Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2022-07-01 22:19:24 Qoraqalpog'istondagi vaziyat rivoji zo'ravonlik va qon to'kilishiga qadar bormasligi, namoyishga chiqqanlar hamda hukumat o'zaro murosaga kelishiga umid qilaman.

Qoraqalpoq eli bilan et-u tirnoqdekmiz va bizlarni ajratish mumkin emas. Bu – masalaning birinchi jihati.

Ikkinchi tarafdan, bugungi namoyishlar ortidan tabiiy savol tug'iladi: Vaziyat Ichki ishlar vazirligi tomonidan nukuslik fuqarolarning noqonuniy namoyishga chiqishi, konstitutsiyaviy islohotlarning odamlar orasida noto'g'ri talqin qilinishi, deya malakalandi.

Yaxshi, lekin nega mas'ullar deyarli bir haftadan buyon pishib kelayotgan shu vaziyatga yarasha to'g'ri, xolis va tezkor axborot chiqarish, o'rtadagi noaniqlik bulutlarini tarqatish yo'lidan borishmadi?

Nukusda nimadir bo'layotgani, kutilayotganini bilib, xis qilib turdikku.

Bugungi namoyishlar "Oshkora qotillik qissasi"dagi kabi hamma ko'rib turgan lekin qarshi chora ko'rilmagan kayfiyatning cho'qqisi bo'lmadimi?

Qayerda edi islohotlarni zimmasiga olgan, yagona vakolatli organ - Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari?

Eshitgan bo'lsangiz, bugun namoyishga chiqqanlar "Respublikamizni viloyatga aylantirishmoqchi", "bayroq, gerbimizni taqiqlashmoqchi", deya hayqirishdi.

Xo'sh, bu yolg'on axborot ekani, provokatsiyadan boshqa narsa emasligi haqida odamlarga nega yetarli ma'lumotlar berilmadi?

Afsuski, buning o'rniga OAVni, xolis axborotni va internetni cheklash chorasini ko'rgandek bo'ldik. Afsuski, yechim sifatida yana o'sha samarasiz usulga to'xtalindi.

Fikrimcha, bugungi holatda shu samarasiz tanlovning ham o'rni bordek.

O'rtoqlar, OAV mamlakatga dushman emas. Biz ham tinchlikni xohlaymiz. Biz ham va'da qilinayotgan islohotlar haqiqatda amalga oshishini kutamiz. Bu yo'lda yetkanicha yordam qo'lini cho'zmoqchimiz.

Lekin OAV oldidagi qandaydir taqiqlar doim shu islohotlar yo'lida muammolarni keltirib chiqaraveradi. Cho'zilgan qo'llar havoda qolaveradi.

Buni qachon sezasizlar a?

@haqiqatdaIlyos
2.3K viewsedited  19:19
Ochish/sharhlash
2022-07-01 19:38:48 Ichki ishlar vazirligi Nukus shahrida fuqarolarning noqonuniy namoyishlari yuzasidan ma'lumot berdi

"Joriy yilning 1-iyul kuni soat taxminan 15.00 lardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar, respublikamizda amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilishlari oqibatida, kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirishgan.

Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibini buzilishini oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

Hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari va barcha murojaatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

@haqiqatdaIlyos
1.6K viewsedited  16:38
Ochish/sharhlash
2022-07-01 17:14:27
O'zbek va qoraqalpoq – katta bir daraxtning bir-biriga yaqin bo'lgan novdalari. Bir aka-uka, og'a-inining farzandlari.

She'r O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Qo'chqor Norqobil tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida bugun o'tgan tadbirlardan birida o'qilgan.

@haqiqatdaIlyos
4.0K viewsedited  14:14
Ochish/sharhlash
2022-07-01 17:06:46 Konstitusiyamizning 70-75 moddalarini o‘zgartirish taklifi, ba'zi qoraqalpoq do‘stlarimizda – qardoshlarimizda ma'lum xavotirlarga sabab bo‘libdi.

Men har doim mintaqada integratsiya, birlashuv tarafdori bo‘lganman.

O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan, qolaversa, Ozarbayjon va Turkiya bilan strategik yaqinlashuvi, ittifoqchiligi, birligi tarafdori bo‘lganman! Bundan keyin, biz parchalanish emas, birlashish yo‘lidan ketishimiz kerak!
*
O‘zbekistonni davlat tuzulmasi, sobiq SSSR davrida, ongli ravishda ziddiyatlar bilan rasmiylashtirilgan edi. O‘zbekiston, o‘zbeklar tarixda hech qachon qoraqalpoq jigarlarimizga jabr-zulm qilmagan. Aksincha, tarixda qoraqalpoq jigarlarimizning ajdodlariga jabr-zulm bo‘lganda, xorazm xonlari bu jigarlarimizni asrab qolishgan edi.
*
Bugun ham O‘zbekiston qoraqalpoq jigarlarimiz o‘zligini saqlab, rivojlantirish yo‘lidan ketayapti. Biz, bir bir millat, bir davlatmiz! Taklif qilinayotgan o‘zgarish – ushbu bir xalqni, qardoshlikni, jondoshlikni orasiga rahna solishi mumkin bo‘lgan tashqi kuchlarga fitnalar uchun imkon bermaslik niyatida bo‘layapti. O‘zbekiston qoraqalpoq o‘zligiga, tiliga va madaniyatiga bosim qilmagan va qilish niyati ham yo‘q!
*
Post-sovet hududida bo‘layotgan provokasiyalarni ko‘rib turib, bu masalada birligimizga qarshi bo‘lgan tashqi kuchlarga imkon bermaslik kerak. Asossiz xavotir olayotgan qardoshlarimizga murojaatim shuki, globallashgan dunyoda, O‘zbekiston qoraqalpoq o‘zligiga, tili va madaniyatiga bo‘lgan hurmat-ehtirom, faqat oshib boradi.

Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos.

@haqiqatdaIlyos
1.4K viewsedited  14:06
Ochish/sharhlash
2022-07-01 14:56:54 Muxolifat haqida


Jomboy tumanidagi o’zim tug'ilib o'sgan mahallada Sadir ismli kishi yashaydi.

Akaning mayda-chuyda sotadigan kichik do'konchasi bor. Shu do'kon orqasidan keladigan daromad bilan ro'zg'or tebratadi.

3 yil avval Sadir akaning katta o'g'li Green card yutib Amerikaga ketgandi. U yuborgan puldan uyini yoniga bo'z tortib, baliqxona ochgach, hozir daromadi yanada yaxshilangan (ayrim manbalarga ko'ra, Sadir aka yaqinda Lacetti ham olmoqchi ekan).

Sadir aka — tabiatan haqiqatparvar odam, adolatsizlikni xushlamaydi. Mahallada bola puli kimga noqonuniy ajratilgan, kim raisga qancha pora bergan, nega uyidagi bir telejka so'tasini tozalashga yordam bergan, kim qaysi daftarga qaysi yo'l bilan kirib qolgan, raisning kotibasi qanday shubhali ishlar qilyapti — hammasi haqida u kishi orqali xabar topib turamiz.

Mahalla idoramiz rasmiylari ham Sadir akadan o'lguday qo'rqadi (balki hurmat qilar, har holda oqsoqol ham, kotiba ham, mahalla ma’naviyatiga javobgar opayam Sadirjon, deya hurmat bilan gaplashadi-da).

Xullas, Sadir aka orqali mahalladagi uncha-muncha kriminal ishlar issiq izida fosh qilib turiladi. Buning natijasi o'laroq, so'nggi yillarda mahallako'mning bola pulidan foiz olishi, shonli hokimiyatimiz tomonidan yordamga muhtojlar uchun yuborilgan mahsulotlarning yarmi yo'qolib qolaverishi kabi ishlar ancha kamaydi (anov kuni qo'shni qishloqning ko'cha boshisi bo'lgan opa shu qishloqdagi To'lqin akani xotinidan bola puliga qo'shdiraman, deya 300 ming olganini aytmaganda, rostan kamaydi-da).

(Shu gaplar bilan Sadir aka haqidagi postni yakunlamoqchi edim, lekin qarasam, sarlavhaga muxolifat so'zini kiritib qo'ygan ekanman, demak, uniyam ishlatib nimadir yozishim kerak).

Muxolifat so'zini eshitsam, negadir Sadir akani eslayman. Chunki u mahallamiz rasmiylariga muxolif bo’lib, tanqid, taftish qilib turmaganda, shuncha ishlar ochilmasdi. Mahalla ham to‘g’ri, tartibli ishlamagan bo’lardi.

Bugun odamlar ham mahallani Sadir akasiz tasavvur qilolmaydi. Ya’ni mahalla uning rasmiylari va shu rasmiylarga muxolif bo’lgan Sadir aka bilan qiziq, adolatli, to’liq.

Odamlar bugun yaxshi biladi, Sadir aka va unga o’xshab achchiq gapirib, qishloq uchun o’zini qurbon qilib yashovchilar bo’lmasa, mahallada yana kriminal ildiz otishi mumkin.

Har bir qishloq, har bir jamiyatning o’z Sadirlari bo’lgani ma’qul, bo'lishi shart men sizga aytsam.

@haqiqatdaIlyos
2.5K viewsedited  11:56
Ochish/sharhlash
2022-07-01 09:55:12 Ayni kunlarda O‘zbekistondagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari og‘ir ahvolda olib kelinayotgan bemorlar bilan to‘lib toshgan. Ular o‘zining tarvuz, qovun, handalak, pomidor yoki bodringdan zaharlangani haqida aytadi.

Ammo bu yerda gap shunchaki eski mahsulotni iste’mol qilib qo‘yishda emas. Gap dehqonlar tomonidan mahsulotni yetishtirish davomida unga selitra yoki zaharli preparatlarning haddan tashqari ko‘p solinayotganida.

Bugun bozorda biror poliz mahsuloti yo‘qki, u mineral o‘g‘it va preparatlarga to‘yinmagan bo‘lsa. Soha juda xavfli darajada nazoratsiz ishlamoqda.





@haqiqatdaIlyos
2.3K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-06-29 21:02:47 Ertadan oliy ta'lim vazirligining tarmoqlardagi barcha sahifalari lotin yozuvida yuritiladi

Bugun oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Maqsad – jurnalistlarning sohaga oid takliflarini olish, kelgusida e'tibor qaratish kerak bo'lgan yo'nalishlar haqida fikrlashish.

Uchrashuv norasmiy maqomida o'tgani uchun barcha tafsilotlarga to'xtalib o'tirmayman. Ammo undagi bir yangilikni sizlar bilan bo'lishmasam ham bo'lmaydi.

Xullas, uchrashuvda sohani yaxshilash bo'yicha taklif so'ragan vazirga shu vazirlikning tarmoqlardagi sahifalari hamon kirill yozuvida yuritilayotgani, bu esa islohotchi deya umid bildirilayotgan vazirga ham, sohaga ham yarashmasligi bo'yicha e'tirozlarimni bildirdim.

Tan olish kerak, Abduqodir Toshqulov tanqid va takliflarga ochiq rahbar. U e'tirozimni tinglarkan, matbuot kotibi Mo'min Ibodovga ertadanoq vazirlik sahifalarini lotin yozuviga o'tkazish bo'yicha topshiriq berdi.

Qarang, masala shu bir dialogda hal bo'lib ketarkan-u, unga shu paytgacha hech kim e'tibor qaratmagan. Lekin mayli, hechdan ko'ra kech, deyishadi.

Muhimi, bugun berilgan va'da ijrosiga aytilgan vaqtda kirishilishi.

Yozuv islohoti yo'lida sezilarli qadam, kanaldoshlar, .

@haqiqatdaIlyos
6.0K viewsedited  18:02
Ochish/sharhlash
2022-06-29 06:29:42 Joriy yilgi qabuldan 5 yillik stajga ega o‘rta ma’lumotli xotin-qizlarga OTMga kirishda 500 ta kvota ajratilishi belgilangandi.

Ana shu qaror ijrosi bo'yicha joylarda ayrim tushunmovchiliklar kelib chiqayotgan ko'rinadi. Menga yozishlari bo'yicha, hujjat qabul qilayotgan hokimliklar maktablarda o'n yillab "Kamolot" va yoshlar ittifoqi yetakchisi vazifasida ishlagan xotin-qizlarning hujjatlarini "to'g'ri kelmaydi", deya qabul qilmayotgan ekan.

Qarorga mas'ul idoralar vakillari shu masalaga aniqlik kiritib bersa yaxshi bo'lardi. Har holda yuzlab taqdirlar yuzlashayotgan noaniqlik bu.

@haqiqatdaIlyos
1.3K viewsedited  03:29
Ochish/sharhlash
2022-06-29 00:55:03
1.5K views21:55
Ochish/sharhlash
2022-06-29 00:53:43 2019-yil mart oyi edi.

Professor Ibrohim Haqqul bilan bir necha iltimoslardan keyin mana shu suhbatni yozib oldik.

Suhbat shunchalik qiziq va ayni paytda keskin o'tdiki, adabiyotshunos unda o'zbek jamiyatining eng og'riqli dardlarini gapirib, shu dardlarga o'z malhamlarini ham taklif qilgandi.

Ammo Ibrohim aka shu gapirganlaridan o'zi ham biroz xavotirga tushganmi, suhbatdan keyin uyiga borib aytgan ilk so'zi "Kun.uz'ga bir intervyu berdim, chiqsa, yo bor bo'laman yo yo'q bo'laman", - deyish bo'lgan ekan.

Yo'q, shukrki, hech nima bo'lmadi. Suhbat o'sha paytdagi ochiqlik sharofati bilan, biror qisqartirish va qarshiliksiz e'lon qilingan. Adabiyot muxlislari ham intervyuni katta qiziqish bilan kutib oldi.

Men esa undan yuqorida ham yozganimdek, adabiy suhbatlar, umuman, suhbatlar uchun o'ziga xos "planka" belgilab oldim.

Bu keyingi faoliyatim uchun kuchli bosim ham edi. Katta shaxsiyat - Ibrohim Haqqul bosimi.

Shu bosim meni adabiy suhbatlarni doim o'ylab uyushtirishga, katta natijani maqsad qilib, unga oylab tayyorgarlik ko'rish va boshlangan qator darajasini tushirmaslikka undab turadi.

Shu bosim menga bir qator yozuvchi va shoirlar "biz bilan ham suhbat qiling", – deya qo'ng'iroq qilganida, "yo'q", - deya olishga kuch va ma'naviy haq ham bergandek.

"Ibrohim aka bilan bo'lgan suhbat darajasiga yaqinlashmas ekan, qilib nima qildim", - deyman o'zimga.

Ibrohim Haqqul men uchun ana shunday daraja, ana shunday shaxsiyat edi. Uning vafoti xalqimiz, adabiyotimiz uchun katta yo'qotish.

Suratda esa olim o'z uyida oila a'zolari uchun so'nggi bor ovqat pishirib bermoqda.

@haqiqatdaIlyos
1.5K viewsedited  21:53
Ochish/sharhlash