Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-04-13 09:09:38
Pubg MOBILE-da UC xaridi uchun 10% cashback!

7-17 aprel kunlari har qanday UC nominallarini 10% cashback bilan sotib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

Bizning narxlarimiz hamyonbop ekanligiga ishonch hosil qilish uchun OSON ilovasini yuklab oling
550 views06:09
Ochish/sharhlash
2023-04-12 20:11:22 #excel

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin?

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-12 18:10:24
IT va BIZNES sohasiga qiziqasizmi ?

Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram
719 views15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-11 19:06:01 #word

Dastlabki sahifa uchun kolontitulni o‘chirish

Kolontitul yaratishda (sahifaning yuqori yoki pastki qismiga ikki marta bosiladi) kiritilgan matn barcha sahifalarda bir xil aks etadi.

Biroq agar kolontitulni dastlabki sahifadan olib tashlab, qolgan sahifalarda esa qoldirish lozim bo‘lsa, quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:

1-qadam
Kolontitulni yarating va menyu satridagi yuzaga kelgan Конструктор varaqa (вкладка)siga o‘ting.

2-qadam
Параметры
bo‘limida Особый колонтитул для первой страницы bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.

3-qadam
Dastlabki sahifaga o‘ting va kolontitulni o‘chiring yoki tegishli o‘zgartirish kiriting.

Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
957 views16:06
Ochish/sharhlash
2023-04-11 09:31:22
#tarmoq #security #internet #operatsion_tizim

Ushbu videoko‘rsatmada Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish to‘g‘risida so‘z boradi.

Videoni ko‘rish uchun havola.

P.S.: Bizga murojaat etgan yosh vloger ukamiz Nodirbekka esa yangi videoko’rsatmalar yaratishida zafarlar tilab qolamiz!

@itspecuz | Mundarija
884 views06:31
Ochish/sharhlash
2023-04-11 06:30:02
O‘z karyerangizni boshlamoqchimisiz?

Toshkent shahridagi Amiti universitetida bo‘lib o‘tadigan bosh ish o‘rinlari yarmarkasi “Job Fair 2023” siz uchun ajoyib imkoniyat!

Ushbu qiziqarli tadbir mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilar, xususan, Huawei, Skillbox, Epam, Deloitte, PepsiCo, Makro, AKFA, UzTelecom, IT-Park, UZCARD va boshqa kompaniyalarni birlashtiradi va turli sohalarda keng ko‘lamli ish imkoniyatlarini taklif qiladi.

Ishga qabul qiluvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish, savollar berish va hatto rezyume topshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblarni planshet, telefon kabi qimmatbaho sovrinlar kutmoqda

Manzil: Toshkent shahridagi Amiti universiteti
O‘tkazilish kuni: 11-aprel
O‘tkazilish vaqti: 13.00-17.00

@AmityUniversityTashkent
1.1K views03:30
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:35:01 #ict_news #mulohaza_uchun

O‘zbekistonda yigitlar IT mutaxassisi bo‘lishni istaydi — tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning roli, shuningdek, buning betashvish keksalik gashtini surishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o'tkazdi. Tadqiqot doirasida 10 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida so'rov ham o'tkazildi.

So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. (N=2100). Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 28,7 foizi keksa ota-onasi bilan yashashi ma’lum bo‘ldi. Farzandlaringiz tarbiyasiga kim ko‘proq ta’sir qiladi, degan savolga ota-onalarning 41,6 foizi ona, 27,4 foizi ota, 9,3 foizi bobo va buvilar, 8,1 foizi aka-opalar, 7,3 foizi o‘qituvchilar, 3,7 foizi begonalar va 2,5 foizi boshqa qarindoshlar, deb javob bergan.

Soʼrovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2%) farzandlarini maʼlum kasb boʼyicha yetuk mutaxassis boʼlib, elga taniladigan inson sifatida koʼrishi ma'lum bo'ldi. Moddiy taʼminlanganlik va mulk egasi boʼlishi ikkinchi orzu bo'lib qolmoqda (7,9%). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va maʼlumot darajasi, farzandning jinsi boʼyicha farq qilmaydi.

Аksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida oʼzaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo'lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.

Soʼrovnoma javoblari shuni koʼrsatdiki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham eʼtibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi oʼz farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan boʼlib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini maʼqullagan, 11,1 foizi qisman maʼqullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.

Soʼrovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo'nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi oʼrinlarni oʼqituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar boʼyicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta'kidlagan. Qizlar kutilganidek ko'proq shifokor (16,3 foiz) va oʼqituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan boʼlsa, oʼgʼil bolalar birinchi oʼrinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko'rgan.

Farzandining kasb toʼgʼrisidagi qarori qanday boʼlmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni oʼzgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.

Ota-onalarning 55,7 foizi farzandlariga nisbatan talabchanlik qilish, kerak bo‘lganda yordam ko‘rsatish, 36,2 foizi nazorat qilish orqali tarbiya berish lozimligini, 6,4 foizi esa farzandlariga erkinlik berish kerakligini qayd etgan.

So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 20 foizdan ortig‘i farzandlarining o‘qituvchilari bilan bir oyda bir marta muloqot qilishini, 16,4 foizi esa umuman muloqot qilmasligini bildirgan.

Batafsil

Manba: Xabar.uz | IMRS Research

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

@itspecuz | Mundarija
695 views06:35
Ochish/sharhlash
2023-04-07 20:11:17 #operatsion_tizim

Fayl yoki papkaning xususiyati (Свойства)ni ekranga tezkor chaqirish

Ma’lum bir fayllar yoki papkalarning hajmini bilish uchun biz bir guruh elementlarni belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda ochiladigan kontekstli menyu (контектсное меню)ning ostida joylashgan Свойства (Properties) elementini tanlaymiz.

Buni klaviatura orqali amalga oshirishning soddaroq usuli bor, ya’ni xuddi boyagi kabi elementlarni SHIFT, CTRL, Пробел (Space) va strelkalar yordamida belgilagan holda ALT + ENTER tugmalar birikmasini bosishdir.

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

@itspecuz | Mundarija
372 views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:46:10
#mulohaza_uchun #IT_humor

Video darsdagi ma’ruzachi ortidan ulguraman degan paytingda...

@itspecuz | Mundarija
705 views14:46
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:31:37 #excel

Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing.

. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.

. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).

. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan ).

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• 15 лучших трюков от Павла Когана
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
919 views12:31
Ochish/sharhlash