Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-04-29 14:35:20 #hardware #texnologiya #arduino #maslahat

Arduino 3D-simulyatori

Arduino simulyatori ham tajribali dasturchilar, ham yangi foydalanuvchilar uchun mukammal vositadir. Diode – bu plata va qo‘shimcha elementlar bilan tajriba o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus sayt.

Sayt arsenalida virtual simlar, lampalar, motorlar, taymerlar va tranzistorlar bor. Arduino'da dasturni kompilyatsiya qilish imkonini beruvchi ichki o‘rnatilgan kod muharriri mavjud.

Batareya elementi uchun kuchlanish sozlamalari bor, rezistor uchun qarshilik darajasi o‘rnatilishi mumkin. Shuningdek moslashuvchan kamera sozlamalari va eslatmali yorliqlar mavjud. Boshqaruv esa intuitiv tushunarlidir.

Manba: @bugfeature

@itspecuz | Mundarija
1.4K views11:35
Ochish/sharhlash
2023-04-28 20:41:26 #operatsion_tizim

Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz

Kompyuteringizni ishchi holatida saqlash uchun qurilmalar (videokarta, taqmoq platasi va boshq.) drayverlarini muntazam yangilab turish tavsiya etiladi.

Buni Windows'ning standart vositalari orqali amalga oshirish mumkin. Drayverlarni yangilash uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

. Tizim parametrlarini oching. Buning uchun Этот компьютер yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochiluvchi menyudan Свойства bandini tanlang.

. Система oynasida Диспетчер устройств bandini topib murojaat eting.

. Ro‘yxatdan drayveri yangilanishi lozim bo‘lgan qurilmani tanlang. Uning nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Обновить драйвер bandini tanlang.

. Автоматический поиск обновленных драйверов'ning ustiga bosing. Agar yangi drayverlar mavjud bo‘lsa, ular avtomatik ravishda o‘rnatiladi.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views17:41
Ochish/sharhlash
2023-04-28 18:35:02
#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

BMW'ning M760 rusumidagi avtomobili orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan monitor

Manba: Good Master

@itspecuz | Mundarija
1.4K views15:35
Ochish/sharhlash
2023-04-28 17:31:41
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorlanish endi yanada qulay va oson.

3-6-sinf o'quvchilari uchun Mantiqiy Fikrlab nomli onlayn kursga qabul boshlandi.

Ushbu kursda videodarslar va topshiriqlarimizni o'zlashtirgan holda imtihonlarga to'liq va sifatli tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

Kurs haqida batafsil: https://t.me/mantiqiy_fikrlab/3

Kurs narxi chegirma bilan: 150,000 so'm

Namunaviy darslar bilan @mantiqiy_fikrlab kanalida tanishing.

Kursni sotib olish va yopiq telegram guruhga qo'shilish uchun @fikrlab_aloqa_bot ga yozing.

KURS HAQIDA TO'LIQ MA'LUMOT

KURSNI HARID QILISH
1.3K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-04-28 15:25:45
Million auditoriya, yuzlab hamkorlar, hamyonbop narxlar...

Telegramda 30 ga yaqin sifatli texno-loyihalar birlashib Techno Advertising Agency tashkil etganimizga mana 2 yil to'ldi.

Shu vaqt ichida yuzlab hamkorlar bilan ishladik, millionlab auditoriya yig'dik, sifatli reklama xizmatlarini ko'rsatdik.

Agar sizda ham bizni agentlikka xizmat bo'lsa, agentligimizga obuna bo'ling va qulay reklama xizmatlarimizdan foydalaning!

Agentlik manzili: @techno_ads
1.5K views12:25
Ochish/sharhlash
2023-04-26 20:25:12 #operatsion_tizim #security

Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash

Foydalanuvchi USB-razyomiga yangi qurilmani ulaganida, Windows avtomatik ravishda uni aniqlaydi va mos keluvchi drayverni o‘rnatadi, shundan keyin qurilma darhol foydalanish uchun tayyor holatga keladi.

Bu juda qulay, biroq korporativ kompyuterlarda tashqi saqlash qurilmalarini ulashdagi ushbu qulaylik xavfsizlik va maxfiylikka nisbatan tahdid solishi mumkin.

Agarda sizda ShK'ga tashqi saqlash qurilmalarini ulash imkoniyatini cheklash zarurati bo‘sa, u holda WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu “Редактор локальной групповой политики” (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.

Oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера - Административные шаблоны - Система - Доступ к съёмным запоминающим устройствам yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. So‘nggi bo‘limda u yoki bu turdagi tashuvchi qurilmani bloklash imkonini beruvchi 20 ga yaqin siyosat mavjud.

Agarda barcha turdagi saqlash qurilmalarining ulanishini cheklash lozim bo‘lsa, u holda Съемные запоминающие устройства всех классов bandi ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosib, ochilgan navbatdagi oynada Включено bandi tanlanadi.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
• Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
• Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• USB Safely Remove dasturi
• USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
• Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
• USB standartlari va ulardagi ma’lumot almashish tezliklari
• Avtomobilda smartfonni zaryadlash uchun xizmat qiluvchi kabelning ko‘p joy egallamasligi uchun layfxak
• Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz
• Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.6K views17:25
Ochish/sharhlash
2023-04-26 18:24:19
Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.

FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. ( jamoamizsiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Kurs pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)

Format: Onlayn (1-dars tekin);
Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 5 kishiga 20% chegirama bilan 480 000); Kurs 20 kishi bilan boshlanadi
24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
Chegirma: Faqat boshlang'ich 5 kishi uchun;

O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
5 yillik tajribaga ega
Ko'plab loyihalar bilan ishlagan

Birinchi darsda qatnashish uchun ushbu kanalga a`zo bo'ling: Kanal link

Murojaat uchun: @frontend_admin
1.7K views15:24
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:40:44
#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

Bepul Wi-Fi va uning paroli...

Ushbu postimizga qo‘shimcha ravishda quyidagilar bilan tanishib ko‘rish tavsiya etiladi:
• Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
• Windows 10’da buyruq satri (Командная строка) yordamida Wi-Fi parolini topish
• O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
• Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
• Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
• Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?

@itspecuz | Mundarija
1.3K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-26 11:55:40 #operatsion_tizim #maslahat

Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish

Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.

Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:

. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).

. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.

. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).

. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.

. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.

. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.

. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor!

Manba: @GooogleTM

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.5K views08:55
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:05:41
#mulohaza_uchun #texnologiya

Xitoyning haydovchilar monitoringini olib boruvchi real vaqt tizimi

@itspecuz | Mundarija
1.6K views07:05
Ochish/sharhlash