Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-03-19 14:56:59 #maslahat #mulohaza_uchun

Kompyuter qarshisida qanday o‘tirish kerak?

Agar ish faoliyatingiz kompyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga eʼtibor qarating. Yo‘qsa, bu umumiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.

• Klaviatura shunday joylashishi kerakki, matn terish uchun qoʻllaringiz yuqoriga koʻtarilmasin. Shu oʻrinda simsiz klaviaturalarning oʻta qulay ekanligini alohida taʼkidlash kerak. Ularni istalgan joyga va oʻzingizga qulay koʻrinishda joylashtirishingiz mumkin. Agar klaviaturani pastroqqa joylashtirish imkoni boʻlmasa, oʻzingiz balandroq kursiga oʻtiring.

• Klaviaturaning ustiga bukchayib olmang, bu tirsakdagi ogʻriqqa sabab boʻladi. Yelkalarni boʻsh qoʻying, boshingizni baland tuting, tirsaklarni ikki yonga qulay joylashtiring.

• Kompyuter sichqonchasi klaviaturaga shunday yaqin boʻlishi kerakki, uni olish uchun choʻzilishga hojat qolmasin.

• Monitor koʻzingiz bilan bir balandlikda yoki undan birozgina pastda boʻlsa yetarli. Iyakni yuqoriga koʻtarib ishlash boʻyin ogʻrigʻiga sabab boʻladi.

Manba: Xabardor.uz

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Kompyuter qarshisida to‘g‘ri o‘tirish qoidasi
• Salomatlik uchun 18 foydali maslahat
• Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim
• Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
• Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
• Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari
• Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
• Internet odoblari
• Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
• Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
• Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi
• Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?
• Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb
• Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?

@itspecuz | Mundarija
844 views11:56
Ochish/sharhlash
2023-03-19 11:10:14 #maslahat #mulohaza_uchun

Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar

Elektron qurilmalar, telefon, televizor, kompyuter va planshetlar zamonaviy odamlar hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Buning oqibatida koʻrish qobiliyati yildan yilga pasayib boradi. Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozim?

. Bosimni kamaytiring

Koʻz mushaklari tanadagi boshqa mushaklar kabi ogʻir bosimga duch keladi, charchaydi va ogʻriydi. Shu sababli ularni charchatib qoʻymaslik uchun bosim darajasini kamaytirish tavsiya etiladi. Kun boʻyi kompyuter qarshisida oʻtirib ishlasangiz, har 30 daqiqada tanaffus qilishni unutmang. Koʻzlaringiz bir necha daqiqaga boʻlsa ham dam olsin. Monitor va smartfon ekranining yorugʻlik darajasini kamaytirib qoʻying, matnni esa kattalashtirib oʻqing.

. Tez-tez kiprik qoqing

Agar odam tez-tez kiprik qoqib turmasa, koʻzning shilliq qavati quruqlikdan aziyat chekadi. Bu esa koʻrish qobiliyatiga salbiy taʼsir qiladi.

. Koʻz uchun mashqlar

Koʻrish qobiliyatini yaxshilovchi mashqlar haddan tashqari koʻp. Ularning qaysi biri sizga koʻproq mos kelishini esa shifokor yordamida aniqlay olasiz. Shuni unutmangki, koʻrish qobiliyatini tiklash uzoq davom etadigan jarayon, shu sababli mashqlarni doimiy ravishda takrorlab turish kerak.

. Taomnoma

Ayrim mahsulotlar koʻzning toʻr pardasidagi qon aylanishi jarayonini yaxshilaydi. Sabzi, chernika, qovoq, lavlagi va koʻkatlar (petrushka, ismaloq, koʻkpiyoz) shular jumlasidandir. Bundan tashqari, koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun baliq, tvorog, mol jigari, tuxum isteʼmoli ham yordam beradi.

. Toʻlaqonli uyqu va kun tartibi

Koʻrish qobiliyatini qayta tiklayotgan bemor har kuni toʻyib uxlashi, eng kamida 8 soat dam olishi kerak.

. Quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynak taqish

Koʻzlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish – ularning salomatligini asrashdagi muhim jihat sanaladi. Mutaxassislar quyoshli kunlarda koʻzoynak taqish shart ekanligini aytishadi.

