Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyr | IT specialist

#operatsion_tizim

Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (2-qism)

Ushbu postning 1-qismi

regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini ishga tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi tushunib olish orqali tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash tezligini ancha oshirishingiz mumkin.

perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi Системный монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim barqarorligi monitorini o‘z ichiga oladi.

mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных программ Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda mavjudligini ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin (Защитник Windows bilan adashtirmang). U har oy yangilanadi va kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.

winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка) haqida ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi.

calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi.

charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi (simvol)lardan foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi dasturini ishga tushiradi.

osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga tushiradi.

taskmgr.exe — Windows'da ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda turgan dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini o‘zida aks ettiruvchi oynasi ishga tushiradi.

dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika uchun yordamchi dasturini ishga tushiradi.

shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun buyruq, masalan, shutdown /o /r /t 0 buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash uchun xizmat qiladi.

. Boshqaruv paneli (Панель управления) va boshqaruv konsoli (Консоль управления)larga tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari:

compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi dasturlari)ni taqdim etuvchi oynani ochadi. Ularning barchasini alohida ochish ham mumkin, albatta, biroq kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin.

devmgmt.msc — Kompyuterga ichki va tashqi ulangan qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств).

diskmgmt.msc — Windows disklarini boshqarish (Управление дисками). (Qattiq) diskni bo‘lim (раздел)larga bo‘lish va disklar bilan ishlashdagi boshqa maqsadlar uchun qo‘llanishi mumkin.

eventvwr.msc — Windows hodisalarini kuzatish (Просмотр событий). Nosozliklar yuz berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar sabablarini aniqlashga imkon beradi.

services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы) oynasini ishga tushiradi, u orqali Windows'dagi ishlab turgan xizmatlarning joriy holatini ko‘rish, ularni ishga tushirish yoki to‘xtatish, ishga tushirish turini o‘zgartirish mumkin.

Ushbu postning 3-qismi

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija