Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-03-26 17:19:02 #internet

Brauzerda muayyan sayt uchun Internet tezligini ataylab sekinlashtirish

Internet tezligini oshirish emas, balki aksincha, sekinlashtirish turli holatlarda kerak bo‘lishi mumkin: agar siz veb-dasturchi bo‘lsangiz, saytingizning yuklanish tezligini tekshirishdan tortib, hamkasblar va do‘stlaringizga hazil qilishga qadar.

Buning uchun ushbu harakatlar ketma-ketligi bajariladi:

. Kerakli saytni ochamiz.

. F12 yoki CTRL + SHIFT + I'ni bosgan holda dasturchi votitalariga murojaat etamiz.

. “Сеть” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz.

. Ochiluvchi ro‘yxatli strelkachani ochamiz va “Свои настройки” bo‘limida “Добавить”ni ustiga bosamiz.

. “Добавить специальный профиль”ga bosamiz va unga nomni, yuklab olish tezligini, unga yuklash tezligini va ping'ni ko‘rsatamiz.

. So‘ngra ochiluvchi ro‘yxatdan yaratilgan profilni tanlaymiz va sahifani qayta yuklaymiz (F5) .

Tayyor! Sekinlashtirishdan tashqari, siz saytning alohida komponentlari yuklanishiga qancha vaqt ketishini ko‘rishingiz mumkin.

Manba: @tech_lifehacks

Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
791 views14:19
Ochish/sharhlash
2023-03-25 20:22:36 #operatsion_tizim

Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari

• * — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;

• + — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);

• - — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);

• ALT + D — manzil satrini tanlash;

• ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;

• ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;

• ALT + ↑ — asosiy papkaga qaytish;

• ALT + → (ALT + ←) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;

• BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;

• CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;

• CTRL + N — yangi oynani ochish;

• CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;

• CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;

• CTRL + W — faol oynani yopish;

• F4 — manzil satriga o‘tish;

• F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;

• F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;

• F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);

• HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;

• END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views17:22
Ochish/sharhlash
2023-03-24 15:50:59 #mulohaza_uchun

Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?

Bugungi kunda audiokitoblarni topish muammo emas. Ularni tinglash ham, internet tarmogʻidan bir necha soniya ichida yuklab olish ham juda qulay. Biroq, nima uchun ular bosma kitoblarning oʻrnini bosa olmayapti? Nima uchun kitob oʻqish, audiokitob tinglashdan koʻra foydaliroq ekanligini bilasizmi?

Audiokitoblarni nima uchun tanlaymiz?

Oʻz vaqtida kitoblarni fonograf orqali eshitishni taklif qilgan Tomas Edison ushbu usulning qanchalar ommalashib ketishini tasavvur ham qilmagan boʻlsa kerak. Birgina Angliyada audiokitob sotuvidan tushadigan daromad koʻrsatkichi 2013-yildan 2017-yilga qadar 148 foizga oʻsgan.

Buning sababi ham tushunarli. Audiokitoblarni tirbandlikda, navbatda turganda ham, uy ishlari bilan band boʻlgan holatda ham eshitish mumkin. Ular bosma kitoblarga nisbatan arzon turadi, javondan joy egallamaydi. Audiokitoblarni yaratish ham oson. Bundan tashqari, koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan insonlar undan istalgancha foydalanishlari mumkin.

Nima uchun bosma kitoblarni magʻlub qilib boʻlmaydi?

• Audiokitobga suratlar, jadvallar ilova qilish imkoni yoʻq;
• Audiokitob oʻqiyotgan odamning ovozi matnni toʻliq tushunib olishga halal beradi;
• Audiokitobning mazmuniga tushunish nisbatan koʻproq vaqt oladi.

Eng muhimi:

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida, audiokitob tinglagan odamlar boshqa ish bilan band boʻlmasalar ham jarayon davomida koʻproq chalgʻishlari aniqlangan. Inson koʻzlari bilan oʻqigan kitobini quloqlari bilan eshitgan ovozdan koʻra osonroq eslab qoladi va qabul qiladi.

