Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-02 15:24:00 Qo'lida sariq paket ko'targan manavi bola Eldor Vohidov. U bilan "Kamolot" tashkillashtirgan debatlarda tanishganmiz. Eldor Diplomatiya men Agrar universitet jamoasidan chiqardik.

Dastlab raqiblikdan boshlangan tanishuv vaqt o'tib do'stlikka aylangan. Oradan bir necha yil o'tib esa Eldor bilan Kun.uz'da hamkasb sifatida ham ishladik.

O'z ishiga zo'r ishtiyoq va hafsala bilan yondashardi. Lekin orada nimadir bo'ldi-yu, u saytdagi faoliyatini yakunladi.

Xayrlashayotganimizda magistraturasini o'qigan Koreyaga qaytmoqchiligini aytgandi.

Kecha Eldorning ketish fikridan qaytib, Jizzaxda biznes boshlagani haqida eshitdim. Ham biznes qilay, ham odamlarga manfaatli bo'lsin deya "Tavakkul" nomli kitob do'kon ochibdi.

Do'stimning boshlagan ishlariga omad tilayman. Hali o'zim bormadim, lekin suratlardan do'kon ishida xaridorga sifatli kitob tavsiyasi birinchi o'ringa qo'yilgani ko'rinmoqda.

Jizzaxliklar va Jizzaxga mehmon bo'lganlar Pedagogika universiteti ro'parasidagi kitob do'koniga kirib o'taverasizlar.
910 viewsedited  12:24
Ochish/sharhlash
2022-11-02 13:51:47
Shahar hokimligi Toshkent ko'chalarini suv bosishiga yagona sabab sifatida drenaj tizimidagi barcha kamchiliklarni chetlab o'tib, "odamlarning chiqindini belgilangan joyga tashlamasligi" deya bayonot beribdi.
2.5K views10:51
Ochish/sharhlash
2022-11-02 12:47:16
Sal avval Mubashshir Ahmad domla facebook sahifasi orqali suratdagi yangilikni ulashdi. Yaxshi xabar.

Bugun mana shu keys misolida bir narsaga e'tibor berdim. Tongda domlani organ xodimlari olib ketgani haqida tarmoqlarda yozilarkan, ko'pchilik bu borada xavotirlarini bildirdi. Balki domlaning tezda chiqarib yuborilishiga mana shu xavotir va fikrlar ham sabab bo'lgandir.

Ammo yana bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, u Mubashshir Ahmad domla bo'ladimi yo boshqa vatandoshmi, uyidan, ishxonasidan, ko'chadan  sud-so'roqsiz, ordersiz olib ketilishi mumkinligi xavotiri bizda saqlanib qolmoqda. Bu haqda qancha gapirilmasin u barham topayotgani yo'q.

Bunday vaziyatlarda jamoatchilik sodir etilgan har bir holat uchun ana shunday reaksiya qilaverishi, savollar beraverishi kerak. Toki barcha jarayon qonunlarda yozilgani kabi ishlasin.

Fuqarolik jamiyati degani ana shu.
1.2K views09:47
Ochish/sharhlash
2022-11-02 12:13:53 Azon.uz portali asoschisi Mubashshir Ahmad domla bugun tongda IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani haqida yozishmoqda.

Unga yaqin manbalarga ko'ra, Mubashshir Ahmad ayni paytda Shayxontohur tuman IIBda ushlab turilibdi.

Olib ketilish sababi hozircha ma'lum emas.
1.3K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2022-11-01 17:24:42 Davlatchilikning asosiy belgilaridan biri mamlakat miqyosida umummajburiy qonunlar va uni amalga oshiruvchi kuchlarning bo'lishi, to'g'rimi?

Deylik, davlat "Reklama to'g'risida"gi qonunni yangi tahrirda qabul qildi.

Unga ko'ra, reklamalar davlat tilida bo'lishi kerak. Lekin qonun kuchga kirganiga mana 2 oy bo'lyaptiki, uning ijrosini ko'rayotganimiz yo'q.

Hatto ayrim telekanallarga bu mavzuni ochavermanglar, degan og'zaki topshiriq bo'lgani haqida ham ma'lumotlar bor.

Endi savol: davlat ijrosi masalasida ikkilanar, ortga qaytar ekan, umummajburiy qonunni nega qabul qildi? Yoki qabul qilgan ekan, uni nega umumijro qilmayapti?

Qonun qabul qilinib, lekin ijro qilinmasa, bu umumzaif davlatchilik bo'lib qolmaydimi?
1.4K viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2022-11-01 16:38:26 Shaxsiy ehtiyojlarim yoki uy uchun biror narsa xarid qilishda QR-kod orqali to'lov qilib ketaverardim.

