Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-09-22 15:39:24
O'zi cho'qqilarimizdagi yozuvlarning tili masalasi juda chatoqqa o'xshaydi.

Yuqoridagi postdan keyin mana bu suratni yuborishdi. Aytishlaricha, Toshkent viloyatida olingan.

Qani ko'raylikchi, Zoir Mirzayevning til bo'yicha maslahatchisi qanchalik e'tiborli ekan.

*Bizku, ko'rgan holatlarimizni yozyapmiz, lekin shu ishlarni tizimli tashkil qilmayotgan Davlat tili departamentiga yana bitta uyat.

@haqiqatdaIlyos
1.9K views12:39
Ochish/sharhlash
2022-09-22 15:21:41
1.4K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-09-22 15:21:38 O'quvchilardan qiziq bir ma'lumot keldi. Unga ko'ra, yuqorida yozganim Shahrisabz tumanida joylashgan Hazrati Sulton cho'qqisi O‘zbekistonning eng baland cho‘qqisi emas ekan.

Ma'lumotni o'qib, iye, O'zbekistonning eng baland cho'qqisi  - Hazrati Sulton deb o'qigandik, buyog'i qanday bo'ldi, deyapsizmi?

Men ham boshida nahotki, bizni xato ma'lumot bilan o'qitishgan, deya hayron bo'lgandim.

Yo'q, aslida, O'zbekistonning eng baland cho'qqisi Hazrati Sulton ekanligi aniq, faqat u boshqa joydagi - Surxondaryo viloyatidagi Hazrati Sulton ekan. Mana o'qing:

O'zbekistondagi eng baland cho‘qqi Surxondaryo viloyati va Tojikiston respublikasi chegarasida joylashgan bo‘lib, u ham Hazrati Sulton deb ataladi (lekin rasmiy nomi yo'q).
Uning balandligi 4,643 m.

Bu cho‘qqiga chiqish o‘ta murakkab ish. Ancha avval faqat professional alpinistlar Tojikiston tomondan bu cho'qqiga chiqib ko‘rishgan ekan.

Juda ko‘p manbalarda Shahrisabzda (4,065 m) va  Surxondaryo viloyatida (4,643 m) joylashgan Hazrat Sulton cho‘qqilarini chalkashtirib yoki adashtirib yozishgan.

Shunaqa gaplar. Yuqoridagi postni sal o'zgartirdim. Qashqadaryodan yuborilgan suratda ko'rsatilgan metrlar uchun esa meni so'kmang, ularga men yozib bermaganman)

@haqiqatdaIlyos
1.3K viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2022-09-22 14:30:52 Chaqiruv xati, ikki fuqarolik, deportatsiya xavfi va chipta narxlari – migrantlar hozir qanday yo'l tutishi kerak?

Mahkumlar va migrantlarning xususiy harbiy kompaniyalar orqali urushga jalb qilinayotgani, shuningdek, kecha prezident Putinning qisman harbiy safarbarlik e'lon qilishi ortidan Rossiyada ishlayotgan migrantlarda turli xavotirlar kuchaygan.

Ularni hozir Rossiyada qolish qanchalik to‘g‘ri yo‘l ekani va urushga chaqiruv kelganda nimalar qilish kerakligi haqidagi savollar o‘ylantirmoqda.

O‘zbekistonlik migrantlarni ayni kunlarda eng ko‘p qiziqtirayotgan savollar bilan Rossiyada migrantlari huquqlari bo‘yicha yurist Botirjon Shermuhammad bilan intervyu o'tkazdik.





@haqiqatdaIlyos
1.1K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-09-22 13:39:35 Avvalroq Hazrati Sulton cho'qqisida o'rnatilgan peshlavha o'zbek tilida emasligi haqida post yozgandim.

Qashqadaryo viloyati hokimining Davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi Ziyoda Aminova postdagi takliflardan kelib chiqib qilingan ishlar haqida ma'lumot yubordi.

Ma'lumot va unga ilova qilingan suratlarga ko'ra, cho'qqiga o'rnatilgan yangi peshlavha chindan, o'zbek tilida tayyorlangan. Shuningdek, undagi ma'lumotlar sayyohlarga qulaylik uchun ingliz va rus tillariga ham tarjima qilinibdi.

"Ishni viloyat hokimligi, Ma'naviyat va Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Turizm vazirligi bilan birga tashkil qildik.

Siz xo'sh, nega shuncha vaqt o'tib, deyishingiz mumkin. Gap shundaki, eng baland cho‘qqiga chiqish siz va biz o‘ylagandek bir yoki ikki kunlik ish emas ekan. Qor tushdi va biz uning erishini kutdik. Xullas, xayrli ishning erta kechi yo‘q, muhimi, ko‘ngildagidek amalga oshirilganida", – deydi Ziyoda Aminova.

O'z o'rnida men ham murojaatga befarq bo'lmagan mas'ullarga rahmat deyman.

Hazrati Sulton mana endi o'zbekning cho'qqisi bo'ldi.

@haqiqatdaIlyos
1.3K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2022-09-22 13:39:29
Ruminiyaning O'zbekistondagi elchisi Daniel Kristian Chobanu o'zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan o'zbek tilida tabriklabdi. Bu haqda Turizm va madaniy me'ros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev facebook sahifasi orqali xabar…
1.2K views10:39
Ochish/sharhlash
2022-09-22 08:12:23 Oq poshshoning askarlari o‘rtasidan ola chiqib: “Urushmaymiz, urushsa poshsho bilan vazirlar urusha bersin”, deb turgan emish.