Audiokitoblar maʼlum darajada ustunlikka ega boʻlgan format – video hisoblanadi. London universiteti olimlari odamlar kitobdagi hodisalarni ekran orqali koʻrsalar, uni yaxshiroq tushunishlarini isbotlab berishgan.

Manba: Xabardor.uz

@itspecuz | Mundarija
714 views12:50
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:50:03 #internet

YouTube qaynoq klavishlari

YouTube dunyodagi eng mashhur saytlar reytingida Googledan keyingi o'rinda turadi. Siz ham uni muntazam ravishda ishlatishingizga aminmiz.

Lekin siz YouTube uchun qaynoq klavishlar mavjudligi haqida bilasizmi? Endi bilib oling:

Sahifaning har qanday joyida:

М
— Ovozni o‘chirish
F — To‘liq ekranli rejim
K — Pauza/Ishga tushirish
J — 10 soniya orqaga
L — 10 soniya oldinga
Shift + N — pleylistdagi yoki tavsiya etilganlar orasidagi keyingi videoga o‘tish
/ — Qidiruv satriga o‘tish
C — Subtitrlani faollashtirish/o‘chirish

Pleyerning o‘zida:

Chapga/o‘ngga strelkasi
— Videoni 5 soniya orqaga/oldinga o‘tkazish
1 dan 9 gacha raqamlar — Videodagi 10% - 90% pozitsiyasiga o‘tkazish
0 (nol) — Videoning boshiga
Probel — Pauza/Ishga tushirish
Tepaga/pastga strelkasi — Ovozni 5% baland/past qilish
Home — Videoning boshiga o‘tkazish
End — Videoning oxiriga o‘tkazish

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.0K views09:50
Ochish/sharhlash
2023-03-24 10:12:01
#mulohaza_uchun #it_humor #hardware

Keng formatli monitorlarning asosiy afzalligi...

@itspecuz | Mundarija
515 views07:12
Ochish/sharhlash
2023-03-24 08:00:03
2023 yilda pulni qayerga investitsiya qilish kerak?

Ushbu post faqat IT sohasi xodimlari, dasturchilar, dizaynerlar, hunarmandlar, qiziqishi va ishi onlayn yoki kompyuter bilan bogʻliq boʻlgan insonlar uchun.

Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiyada inflyatsiya ±12%ga teng. Bu sizning pulingiz har yili 12%ga qadrsizlanishini anglatadi. Agar siz investitsiya bilan shugʻullansangiz, unda doimo minusga tushasiz.

Biz siz uchun bepul kitob tayyorladik. Uni oʻqib chiqqandan soʻng, siz pulingizni koʻpaytirishning 7 usulini bilib olasiz.

Kitob shunday yozilganki, kompyuterda ishlagan har bir kishi tushuna oladi.

Ushbu Telegram kanalidan kitobni bepul yuklab olishingiz mumkin: https://t.me/+dCUM6FwLKsdmZWJi

Kitob muallifi Azam Azizov. U 2012 yildan beri investitsiya bilan shugʻullanadi va barcha investitsiya usullarini sinab koʻrgan va oʻz kitobida faqat eng yaxshilarini tavsiflab bergan.
813 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-03-24 07:10:28
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Sana bo‘yicha izlash

Agar sizga muayyan sana bo‘yicha xabar/postlarni izlash lozim bo‘lsa, butun chat bo‘ylab yuqoriga qarab o‘tishingiz shart emas, bu usul qimmatli vaqtingizni ketgazadi.

Chat / kanal / guruhdagi qidiruv sohasini faollashtirib, undagi kalendar belgisi ustiga bosing, sanani tanlang va pastdagi “Перейти к дате” tugmasini bosing.

