Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 110

2021-12-12 14:10:18
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Dastur yuzaga kelib turgan xatoliklarga qaramay ishlashda davom etib turgan payti, uning dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanishi taxminan mana shunday ko‘rinishda bo‘lsa kerak...

@itspecuz | Mundarija
2.2K views11:10
Ochish/sharhlash
2021-12-12 11:30:33 #mulohaza_uchun #internet #telegram

Ortga nazar: emojilarning matnli shakllarini yodga olamiz!

Yaqin yillar ichida chatlarda emoji yoki smayliklardan foydalanish keng ommalashdi. Telegram va WhatsApp kabi messenjerlarning bunda ahamiyati katta. Ayniqsa, animatsion stikerlarning chiqarilgani so‘zlashuv davomida emotsiyalarni yorqinroq ifodalash imkonini yaratdi.

Hozirgi emojilar rasm ko‘rinishida, biroq ilgarilari smayliklar matn ko‘rinishida bo‘lgan. Quyida mana shu (deyarli unutilgan) matnli emojilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

~:0 — chaqaloq
O:-) — farishta
\:D/ — raqs
:ʼ( — yig‘lash
:_( — yig‘lash
O.o — zo‘r
*<:o) — masqaraboz
=^.^= — mushuk
singan qalb
(*v*) — qush
:-D — katta tabassum
(.V.) — o‘zga sayyoralik
8-) — ko‘zoynak
*-* — hayron qolish
:o3 — kuchuk
:*) — mast
>:) — yovuz kulish
<>< — baliq
:-( — qovoq solish
:( — qovoq solish
:-P — g‘azablangan
=P — g‘azablangan
X-( — g‘azablangan
:-* — o‘pich
:-)* — o‘pich
(-}{-) — o‘pich
:* — o’pich
$_$ — ochko’z
:-> — kulgi
=) — xursand
:-) — xursand
:) — xursand
<3 — yurak
{} — quchoqlash
:-| — “Menga farqi yo’q”
X-P — hazil
^_^ — juda xursand
=D — baland ovozda kulish
(-: — kulish
:-) — kulish
:) — kulish
XD — kulish
<:3)~ — sichqon
~,~ — uxlash
:-)(-: — “Turmush qurganman”
)-: — xafa yuz
=/ — g‘azablangan
=8) — cho‘chqa
8-# — zombi
:-E — vampir
@~)~~~~ — atirgul
=( — xafa
:-( — xafa
:( — xafa
:-Q — chekish
:P — tilni chiqarish
=D — juda xursand
;-) — ko‘z qisish
;) — ko‘z qisish
|-O — esnash

Mirzoxidbek @terabaytuz

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan Telegram emodzilari haqidagi postlar bilan tanishing:
| | | | | | | | | | 11 | 12 | 13

@itspecuz | Mundarija
2.4K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-12-12 08:30:50 #operatsion_tizim

Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (1-qism)

Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiramiz.

O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit, Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa – msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz.

Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz.

. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga tushirish uchun buyruqlar:

Ushbu buyruqlarni .exe qo‘shimchasisiz ham kiritishingiz mumkin.

explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).

msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin.

control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi.

msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.

cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.

mstsc.exeПодключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi.

sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi.

mmc.exeКонсоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.

resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.

Ushbu postning 2-qismi | 3-qismi

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.5K views05:30
Ochish/sharhlash
2021-12-11 18:45:34 #operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?

Agar sizga tezkor tarzda bir guruh rasmlar o‘lchamini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, unda Microsoft PowerToys dasturi yordamida buni operatsion tizim tarkibidagi Проводник (Этот компьютер) dasturining o‘zidan uzoqlashmagan holda amalga oshirish mumkin.

1. Microsoft PowerToys havolasi bo‘ylab o‘ting. Dasturning so‘nggi versiyasi odatda yuklab olish sahifasining yuqorisida keltiriladi.
2. EXE-faylni toping, masalan: "PowerToysSetup-0.27.1-x64.exe".
3. Ushbu faylni yuklab oling va ishga tushiring.
4. O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng PowerToys'ni ishchi stolingizdan ishga tushiring.
5. Yon tomondagi panelda "Image Resizer"ni ustiga bosing.
6. "Enable Image Resizer"ni faollashtiring.
7. PowerToys'ni yoping.
8. Bir nechta rasmlarni belgilang.
9. Sichq. o‘ng tugmasini, so‘ngra "Resize pictures"ni ustiga bosing.
10. Rasm uchun kerakli o‘lchamni tanlang.

Shundan keyin hajmi o‘zgartirilgan rasmlar asl rasmlar joylashgan papkaning o‘zida paydo bo‘ladi. Siz buni istalgan miqdordagi rasmlar ustida bajarishingiz mumkin.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Let’s Enhance piksellari soni (разрешение) kam bo‘lgan fotorasmlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi
• Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10'ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Photoshop'da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Photoshop dasturidan foydalanish bo‘yicha video darslar
• Adobe Photoshop CS6 dasturi (kuchsiz kompyuterlar uchun)
• Adobe Photoshop CC 2018 (Portable) dasturi x32-(x86) / x64
• Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET'dan boshlaymiz!
• Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
• Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
• Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
• Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish
• Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech
• O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi?
• Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
• Algoritm selfini “selfisizlantirdi”
• Telegram'da post yuqorisida biriktirilgan rasmni o‘zgartirish
• Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.6K views15:45
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:10:31 #operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash #internet #word #maslahat

Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?

Agar siz ko‘pincha grafika, matnlar bilan ishlasangiz yoki saytlar yaratsangiz, u holda chiroyli shriftlar yordamiga tayanishingiz aniq. Internetda bepul yoki pullik shriftlarni yuklab olish uchun saytlar ko‘p.

Ammo ba’zida shunday vaziyat bo‘ladiki, internetda turli resurslarga murojaat etish chog‘ida, masalan, biror matn sarlavhasi shriftiga ahamiyat berasiz va ichingizda: “Menga aynan shu shrift kerak edi”, deysiz. Xo‘sh, uning nomini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun brauzerlar (Chrome, Safari, Firefox) uchun maxsus kengaytma – Fonts Ninja'dan foydalanishni tavsiya etamiz. Ishlash tartibi juda sodda, o‘rnatilganidan so‘ng plaginni faollashtirish va kursorni matn ustiga olib borishning o‘zi yetarlidir. Izlanayotgan shrift sizga mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun, o‘sha shrift ko‘rinishidagi biror jumlani kiritish, o‘lchami va harflar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirish imkonini beruvchi maydon ham mavjud.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• Microsoft Word'da qo‘llanilgan nostandart shriftni hujjatga biriktirish
• Microsoft Word dasturida shrift o‘lchami qanday o‘lchov birligida o‘rnatiladi?
• Microsoft Word dasturida matn bilan ishlash bo‘yicha foydali maslahat (Shift + Enter, Ctrl + Shift + Probel) + video
• Microsoft Word dasturida matn ostiga chiziq chizish bo‘yicha foydali maslahatlar
• Microsoft Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
• Calibri shrifti soxta hujjatlarni aniqlashda yordam berdi
• Windows’da shriftni kattalashtirish
• Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

@itspecuz
2.5K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-12-11 13:30:34
#smartfon #android #game

Subway Surfers - eng mashhur mobil “Runner”-o‘yinini qarshi oling. Android 4.4+. Cheksiz miqdorda pul va kalitlar.

Subway Surfers Mod v2.19.0 mobil o‘yinini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Angry Birds mobil o‘yini
• Tap Tap Dash mobil o‘yini
• Numpuz mobil o‘yini
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• O‘yin haqida IT-hazil
• Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
• Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.6K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-12-11 11:30:56
Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida Windows'da ekranda ochilib turgan barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish mumkin?
Anonymous Quiz
19%
WIN + S
23%
CTRL + S
14%
F10
44%
WIN + D
2.6K voters2.6K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-12-11 09:10:18
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Ushbu uy egasi Microsoft korporatsiyasiga tegishli, 1985-yilda yaratilib, ushbu kunga qadar yangilanib kelayotgan operatsion tizimning ashaddiy muxlisi ko‘rinadi...

@itspecuz | Mundarija
2.8K views06:10
Ochish/sharhlash
2021-12-11 07:10:10
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Inson dastxati uning barmoq izi, ovozi yoki ko‘z to‘r pardasi singari noyobdir.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Почерк столь же уникален, как отпечаток пальца, голос или сетчатка глаза.

@itspecuz | Mundarija
2.8K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-12-10 19:10:00 #operatsion_tizim

Windows soatida soniyalar ko‘rinib turishini faollashtirish

Windows 10'da vazifalar panelining o‘ng chetida joylashgan soat joriy vaqtni qoida bo‘yicha soniyalarsiz ko‘rsatib turadi. Agar sizga ularning ko‘rinib turishi qulay bo‘lsa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishingizga to‘g‘ri keladi:

. Выполнить oynasini ekranga chaqirish maqsadida WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор реестра oynasini ishga tushiring.

. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting (yoki ushbu matnni oynadagi manzil satriga nusxalab o‘tkazib, ENTER klavishini bosing): HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced.

. Oynaning o‘ng tomonidagi kattaroq panelning bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ShowSecondsInSystemClock nomli 32-bitlik DWORD parametrini yarating va unga 1 qiymatini bering.

So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun CTRL + SHIFT + ESC birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing.

Windows 7 uchun soniyalarni biz rammichael.com saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan 7+ Taskbar Tweaker dasturi orqali faollashtirishimiz mumkin. Dasturning oynasida faollashtirilishi lozim bo‘lgan band ushbu post ostidagi rasmning 2-qismida keltirilgan .

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
3.0K views16:10
Ochish/sharhlash