Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-03-22 08:35:05 #operatsion_tizim

Windows 10'da bir juft klik yordamida tizim xatoliklarini bartaraf etish

Windows'ga kelgan ba’zi yangilanishlar o‘rnatilganidan so‘ng turli ko‘rinishdagi xatoliklar yuzaga kelishi mumkin: Wi-Fi ishlamay qoladi, tizim qurilmalarni ko‘rmay qoladi va boshqalar. Xatoliklarni bartaraf etish uchun — FixWin10 dasturidan foydalaning.

Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

. Dasturni ushbu havola yordamida yuklab olamiz.

. O‘rnatamiz, ishga tushiramiz va xatoliklar bo‘limlaridan birini tanlaymiz.

. So‘ngra joriy muammoni tanlagan holda "Fix" tugmasi ustiga bosamiz.

FixWin10 — tizimga ichki o‘rnatilgan va umuman olganda foydasi unchalik tegmaydigan "Система устранения неполадок" funksiyasining o‘rnini bosuvchi dasturdir.

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.0K views05:35
Ochish/sharhlash
2023-03-21 20:22:31 #operatsion_tizim #security

Kompyuterni dinamik bloklash

Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash (WIN + L) xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi.

Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры (WIN + I) oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi.

So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting.

Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos!

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views17:22
Ochish/sharhlash
2023-03-21 18:45:59 #operatsion_tizim

UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?

Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.

Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.

Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun WIN + R tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32 buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-21 16:15:00 #word #powerpoint

So‘zlardagi harflar registrini o‘zgartirish

Aytaylik, biror hujjat ustida berilib ishlayotgan mahalingiz, matnni klaviaturadan ko‘z uzmay kiritish bosqichidasiz, ushbu jarayonda monitorga bir-bir qarab qo‘yasiz, bunda yoqimsiz holatlardan biri esa Caps Lock klavishining bexosdan bosilib ketilishi oqibatida katta harflarning kichik, kichik harflarning esa katta ko‘rinishda yoki barcha harflarning butunlay katta ko‘rinishda kiritilishidadir.

Agar bunday vaziyatlarda ilgari barcha harflarni qayta kiritib ovora bo‘lib yurgan bo‘lsangiz, buning oson yechimi bor. Shunchaki bundan keyin kerakli harf/so‘z/jumlalarni belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasini ketma-ketlikda bosib, harflar registrini o‘zgartirish orqali ishingizni osonlashtiring.

P.S.: Maslahatimiz, klaviaturaga qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini shakllantiring, shunda ko‘zingiz doim monitor ekraniga qaratilgan bo‘lib, xato-kamchiliklarni darrov anglaysiz.

Bunday ko‘nikmani shakllantirishda sizga
Соло на клавиатуре va shunga o‘xshash boshqa klaviatura trenajyorlari yordamga keladi, bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalaning!

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Onlayn klaviatura trenajyorlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Punto Switcher dasturi
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Unutilgan “Scroll Lock” klavishi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-03-21 13:20:01
#learn_english_with_software #smartfon #android

Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).

Duolingo Super v5.95.2 ilovasini yuklab olish.

Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi!

P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views10:20
Ochish/sharhlash
2023-03-20 16:40:10 #excel

Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin?

Agar siz shunchaki matn va funksiyani, masalan, =СЕГОДНЯ'ni biriktirib yozishga urinsangiz — sizda formatlardagi farq bois kerakli natija yuzaga kelmaydi.

Buning amalga oshirish yo‘li esa quyidagicha:

— 1-qadam
Yangi yacheykada kerakli matnni kiriting. Masalan: (Привет! Сегодня )

— 2-qadam
Joriy sanani hosil qilish maqsadida =СЕГОДНЯ() funksiyasini, keyingi (pastki) yacheykaga esa =ТЕКСТ(А1; ДД.ММ.ГГГГ) funksiyasini qo‘llang. A1 o‘rniga =СЕГОДНЯ funksiyasi qo‘llanilgan yacheykani ko‘rsating.

— 3-qadam
=СЦЕПИТЬ funksiyasi yordamida matn va siz oldingi qadamda matnli formatga o‘tkazgan sana keltirilgan yacheykalarni biriktiring.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

@itspecuz | Mundarija
211 views13:40
Ochish/sharhlash
2023-03-20 13:31:16 #internet

Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)

Ushbu oddiy kombinatsiyalarni o‘zlashtirgan holda siz Internetda odatdagidek vaqtingizni sarflashingiz mumkin, lekin ko‘prog‘iga ulgurasiz! Tarmoqdagi qariyb barcha biz uchun odatiy bo‘lgan jarayonlarni bor yo‘g‘i bir juft klavishalar yordamida amalga oshirish mumkin.

Kanalimiz qimmatli vaqtingizni tejashni maqsad qilgan holda sizga ushbu klavishalar kombinatsiyalarini tanishtiradi.

Batafsil...

Internet rukni ostidagi qolgan barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.

@itspecuz | Mundarija
560 views10:31
Ochish/sharhlash
2023-03-20 11:35:02 #maslahat

Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari

Matn belgilanadi va quyidagilar bosiladi:

Ctrl + Bqalin shrift

Ctrl + I
kursiv

Ctrl + Uostiga chizilgan

Ctrl + Shift + X — matn ustidan chizilgan

Ctrl + Shift + M — "моноширинный" shrifti

Ctrl + K — havolani yaratish yoki tahrirlash

Ctrl + Shift + N — formatni tozalash

@itspecuz
742 views08:35
Ochish/sharhlash
2023-03-19 20:22:47 #powerpoint

Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.

KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C – Slayddan nusxa olish
CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S – Slaydni saqlash
ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K – Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W – Hujjatni yopish
CTRL + O – Hujjatni ochish
CTRL + P – Hujjatni chop etish
TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F – Izlash
CTRL + H – Izlash va almashtirish
F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash
F12 – … sifatida saqlash
CTRL + F5 – Onlayn taqdimot

MATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shrift
CTRL + I – kursiv shrift
CTRL + U – ostiga chizilgan shrift
F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [ – shriftni kichraytirish
CTRL + ] – shriftni kattalashtirish
CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A – Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks
F7 – Imloni tekshirish
CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish

SLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash

SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tish
P – oldingi slaydga o‘tish
B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P – Ruchkani tanlash
CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
442 views17:22
Ochish/sharhlash
2023-03-19 17:31:52 #smartfon #android

Android'ga ilovani o‘rnatmasdan turib, undan foydalanib ko‘rish

Bunda bizga Instant Apps (“Приложения с мгновенным запуском”) rejimi yordam berishi mumkin. Ushbu texnologiya, agar ilova bu funksionalni qo‘llab-quvvatlasa, uni o‘rnatmasdan turib foydalanib ko‘rish imkoniyatini beradi.

. Smartfonning Настройки'siga o‘ting, undagi Google bandiga qadar tushing va unga kiring.

. Ochilgan sahifada Настройки для приложений Google quyi bo‘limini tanlang.

. Google Play Instant (“С мгновенным запуском”) bandiga bosing va Обновить веб-ссылки funksiyasini faollashtiring.

. Play Market ilovasini ishga tushiring va tezkor ishga tushirish (быстрый запуск)ni qo‘llab-quvvatlovchi ilovani toping, masalan, Vimeo'ni. Ilova sahifasiga o‘tganda siz Попробовать tugmasini ko‘rasiz — unga bosing, tayyor.

Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
720 views14:31
Ochish/sharhlash