Manba: @vamtlgrm

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Telegram Desktop'da kanal/guruhning birinchi xabari/postiga tezkor o‘tish
• Telegram Desktop'da qidiruv maqsadida kalendardan foydalanish
• Sana bo‘yicha yangi qidiruv dizayni
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
• Boshqa ko‘plab qiziqarli postlar ro‘yxati: 1-ro‘yxat | 2-ro‘yxat

@itspecuz | Mundarija
818 views04:10
Ochish/sharhlash
2023-03-22 18:10:03 #operatsion_tizim

Fayllarning qaysi dasturga tegishliligini aniqlaymiz

Bizga noma’lum kengaytmali faylni ishga tushirishga uringanimizda, tizim uning ochilishi uchun bizga kompyuterdagi dasturni tanlashni tavsiya etadi. Muayyan turdagi fayllarning o‘zlariga tegishli dastur bilan uzviy aloqasini ta’minlanishi uchun, noma’lum kengaytmalar HKEY_CLASSES_ROOT reyestr bo‘limida yozilishi lozim. Xo‘sh, noma’lum kengaytmali faylni nima bilan ochish mumkinligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun FileInfo dasturidan foydalanish mumkin. Dastur kompyuterga o‘rnatilganidan so‘ng, fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosganimizda ochiluvchi kontekstli menyuda Открыть с помощью FileInfo menyu bandi paydo bo‘ladi. Noma’lum fayl dastur oynasida ochilganida kengaytmalar va faylni ochishi mumkin bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

Dasturni yuklab olish uchun manba: https://www.file-info.ru/

P.S.: Ilovaning o‘zi bepul, biroq o‘rnatgich tarkibiga boshqa dasturning reklamasi biriktirib ketilgan. Shunday ekan, o‘rnatish paytida e’tiborliroq bo‘ling – reklama takliflarini rad eting.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Dasturlarning eski versiyalari portali
Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
522 views15:10
Ochish/sharhlash
2023-03-22 15:17:01 #excel

Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli

Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas:

— 1-qadam
Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделитьВыделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi.

— 3-qadam
Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va УдалитьЯчейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

@itspecuz | Mundarija
817 views12:17
Ochish/sharhlash
2023-03-22 12:07:23 #word

Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari (2-qism)

Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.

• CTRL + B — belgilangan matn shriftini qalin qilish / oddiy holatiga qaytarish;

• CTRL + I — belgilangan matn shriftini kursiv qilish / oddiy holatiga qaytarish;

• CTRL + U — belgilangan matn ostiga chizish / oddiy holatiga qaytarish;

• CTRL + D — Шрифт muloqot oynasini ekranga chaqirish;

• CTRL + Q — abzatsga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish;

• CTRL + M — chap tomondan otstup qo‘shish;

• CTRL + SHIFT + M — chap tomondan otstupni olib tashlash;

• CTRL + PROBEL — belgilangan matn fragmentidan, unga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish (matn dastur sozlamasida qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shrift turi va o‘lchamiga qaytadi).

• CTRL + SHIFT + A — barcha harflarni katta (agar allaqachon katta bo‘lsa, u holda kichik) ko‘rinishga keltirish;

• CTRL + SHIFT + C (CTRL + SHIFT + V) — formatlarni nusxalash / boshqa matnga nisbatan qo‘llash;

• CTRL + SHIFT + D — matn ostiga ikkitalik chiziq chizish / bekor qilish;

• CTRL + SHIFT + H — belgilangan matnni berkitish / ko‘rsatish (bunda berkitilgan matn chop etish vaqtida ko‘rinmaydi, Главная menyu satrida chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchitugmasi ustiga bosilgan taqdirda ko‘rinadi);

• CTRL + SHIFT + K — barcha harflarni kichik harf o‘lchamidagi katta harflar ko‘rinishiga keltirish / bekor qilish;

• CTRL + SHIFT + W — so‘zlar ostiga probellarni hisobga olmagan holda chizish;

• CTRL + T (CTRL + SHIFT + T) — Выступ qo‘shish / olib tashlash (abzatslarga nisbatan qo‘llaniladi);

• SHIFT + F1 — dastur oynasining o‘ng tomonida ochiluvchi matnni formatlash panelini faollashtirish / berkitish.

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
861 views09:07
Ochish/sharhlash