Get Mystery Box with random crypto!

#smartfon #android #learn_english_with_software “English G | IT specialist

#smartfon #android #learn_english_with_software

“English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!

Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.

Dunyo bestselleri

Raymond Murphy’s English Grammar in Use
— Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.

Har qayerda va har qachon

Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.

Avtomatik baholash

Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.

Namunalarning eshittirilishi

Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.

English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.

Ilovada jami 145 ta unit mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki 6 ta unit oldindan ilovaga yuklab olingan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi, qolgan Unitlarga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz!

Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org

Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
• “Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
• “Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
• “Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
• “English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• “English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

@itspecuz | Mundarija