Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 111

2021-12-10 16:10:00 #internet #maslahat

Kitobni o‘qish qancha vaqt talab etishini bilish uchun xizmat

Zamonaviy insonlar ko‘pincha ish bilan band bo‘lganliklari sabab, ularda o‘qish uchun ko‘proq vaqt ajratish qiyinchilik tug‘diradi, shuning uchun qiziqtiruvchi u-bu adabiyotni xarid qilish oldidan, uning o‘qilishi qancha vaqt talab etishini oldindan bilish foydadan holi bo‘lmasdi.

How Long to Read — ma’lum bir asarning o‘qilishi uchun ketuvchi vaqtni statistika bo‘yicha daqiqasiga o‘rtacha 300 so‘z tezligida hisoblovchi ingliz tilidagi kitoblar bo‘yicha qidiruv tizimi. Xizmat ingliz tilida bo‘lishiga qaramasdan, u shuningdek rusiyzabon yozuvchilarining mashhur kitoblari bilan ham ishlash imkonini beradi.

Tezligingizni hisobga olgan holda butun kitobni o‘qishga qancha vaqt ketishini aniqlash uchun tanlangan asar sahifasida “Test Reading Speed” tugmasiga bosish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng taymer ishga tushadi va o‘qilishi kerak bo‘lgan qisqa parcha taqdim etiladi. Kitobdagi jami so‘zlar miqdori va sizning o‘rtacha o‘qish tezligingizni bilgan holda, xizmat sarflanadigan umumiy vaqtni osonlik bilan aniqlab beradi.

Manba: @exploitex

Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
2.7K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-12-10 13:10:00 #operatsion_tizim #mulohaza_uchun #maslahat

Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona

Ha, tizim haqidagi ba’zi tanbehlar yaqin vaqtlargacha o‘rinli bo‘lib kelayotgan edi. Ammo ularning ba’zilari Windows 95 yoki Windows Vista davridan buyon davom etib kelmoqda va afsonaga aylanib ulgurganiga ancha bo‘lgan.

Shunga qaramay, ba’zi foydalanuvchilar hali hanuz ularga ishonishda davom etib keladi. Bundan esa ba’zi kompyuter ustalari va “mo‘jizaviy tezlashtiruvchi dasturlar”ni ishlab chiqaruvchilar (o‘z foydalarini ko‘zlab, albatta) foydalanishadi.

. Profilaktika uchun Windows'ni qayta o‘rnatib turish lozim

Bu, ehtimol, Windows haqidagi eng mashhur afsona. Lekin, aslini olganda, Windows'ning so‘nggi versiyalarida “profilaktik” qayta o‘rnatishdan hech qanday ma’no yo‘q. SSD-diskiga o‘rnatilgan Windows 10 esa hattoki bir necha yillik ekspluatatsiyadan keyin ham xuddi birinchi marotaba ishga tushirilganidagi kabi chaqqon ishlaydi.

Agar shunda ham tizimni avvalgi holiga keltirish istagida bo‘lsangiz, Windows 10'ga tizimni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan dastlabki holatiga qaytarish imkoniyati qo‘shilganiga ham ancha vaqt bo‘lgan. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tiladi: “Пуск” -> “Параметры” -> “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” -> “Вернуть компьютер в исходное состояние”.

. Tizim diski har doim C va D'larga bo‘lingan bo‘lishi lozim

Ikkinchi afsona birinchisidan kelib chiqadi. Qayta o‘rnatishda barcha ma’lumotlarni bir urinishda tozalamaslik uchun diskni C (tizim uchun) va D (foydalanuvchi ma’lumotlari uchun)ga bo‘lish mantiqan to‘g‘ri sanaladi.

Biroq Windows'ingizni har yarim yilda bir marta o‘rnatib tursangiz ham, ushbu operatsion tizimning zamonaviy versiyalarida diskni C va D'ga bo‘lib o‘tirishga hojat yo‘q, chunki yangi tizimni o‘rnatish jarayonida eski tizim tarkibidagi ma’lumotlaringizning barchasini “Windows.old” papkasiga avtomatik ravishda saqlanishi mumkin (ushbu jarayonga diqqat bilan yondashilsa bas, aks holda barcha ma’lumotlar formatlanib, o‘chib ketadi).

. Reyestrni vaqti-vaqti bilan tozalash va optimallashtirib turish lozim

Bu esa — bir deganda minglab “reyestr xatolik”larini to‘g‘rilashga qodir bo‘lgan turli xil CCleaner yoki CleanMyPC kabi dasturlarni ishlab chiqaruvchilarning sevimli mavzusidir!

Lekin aslini olganda, reyestr bu shunday narsaki — oddiy foydalanuvchiga uni titkilashning umuman ma’nosi yo‘q. Undagi yozuvlarni o‘chirish eng yaxshi holatda shaxsiy kompyuterning samaradorligiga shunchaki ta’sir qilmaydi, yomon holatda esa — nimaningdir buzilishiga sabab bo‘ladi.

. Keshni tozalash Windows tezligini oshiradi

Bu yerda ham holat o‘xshashdir. Agar Windows'ingiz kompyuterning o‘zi bilan birga keluvchi 64 Gb hajmdagi SSD'ga o‘rnatilmagan bo‘lsa, albatta. Va hattoki aksincha. Masalan, brauzer uchun keshni qayta yaratish zarurati kompyuterning biroz sekinlashishiga olib keladi. Biroq keyinchalik barchasi xuddi avvalgidek ishlashda davom etadi.

. Windows – o‘ta sekin, doim qotib ishlaydigan va BSOD ko‘rsatuvchi tizim

Bu, ehtimol, Mac va Linux foydalanuvchilarining sevimli afsonalaridan biridir. Biroq, aslini olganda, Windows'ning qotishga moyilligi — bu aynan Windows 95 va Vista kabi muvaffaqiyatsiz tizimlar tufayli shakllanib kelgan stereotipdir.

Windows 10, aksincha, o‘z ishida yaxshi barqarorlik va tezlikni ko‘rsatib keladi. Uzilishlar esa, juda ko‘p holatlarda drayverlar yoki qurilmalardagi nosozlik/nomuvofiqliklar tufayli yuzaga keladi.

BSoD – Blue Screen of Death (ko‘k o‘lim ekrani, синий экран смерти)

Manba: lifehacker.ru

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows haqidagi 14 afsona! (ushbu video ko‘rsatmada yuqorida keltirilgan 5 ta afsonaga yana qo‘shimcha 9 afsona haqida so‘z yuritiladi)
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.8K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-10 10:10:00
#internet #maslahat

Google Keep onlayn-bloknoti

Google Keep — eng mashhur bepul onlayn-bloknotlardan biri bo‘lib, unda soddalik va ilg‘or sozlamalar mujassamlashgan.

Birinchidan, shunchaki oddiy qaydlar emas, balki cheklistlar, biriktirilgan fayllar, rasmlar va ovozli fayllar bilan qaydlar yaratish mumkin.

Ikkinchidan, odatiy vazifalarni almashish funksiyasidan tashqari, bu yerda siz (taqvim bilan sinxronizatsiya qilingan) eslatmalarni nafaqat vaqt, balki joylashuv bo‘yicha ham o‘rnatishingiz mumkin. Masalan, ishga kelishingiz bilanoq, eslatma eshigingizni taqillatadi.

Onlayn xizmatdan tashqari, shuningdek Android va iOS uchun ilovalar, Google Chrome uchun kengaytma mavjud.

Manba: @computer_life

Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
2.9K views07:10
Ochish/sharhlash