни ташкил қилган қайрилган OLED-экран;
Ихчам ва фойдаланишда қулай корпус;
Асосий сенсори 64 мегапикселдан иборат ҳалқали дизайндаги учталик камера;
Snapdragon 695 5G процессори, маълумотларни сақлаш учун 128 ГБ ва 11 ГБ гача оператив хотира;
5100 мА*с батарея ва тезкор қувватланиш.

Энг асосийси, HONOR X9a смартфонини харид қилиб, HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite қулоқчинларини совғага олиш мумкин. Махсус таклиф 11 майдан 31 майга қадар амал қилади.

Бот: https://t.me/honor_uz_online_bot
Instagram
1.7K views10:10
Ochish/sharhlash
2023-05-08 19:16:20
#smartfon #android #game

LEGO Bricktales – LEGO kubiklari bilan yangi ajoyib o‘yin. Innovatsion “g‘ish ustidan g‘isht” qurilish mexanikasini o‘zlashtiring va boshqotirmalarni yechish uchun o‘z tasavvuringizdan foydalaning. Barcha imkoniyatlar blokdan chiqarilgan.

LEGO Bricktales v1.5 mobil o‘yinini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.7K views16:16
Ochish/sharhlash
2023-05-08 17:31:22
Shoshiling, online kursga ro'yxatdan o'tish uchun bir kuni qoldi!
Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING!

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. (WebDev jamoasiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)

O'qituvchi : Berdiyev Javohir
5 yillik tajribaga ega
30+ loyihalar bilan ishlagan, Hozirda Natija LLC da mutahasis dasturchi bo'lib ishlaydi
Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing

Kursda quyidagi texnologiyalar o‘rgatiladi:
HTML5
CSS3, Sass
BootStrap, jQuery
JavaScript (ES6)
ReactJS (web application yasash uchun)
Redux, Git, use React in Typescript

Format: Onlayn
Davomiyligi: 7 oy (haftasiga 3 marotaba)
Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (20% chegirama bilan 480 000 BIR KUN QOLDI);

Murojaat uchun: @frontend_admin
1.5K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-05-08 16:00:54


Python bo‘yicha bepul seminarga marhamat!

Python dasturlash tilini o'rganishni oldingizga maqsad qilib qo'ydingiz va offline kurslar izlamoqdamisiz? Unda IT HOUSE sizni Python dasturlash tili bo'yicha bepul seminarga taklif qiladi.

Xalqaro bozorda o'z o'rnini yildan yilga mustahkamlab borayotgan Python dasturlash texnologiyalarini professionallardan o'rganing.

Bepul seminar sanasi: 10-may, 10:00

Python kursiga yozilish uchun
Tel: +998900352727

Telegram Instagram
TikTok YouTube
1.1K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-05-07 15:17:16 #operatsion_tizim #software

Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi

Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.

Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.

Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.

Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.

Manba: @komputeer

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
• Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
• Windows 10’da gibernatsiya
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.5K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-05-06 19:16:09 #operatsion_tizim

Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz

Noutbuk foydalanuvchilari, uning ustki qismi yopilganida, tizim uyqu rejimiga o‘tishiga ko‘nikib qolganlar. Ushbu standart harakatni esa biz o‘z xohishimizga ko‘ra o‘zgartirishimiz mumkin.

Noutbuk (batareyasi) yangi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilikda uni dastlab o‘chirib, keyin ustki qismini yopish odati bor, uyqu rejimi imkoniyatidan bexabar bo‘lsangiz, unda buni bilib qo‘yish zarar qilmaydi, buning noutbuk uchun ziyoni yo‘q.

Buning uchun Панель управления oynasini ekranga chaqiramiz (WIN + R → control → ENTER) va undagi Электропитание bo‘limiga o‘tamiz. Ushbu bo‘limga tezkor murojaat etish uchun WIN + R birikmasi yordamida Выполнить oynasini chaqirib, unga powercfg.cpl buyrug‘ini kiritgan holda ENTER'ni bosishimiz mumkin.

Oynaning chapki panelida Действие при закрытии крышки bandi ustiga bosing. Noutbukning batareya yoki elektr manbasidan quvvat olish mahalida, uning ustki qismi yopilgan taqdirda amalga oshishi kerak bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatib o‘ting.

Bunda noutbuk ishlashda davom etadigan qilish (Действие не требуется), uyqu (Сон) yoki gibernatsiya (Гибернация) rejimiga o‘tishi, o‘chirilishi (Завершение работы)ni sozlash mumkin.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
• Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?
• Qizib ketgan noutbuk o‘chib qolyapti: nima qilish kerak?
• Noutbukning to‘g‘ri sovutilishi uchun maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.6K views16:16
Ochish/sharhlash
2023-05-06 17:16:09
Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar va men dasturchi bo'la olamanmi deb yurganlar, qani yaqinroq kelinglar. Gap bor...

Hullas, tajribali Web dasturchi Javohir Berdiyev 7-May kuni soat 20:00 o'z kanalida Ovozli chat (Video chat) tashkillabdi!

Mavzu: Dasturlash kimlar uchun yoki Daturlashga ilk qadam

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib taklif. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa tezroq kanaliga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Ha aytgancha, ovozli chat oxida uztozning online kurslarga chegirmalar ham yutib olishingiz mumkin. Kanalga azo bo'lib qo'ying

Chat manzili: @javohir_webdev
1.9K views14:16
Ochish/sharhlash