@haqiqatdaIlyos
4.3K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2022-09-21 19:30:44 “Urush, sanksiyalar va safarbarlik” – Rossiyani endi nimalar kutmoqda?

Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushida kutilgan ssenariylarning haqiqatga eng yaqini sodir bo‘ldi - Putin Rossiyada harbiy safarbarlik e'lon qildi. Endilikda Rossiya zaxiradan 300 ming kishini urushga tashlamoqda.

Rossiyaliklarning safarbarlik e'lon qilinishiga munosabati, mehnat muhojirlari uchun paydo bo‘lgan tahdidlar, rejalashtirilayotgan referendum, safarbarlikning urushga ta'siri va g‘arbning bunga javob reaksiyasi qanday bo‘lishi borasidagi savollar yuzasidan siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlashdik.





@haqiqatdaIlyos
1.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-09-20 21:24:15
Mengacha bu suratlarni tarmoqqa joylab, izoh ham yozib bo'lishgan ekan. Men esa yig'ilishning o'zbek tiliga oid qismi haqida yozmoqchiman.

Bugun shu davrada bo'lgan insonlarning takliflaridan kelib chiqqan holda "Aksu"ning taomnomasi va nihoyat, o'zbek tiliga o'giriladigan bo'ldi.

Restoran menejeri Alisher aka Tursunovning va'da berishicha, bir oy ichida "Aksu" mehmonlari o'zbek tilidagi taomnomadan buyurtma qilishlari mumkin.

Kelgan joyda nimadir iz qoldiraylik dedik.

*Vaholanki, biz bu bo'yicha qonun qabul qildik, lekin ijro talabini mas'ul organlardan hali ko'rayotganimiz yo'q.

@haqiqatdaIlyos
1.4K views18:24
Ochish/sharhlash
2022-09-20 18:22:06 ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ

Бирин-кетин очиқланаётган қонунлардаги ўзгаришларга кўра, энди Россия фуқаролигини 1 йилдан ортиқ Россияда ёлланма ҳарбий бўлиб, хизмат қилганларга беришмоқчи. Яъни, Россия идораларининг бирортаси таркибида бир йилдан ортиқ хизмат қилсангиз, фуқаролик таклиф қилишмоқда.

Бу ҳақида қонун Госдумада уч муҳокамадан ўтган. Агар сенат маъқуллаб, президент имзо қўйса, қонун кучга киради. Ҳозирча 20.09.2022 йил ҳолатига кўра кучга киргани йўқ.

Шу ўринда эслатиб қўймоқчиман:

Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ЖКнинг 154.1-моддасига кўра Чет давлатларнинг ҳарбий хизматига, хавфсизлик, полиция, ҳарбий адлия органлари ёки шунга ўхшаш бошқа органларига хизматга кириш, ёллангани учун 3 йилдан 5 йилгача озодликни чеклаш ёки озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади. Бундан ташқари Ёлланиш учун ҳам ЖКнинг 154 моддаси бор.Ёлланма аскар бўлганлар 7 йилдан 12 йилгача озодликдан маҳрум этилади.
Тожикистон Республикаси фуқароси бўлсангиз Тожикистон ЖКнинг 401.1 моддасига кўра 12 йилдан 20 йилгача қамоқ жазосига тортиласиз.
Қирғизистон Республикаси фуқаролари Қирғизистон ЖКнинг 416 моддасига кўра 7 йилдан 15 йилгача қамоқ жазосига тортилади.
Қозоғистон ЖКсининг 162.1 моддасига кўра Қозоғистон фуқаролари 7 йилгача озодликдан маҳрум этилади.

Шунинг учун Сахаровода Москва мэри тарафидан эълон қилинган ҳарбий хизматга ёлланиш пунктларини 700 метр наридан АЙЛАНИБ ЎТИНГ, У ЕРГА ЯҚИНЛАШМАНГ.

Жудаям хунук ва бошқа давлатларга нисбатан ҳурматсизлик шаклида ташкил этилаётган ушбу пункт бежизга айнан Сахаровода йўлга қўйилмаяпти. Сахаровога оддий мигрантлар келади. Асосан патент учун келади.

Ҳали қабул қилинмаган қонун учун аллақачон ёлланма аскарларни расмийлаштирадиган инфратузилмани ташкил этиш очиқдан очиқ урушга тарғибот саналади.

ЭНГ МУҲИМИ - ФУҚАРОЛИКНИ ТАКЛИФ ЭТИШ, ФУҚАРОЛИКНИ БЕРИШНИ КАФОЛАТЛАЙМИЗ ДЕГАНИ ЭМАС. ХИЗМАТ ҚИЛИБ ТИРИК ҚАЙТГАНЛАР ФУҚАРОЛИКНИ ОЛАДИ, ДЕБ КАФОЛАТ БЕРМАЯПТИ ҲЕЧ КИМ.

Кафолат берганда қонунга кафолатли равишда фуқароликни бериш, деб ўзгартириш киритишни таклиф қилар эди.

Илтимос, постни иложи борича барча мигрантлар гуруҳларида тарқатишворинг. Мани номимдан тарқатишга тортинсангиз ўзингизни номингиздан тарқатишга рухсат бераман. Бемалол. Мақсад битта - алданиб, ёлланиб кетишликни олдини олиш.

@zarnigor1
814 views15:22
Ochish/sharhlash