Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-07 12:20:30
#mulohaza_uchun #it_humor

Senga yangi kompyuter sovg‘a qilishsa-yu, sen undan foydalanishni bilmay ustabuzarmonlik qilganingda...

@itspecuz | Mundarija
1.1K views09:20
Ochish/sharhlash
2023-04-06 18:31:24 #smartfon #android

Android'da saqlangan parollarni qanday ko‘rish mumkin?

Android'da veb-saytlar, xizmatlar va siz tomondan o‘rnatiladigan ilovalar parollarini saqlash uchun parollar menejerining mavjudligi haqida hamma ham bilmaydi. Natijada, siz hattoki dasturni o‘chirib tashlab, so‘ngra qayta o‘rnatgan taqdiringizda ham, sizga qayd ma’lumotlarini qayta qo‘lda kiritib o‘tirish zarurati bo‘lmaydi.

Xo‘sh, ushbu parollarni qanday ko‘rishimiz mumkin?

. Smartfoningizdagi Настройки'ni oching va Google bo‘limiga o‘ting.
. Ochilgan oynada АвтозаполнениеАвтозаполнение от Google bandlarini tanlang.
. Пароли bandiga o‘ting.
. Barcha saqlangan parollar ro‘yxati ochiladi, keraklisini tezroq izlab topish uchun qidiruvdan foydalanish mumkin.
. Kerakli akkauntni tanlang va kirishni barmoq izi bilan tasdiqlang.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
• iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
655 views15:31
Ochish/sharhlash
2023-04-06 16:10:07
Lenovo M910Q Mini PC kompakt kompyuteri sotiladi

- Protsessor core i7-6700T 2.8GHz 8CPU
- RAM 32GB DDR4
- NVme SSD 1 TB + 2TB SSD SATA / umumiy 3TB ssd
- Windows 10-Pro 64x Licensed
- Monitor xtech curved 24 dyum / изогнутый - egilgan 1920x1080
- Bluetooth, klaviatura, mishka

Ofis, internet, dizayn, media uchun juda qulay.

Batafsil: https://www.olx.uz/d/oz/obyavlenie/lenovo-mini-pc-m910q-32gb-core-i7-3tb-ssd-ID3d9AK.html
1.1K views13:10
Ochish/sharhlash
2023-04-05 06:45:15 #mulohaza_uchun

Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?

Qandaydir muammoga duch kelganda, yordamga muhtoj boʻlsangiz ham, boshqalarga koʻmak berishini soʻrab murojaat qilolmaysizmi? Koʻpincha bunga qoʻrquv sabab boʻladi. Odamlar koʻpincha ikki holatdan choʻchiydi: rad qilinishdan va ojiz koʻrinishdan. Yoki ikkalasi birdan boʻlishi ham mumkin. “Menga rad javobi berishlari mumkin. Oʻzimni yetarlicha yaxshi emasligimni his qilaman. Ojiz koʻrinaman. Boshqa odamlar men haqimda notoʻgʻri fikrga boradi. Mendan yuz oʻgirishadi. Oʻzimni yolgʻiz his qilaman” singari gaplar miyangizda aylanadi. Yaxshisi, oʻzim eplayman, degan fikrga kelasiz. Bular psixikangizni ogʻriqli holatlardan himoya qilayotganday boʻlsa-da, ular ma’nisizdir.

Yordam soʻrolmaslik boshqa psixologik muammolar singari bolalikdan shakllanadi. Ehtimol bir necha bor yordamga muhtoj boʻlganingizda sizni rad etishlari, kamsitishlari holatiga duch kelgandirsiz. Salbiy hislarning ogʻrigʻini koʻrgan psixikangiz endi yordam soʻramaslik yaxshiligiga qaror qilgan boʻlishi mumkin.

Yordam soʻray olmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

. Eng aniq va ma’lum oqibat – rostdan ham yordamga muhtojligingizda, uni ololmaslik. Insoniyat birdamlik orqali rivojlanishga erishgan. Haqiqatdan ham yaxshi natijalarga yolgʻiz erishish qiyin. Siz qiynalib qiladigan vazifalarni kimdir minimal resurslar bilan bajarishi va ishingizni yengil qilishi mumkin.

. Har doim oʻzingizni mustaqil va kuchli koʻrsatishga urinar ekansiz, boshqalar bilan yaqin boʻlishingiz qiyinlashadi. Hatto yaqin odamlaringiz ham sizdan sovuqlik his qilishi mumkin. Axir rostdan ham toʻla ochilmayotgan boʻlasiz. Hech kimga ishonolmaysiz.

. Yordam berganimizda oʻzimizni yaxshi his qilamiz. Agar yordam soʻrashdan qochsangiz, boshqalarning oʻzini yaxshi his qilishiga imkon bermaysiz. Saxiylik, yordamga shaylik, oqkoʻngillik kabi xislatlarini namoyon qilishiga yoʻl qoʻymaysiz. Natijada, sizga yaqinlashishlari qiyin boʻladi.