Menga shu qulay edi. Chunki yonimda doim plastik karta yoki naqd pul olib yurolmayman. Ular hech bo'lmaganda, yodimdan chiqib qolishi mumkin.

Afsuski, davlat Soliq qo'mitasi odamlar endigina o'rgana borayotgan elektron to'lov tizimi borasida rivojlanishni orqaga tortuvchi navbatdagi tashabbus bilan chiqibdi. Unga ko'ra, endi Click, Payme, Apelsin kabi to'lov tizimlari orqali QR-koddan foydalanib to'lov qilolmaysiz.

Iqtisodchilar buni elektron savdoni o'ldirish, qaysidir korchalonning yangi xohishlari natijasi va buning uchun hukumatning dastyorligi ham demoqda.

Umuman, bizda hukumat doim tor doiraning chegara bilmas manfaatlari uchun dastyorlik qiladi. Avtomobil monopoliyasi, uy-joy narxlari, elektrotexnika...va mana endi elektron to'lov tizimiga ko'chmoqda bu dastyorlik.

Minilgan esa oddiy xalq bo'lib qolaveradi.

Nahotki, tushumni nazorat qilishning ITga, zamonga moslashgan biror uslubini topolmadi bular?!
1.3K viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2022-10-31 15:10:55 Poytaxt ekologiyasi haqida tanqidiy post, maqola yozgan kishi borki, u shahar hokimligi tomonidan dushmanga, ko'rolmasga chiqarib kelingan. Har holda hokimlik vakillarining Toshkent ekologiyasi uchun jon kuydirgan biror faol bilan do'stona ruhda uchrashgani, muammolarni madaniyatli bir davra qurib muhokama qilgani, yechim uchun intilganini eslolmayman. Masalan, Turdimov, Zoir Mirzayevning jurnalist va blogerlar bilan qiladigan uchrashuvlari kabi.

Poytaxt hokimligi tanqidlarga doim asabiy va kesatiq munosabat bilan javob beradi. Bu kabi munosabatlarni kuzatsangiz, ulardan muammolar haqida hayotda o'rnini topolmagan va nimagadir erishmagan kishilargina gapiradi, muvaffaqiyatli kishilar tanqid qilmaydi, umuman, poytaxtdagi hech bir masalani tanqid qilma, faqat qilingan ishlarni ko'r, hokimga tahsin o'qi, degan fikrlarni anglash mumkin.

Bilmadim, hokimlikning tanqidlarga nisbatan bunday pozitsiyasiga balki uning amaliy ish qilishdan ko'ra osonroq yo'lligi sababdir. Yoki hokim OAV vakillarini shunchalik yomon ko'radi-yu, bu munosabat butun tizim ishiga ko'chib ulgurgan.

Xullas, o'tgan bir necha oy va ayniqsa, 17-oktabr kungi chang bo'ronidan keyin internetning o'zbek segmentida Toshkent ob-havosining inson yashashi uchun xavfli bo'lib borayotgani haqida dunyo reyting tashkilotlariga asoslangan holda ko'plab maqola, postlar yozildi. Ammo hokimlik matbuot xizmati ularning birortasiga tayinli, tahlillarga asoslangan munosabat bermadi.

Berilayotgani hokimlik telegram kanalidagi bugun havo "yaxshi", "ajoyib" mazmunidagi ko'rsatkichlar xolos. Voqelikdan mutlaqo uzilgan ko'rsatkichlar. Ya'ni muammolar shahar hokimligi tomonidan tan olinmadi, olinmayapti, yechimga o'tilmayapti.

Gazeta.uz BMT bosh kotibining iqlim o'zgarishlari bo'yicha sobiq maslahatchisi, 2007-yilda tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Rae Kvon Chungdan Toshkent havosi haqida intervyu olibdi.  U esa "Toshkentga kelgan kunim (24-oktyabr) baxtimga yomg‘ir yog‘ayotgan ekan, havo juda toza edi. Lekin yomg‘ir tingach, haqiqatan havoning iflosligi, nafas olib bo‘lmasligini sezdim. Shaxsiy mashinalarning ko‘pligi, ulardan chiqayotgan zaharli tutun tufayli shahar havosi me'yoridan-da yomonlashib bormoqda. Aynan shular ham Toshkent havosining ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Qandaydir yechimini albatta, topish shart", — deya fikrlarini bildirgan.

Rae Kvon Chung shuningdek, muammoga yechim sifatida shaharda jamoat transportini rivojlantirishni taklif qilyapti.

Endi kutyapman, bugun maqola chiqqach hokimlik BMT bosh kotibining sobiq maslahatchisiga ham bloger va jurnalistlarga bo'lgani kabi asabiy, kesatiq bilan javob qaytararmikin yoki va nihoyat muammolar haqida o'ylashni boshlaydimi?

Umuman, Toshkentning ekologik muammolari bo'yicha amaliy ishlar boshlanishi uchun u haqda yana qanday shaxslar, qanday minbarlardan turib gapirishi kerak ekan?

@haqiqatdaIlyos
1.5K viewsedited  12:10
Ochish/sharhlash
2022-10-29 17:00:01 Кузнинг ёмғирли ҳавосида иссиқ чой билан сифатли телеграм каналларни кузатишга нима етсин? Ўзим кузатиб борадиган энг сара телеграм каналларни тавсия қилмоқчиман!

@xatoliklar — ўзбек тили жонкуяри, таржимон, муҳаррир, копирайтер, «Тўғри копирайтинг» курси муаллифининг матнлар билан ишлашга оид блоги.

@GeoSiyosatuz - Геосиёсий майдондаги энг сара мақолалар, янгиликлар, статистикалар бериб боради.

@GeoPolitico - Сиёсатни тушуниш учун сиёсатшуносликда ўқиш шарт эмас. Яхши сиёсий канални кузатиб боришнинг ўзи етарли. Сифатли ва саноқли сиёсий каналлардан бири.

@KamoliddinRabbimov_rasmiy  - замонавий ўзбек сиёсатшунослик соҳасининг асосчиларидан бири, етук мутахассис Камолиддин Раббимовнинг расмий телеграм саҳифаси.

@OrifTolib – ижодкор, тил амалиётчиси Ориф Толиб саҳифаси. Канал – тил ва имло борасида катта хазина. Саҳифани мунтазам кузатиб борсангиз, билимларингиз ўз-ўзидан ортаверади.

@HamidSodiquz  -  сиёсатшунос, ҳуқуқшунослик соҳаси мутахассиси Ҳамид Содиқнинг расмий телеграм саҳифаси.

@haqiqatdaIlyos  -  Kun.uz мухбири Илёс Сафаровнинг шахсий телеграм канали. Канал орқали журналист фаолияти, унинг жамият ҳаётидаги долзарб мавзуларда қилган интервьюлари, шунингдек, ўзбек тили ҳамда экологик муаммолар борасидаги таҳлилий фикрлари билан танишиб боришингиз мумкин.
2.6K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-10-27 12:32:31
Журналист ОАВни Ўзбекистоннинг экологик муаммоларига қарши бирлашишга чақирди

Kun.uz мухбири Илёс Сафаров сўнгги йилларда Тошкент шаҳри экологиясининг инқироз ёқасига келиб қолганини билдириб, журналистларни бу муаммоларга қарши бирлашишга, баҳамжиҳат ҳаракат қилишга чақирди. Буни сенатор Фарҳод Боқиев қўллаб-қувватлади.

https://kun.uz/45641016

Kun.uz расмий канали
2.5K views09:32
Ochish/sharhlash
2022-10-27 11:50:33 Xolislik uchun Til departamenti bergan quyidagi munosabatni ham yoritish vazifamiz.

Tashkilot matbuot xizmati G'afur G'ulom bog'ining nomi xorijiy tildagi yangi nomga o'zgarishi atrofida bildirilgan e'tirozlarga javob beribdi.

Rasmiy munosabat

XAVOTIR VA MUNOZARAGA ASOS YO‘Q

Joriy yilning 26-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo‘lim mudiri U.Mahmudov va Toshkent shahar hokimligidan hokim o‘rinbosari A.Xen, hokimning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev hamda Toponimika bo‘limi boshlig‘i A.Djabbarov ishtirokida Singapurning “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasi rahbari O.Mirzajonov va o‘rinbosari Z.Mirzaulukov bilan poytaxtimizda joylashgan G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i nomi o‘zgarishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tadbirkor-investor bog‘ning nomi o‘zgarmasligini, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini hurmat qilishini, bog‘ning nomini o‘zgartirishga hech qanday xohishi yo‘qligini ta’kidladi.
“Dream Park” va “Orzular bog‘i” kabi nomdan faqat savdo belgisi sifatida foydalanishini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkor-investorga “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti,

Toshkent shahar hokimligi.
2.6K viewsedited  08:50
Ochish/sharhlash