Manba: Xabardor.uz

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
• Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
• Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
• Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi
• Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?
• Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb
• Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?
• Pul jamgʻarishning ajoyib usuli

@itspecuz | Mundarija
905 views08:10
Ochish/sharhlash
2023-03-19 09:20:20
#smartfon #android

Librera Reader – bu ko‘plab formatlardagi hujjatlarni qo‘llab-quvvatlovchi, o‘qish uchun qulay va oson sozlanuvchi mobil ilova. Android 4.0+. Pro-versiya

Librera Pro v8.4.52 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• WPS Office (Kingsoft Office) mobil ilovasi
• OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
• Moon Reader mobil ilovasi
• eReader Prestigio mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

@itspecuz | Mundarija
930 views06:20
Ochish/sharhlash
2023-03-18 18:35:47 #operatsion_tizim

Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?

Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.

MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.

Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.

Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.

Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.

MemTest86 dasturini yuklab olish.

Manba: @bugfeature

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
Kompyuter dasturlari:
MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset)
• Ventoy
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views15:35
Ochish/sharhlash
2023-03-18 15:05:07
#operatsion_tizim #tarmoq

Windows 10'da noutbukdagi ekran tasvirini Wi-Fi orqali televizorga uzatish

Buning uchun avvalambor televizor va noutbukingizni ishga tushiring va har ikki qurilmada Wi-Fi adapterlari faolligiga ishonch hosil qiling.

Endi Windows 10'da Пуск → Параметры (WIN + I) → Система → Дисплей ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va oynaning katta o‘ng panelining ostidagi “Подключиться к беспроводному дисплею” bandi ustiga bosing.

Televizoringiz modeliga mos ravishda belgilangan nomdagi tarmoqni tanlang, tayyor!

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views12:05
Ochish/sharhlash
2023-03-18 12:30:02
#mulohaza_uchun #game #IT_humor

Og‘riq simulyatsiyasini o‘z ichiga oluvchi VR-qurilmasi, yoxud yangi foydalanuvchilarga sergak bo‘ling...

O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.

@itspecuz | Mundarija
1.0K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 10:31:11 #word #excel #powerpoint #outlook #internet

CTRL + SHIFT + ALT + WIN orqali bajariluvchi kombinatsiyalar

Agar siz Windows 11 yoki 10'dan foydalanayotgan bo‘lib, Microsoft Store'dagi Office ilovasini o‘chirmagan bo‘lsangiz, u holda CTRL + SHIFT + ALT + WIN kombinatsiyasi orqali uni ishga tushirishingiz mumkin.

Shuningdek ofis ilovalarini ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi quyidagi klavishlar birikmalari mavjud:

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + W – Word;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + P – PowerPoint;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + X – Excel;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + O – Outlook;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + T – Teams;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + D – Проводник'dagi OneDrive papkasini ochish;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + N – OneNote;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + L – LinkedIn'ga o‘tish;

. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + Y – Yammer'ga o‘tish.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
391 views07:31
Ochish/sharhlash
2023-03-18 08:01:10
#mulohaza_uchun #axborot_xavfsizligi #texnologiya

Buzilgan microSD xotira kartasidan ma’lumotlarni tiklashning ilg‘or usuli

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
660 views05:01
Ochish/sharhlash
2023-03-17 21:00:02
#mulohaza_uchun #hardware

Xo‘sh sizchi, qaysi usulda katta harflarni kiritishga odatlangansiz?

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

@itspecuz | Mundarija
1.0K views18:00
Ochish/sharhlash
2023-03-17 17:05:14 #word

Word'da so‘nggi qo‘llanilgan harakatni qayta qo‘llash uchun tavsiyalar

Hujjat bilash ishlash paytida ba'zida ma'lum bir harakatni qayta-qayta qo'llashimizga to'g'ri keladi. Word'da buni amalga oshirish bag'oyatda oson.

Tezkor murojaat paneli (Панель быстрого доступа)da bu uchun maxsus “Повторить” buyrug‘i mavjud. U so‘nggi qo‘llanilgan harakatni qayta bajarish imkonini beradi.

Ushbu buyruqni maxsus klavishlar yordamida ham chaqirish mumkin. Bu CTRL + Y klavishlari birikmasi yoki shunchaki F4 klavishini bosish orqali amalga oshiriladi. Bu esa, masalan, jadvalga katta miqdordagi satrlarni qo‘shishda qulaydir.

Manba: @office_killer

Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
393 views14:05
Ochish/sharhlash