. Rivojlanishingizni susaytirasiz. Birgalikdagi faoliyat – oʻrganish imkonidir. Hayotimizda uchragan har bir odam ustozimiz ekanini yodda tuting. Ulardan yordam soʻramas ekansiz, ularning mahoratini koʻrish, oʻzlashtirish, ilhom olishdan oʻzingizni mahrum qilasiz.

Nima qilish kerak?

Cheklovlar faqat miyangizda ekanini tushuning. Yordam soʻrashingiz – ishonayotganingiz va hamkorlik qilish xohishingizdan darak. Koʻpchilik odamlar koʻmak berishga tayyor boʻlishadi.

Mayda narsalarni iltimos qilishdan boshlang va kuzating: hech qanday dahshatli narsa sodir boʻlmayaptimi? Odamlarda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

Koʻp hollarda qoʻrquvlaringiz asossiz ekanini tushunasiz.

Manba: Xabardor.uz

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dushanba kunlaridan qo‘rqishni qanday yengib o‘tish mumkin
• Hayajondan qanday qutulish mumkin yoki umuman hayajondan qutulish kerakmi?
• To‘g‘ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi

@itspecuz | Mundarija
876 views03:45
Ochish/sharhlash
2023-04-04 18:50:36 #operatsion_tizim #tarmoq #internet

Windows 10'da Wi-Fi'ni routersiz tarqatish

Agar sizning qurilmangizda Windows 10 o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda internetning tarqatilishini kompyuterning o‘zidan turib faollashtirish mumkin.

. WIN + I klavishlari birikmasi orqali “Параметры” oynasini ekranga chaqiring va unda “Сеть и Интернет”“Мобильный хот-спот” bandlari bo‘ylab o‘ting. Bu yerda tarmoq nomi va parol keltirilgan bo‘ladi. Xohishga ko‘ra ularni “Изменить” tugmasini bosgan holda o‘zgartirish mumkin.

. Oyna yuqorisidagi surgichni “Вкл” holatiga o‘tkazing.

Manba: @trojan_anonym

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
• Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views15:50
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:15:03
#learn_english_with_software #smartfon #android

Busuu – ko‘plab xorijiy tillarni amaliy va qulay shaklda o‘zlashtirish uchun mobil ilova.

Busuu v30.0.3.60008530.0.3 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views12:15
Ochish/sharhlash
2023-04-04 06:45:17
#mulohaza_uchun

O‘ZIMIZGA NISBATAN QO‘LLASHNI TO‘XTATISHIMIZ LOZIM BO‘LGAN NARSALAR:

Ichimizdagi salbiy muloqotni to‘xtatish;

O‘zimizni boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatish;

Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni behuda sarflashni to‘xtatish;

O‘zimizga nisbatan g‘azablanishni to‘xtatish;

Zaharli insonlar orasida bo‘lishni to‘xtatish;

Hayotimizni qo‘rquv nazorat qilishini to‘xtatish.

@itspecuz | Mundarija
507 views03:45
Ochish/sharhlash
2023-04-03 16:10:56
#operatsion_tizim #hardware #software

Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish

Agar sizni Windows tomonidan avtomatik ravishda disklarga nisbatan belgilangan harflar qoniqtirmasa yoki ular tizimning qayta o‘rnatilishi/yangilanishidan keyin o‘zgarib qolsa, ularni osongina o‘zgartirishingiz mumkin. Bu qattiq disklarga ham, SSD-disklarga ham (aniqrog‘i, ulardagi bo‘lim (раздел)larga), boshqa USB-saqlash qurilmalariga ham tegishli.

Ushbu ko’rsatmada operatsion tizimning ichki vositalari yordamida Windows'da disk harfini o‘zgartirishning ikki oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi.

Batafsil...

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
941 views13:10
Ochish/sharhlash
2023-04-03 12:31:01 #operatsion_tizim #software

Movavi Screen Recorder - monitor ekranidagi harakatlarni video ko‘rinishida yozib olish hamda butun ekran, tanlangan oyna yoki oynaning bir qismidan skrinshot hosil qilish uchun dastur. Tayyor roliklarni mobil qurilmalar qo‘llab-quvvatlaydigan formatlarga konvertatsiya qilish mumkin. Video yozib olish jarayonida dasturlardagi tovushlar va foydalanuvchi ovozini yozib olish imkoniyati mavjud. Dastur ham oqimli audio manbasidan, ham o‘rnatilgan mikrofondan ovoz yozib olish imkoniyatiga ega.

DASTUR HAQIDA:
Versiya: v21.1.0
OT: Windows
Razryadlik: x86/x64
Interfeys tili: Ruscha
Davolash: Talab etilmaydi

Movavi Screen Recorder v21.1.0 dasturini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
• Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
• Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
• Icecream Screen Recorder Pro kompyuter dasturi
• AZ Screen Recorder mobil ilovasi
• ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.0K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:10:36
#smartfon #android

FBReader Premium — Android bazasidagi qurilmalarda elektron kitoblarni о‘qish uchun eng ommabop ilovalardan biri. Barcha mashhur fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanish uchun qulay. Android 4.4+. Premium-versiya

FBReader Premium v3.1.5 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar:
• WPS Office (Kingsoft Office)
• OfficeSuite Pro + PDF
• Moon+ Reader
• eReader Prestigio
• Librera Reader
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash