Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-08-28 06:45:37
366 views03:45
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:45:34 Ron Uizli “ikkinchi sort” odami

“Garri Potter” asarini o‘qigan, kinosini ko‘rgan odam biladiki, Ron hech qachon o‘zidan qoniqmagan sifatida gavdalanadi. Buning sababi nimada? Bittagina o‘zi tomonidan gapirilgan gap u nima uchun o‘zidan qoniqmasligi, mukammal bo‘lishga intilishi ochib berilgan:

“Beshta akam bor. Men oltinchiman. Endi men ham ular kabi zo‘r bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishim kerak. Bill maktabning eng yaxshi o‘quvchisi edi, Charli kviddich o‘ynar va sardorlik bog‘ichi unda edi. Persi esa sinf sardori, Fred va Jorj shumliklar qilsa ham ularning baholari yaxshi, barcha ularni yaxshi ko‘radi. Endi esa hamma mendan ulardek eng yaxshilardan bo‘lishimni kutishadi. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham hech narsa o‘zgarmaydi, axir men eng kichigiman. Demak, men ulardan ham yaxshiroq bo‘lishim kerak, bu qo‘limdan kelmaydi deb o‘ylayman”.

Oxirgi jumlaga e’tibor bersangiz, Ronda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik yuqori. Chunki unga onasi akalarini o‘rnak qilib ko‘rsataverganidan, u o‘zini “ikkinchi sort” odami deb his qila boshlagan. U akalaridek, balki ulardan yaxshiroq bo‘lish uchun harakat qilishni hayotdagi maqsad deb o‘ylaydi. O‘zi bo‘lib qolishni unutadi. Kamiga yonidagi Germiona barcha fanlarda undan yaxshiroq o‘qiydi, Garri esa kundan-kunga mashhurroq bo‘lib boradi. Ronga bu ham bosim beradi. Shu tariqa u o‘zligini unutadi.

Juda ko‘p insonlarda o‘zini “ikkinchi sort” odami deb hisoblashni kuzatishimiz mumkin. Yaqinlari ularga boshqalarni o‘rnak qiladi, ulardek bo‘lish talabini qo‘yadi, taqqoslayveradi. Natijada, inson o‘zidan qoniqmay qo‘yadi. Bu fojia.

Ota-onalar farzandlariga o‘zlari bo‘lishiga qo‘yib berishi kerak. Kimdandir o‘tib ketish talabi, kimnidir o‘rnak qilishi bolaga yomon ta’sir qiladi. U hayotda musobaqalashishga harakat qilib, umrini bekorga sarflaydi. O‘zidan qoniqmay qo‘yadi. Rouling Ron Uizli misolida shunday insonlarga murojaat qilgandek, go‘yo.

bookipediya
403 views03:45
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:21:10
Qozog‘iston prezidentining Bokuga tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o‘zaro muloqotda rus tilida so‘zlashishdan voz kechishdi

@kunonline
628 views09:21
Ochish/sharhlash
2022-08-26 21:59:27 Qo'shni va atrof davlatlar tabrigini o'qib esga tushdi, Ukrainani tabrikladikmi yo shunchalik duxni berdikmi?
860 viewsedited  18:59
Ochish/sharhlash
2022-08-26 21:50:53 Bir obunachim "Aloqabank"ning Toshkent shahar filialida mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlarning aksariyati o'zbek tilida emasligidan nolimoqda. Masalan, bankka kelgan mijozlarga onlayn navbati haqida videoda eshitilgani kabi faqat rus tilida ma'lumot berilayotgan…
811 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-08-26 20:02:12 Abduvohidov va Kamalovning ishdan olinishi: o‘zgarishlar nimalarga ishora?

Kecha prezidentning ijtimoiy sohalar bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ishdan olingan bo‘lsa, bugun Qoraqalpog‘iston rahbari Murat Kamalov iste'foga chiqarildi.

Kun.uz muxbiri bu kadr o‘zgarishlarida e'tibor qaratish kerak bo‘lgan nuqtalar, paydo bo‘layotgan savollarni siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Hamid Sodiq ishtirokida muhokama qildi.

Intervyuni ko'rish:



@haqiqatdaIlyos
1.8K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:23:49 Murat Kamalov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimidan ozod etildi.

Bu lavozimga endilikda Amanbay Tleubaevich Orinbaev nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
909 viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2022-08-26 06:55:29 Abduvohidovning ketishi ko'p kutilgan ekan shekilli-da, yoshlar masalasidan tortib, ta'lim, madaniyat vakillarigacha yangi maslahatchini "xushxabar" bilan tabriklayapti.

Umid qilamanki, bu shaxslarga qaratilgan emas, tizimli o'zgarishlarning davomi.

Yanayam administratsiya emas, parlament va ijro hokimiyati kuchaysa, sud tizimi erkinlashsa, ko'proq xursand bo'lardik. Davlatchilik uchun ham shu foydaliroq.
381 viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:52:38 Tarmoqlarda bu yil testga kirgan abituriyentlarning 50 foizdan ortiqrog'i o'tish ballining eng quyi nuqtasi – 56.7 ballniyam yig'olmagani ko'plab muhokama va hayratlarga sabab bo'lyapti.

Meni esa bu holatda ko'proq jamoatchilikning hayrati hayron qoldiryapti.

Nima, biz bilmasmidik ta'limning bugungi ahvolini, uning botib qolgan botqog'ini? Bilmasmidik, maktabda o'qiyotgan yoki uni bitirayotgan yoshlar hatto bir bet diktantni xatosiz yozish malakasiga ega bo'lmay chiqayotganini?!

Ha, bu ayblov barcha o'quvchilarga birdek tegishli emasdir, bor, bilimli, dunyoqarashi keng o'quvchilar. Lekin bunday o'quvchilar ko'rsatkichi maktablarni har yili tamomlayotgan 600 minglab yoshlarga hisoblaganda, necha foizni tashkil qiladi?

Bugun ta'limni botqoqqa botirgan sabablar va uni qanday qilib shu botqoqdan chiqarish mumkinligi haqida sobiq "Kamolot" YIH raisi, hozirda Osiyo taraqqiyot banki loyiha rahbari, xususiy maktablar bo'yicha konsultant Bahodir G'aniyev bilan suhbatlashdik.

Suhbatni tez orada Kun.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tomosha qilishingiz mumkin.
758 viewsedited  11:52
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:52:30
Har bir jurnalistda intervyu olishni niyat qiladigan bir inson, qahramon bo‘ladi. U kim uchundir puldor tadbirkor, qo‘shiqchi, diniy ulamo, prezident yoki boring ana, hukumatga muxolif biror siyosatchi. Agar menga ham “kimdan intervyu olishni orzu qilarding?”…
722 views11:52
Ochish/sharhlash