Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-09-30 20:17:52 “Ukraina elitasida Rossiyani mag‘lubiyatga uchratishga bo‘lgan real ishonch bor” – siyosatshunos Xurshid Habib bilan suhbat

Vladimir Putin Ukrainaning to‘rt hududini Rossiya tarkibiga qo‘shib olishi bilan urushda yangi sahifa ochildi.

Voqealarning bunday rivoji, yadroviy urush xavfi, Putinning MDH mamlakatlari xavfsizlik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvi hamda O‘zbekiston TIVning e'lon qilgan axboroti haqida siyosatshunos Xurshid Habib bilan suhbatlashdik.







@haqiqatdaIlyos
1.5K views17:17
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:42:16
Ikki kun avval bir film tizerini ko'rgandim. Unda Shohruxxon olib kelayotgan gulga ikki qiz birdaniga peshvoz chiqadi. Lekin gul aynan qaysi qizga berilgani ko'rsatilmagan.Qiziqtirayotganiki, qizlarning ikkisi ham gulga umid bilan kelayotgandi.

Do'stlar, bilsanglar aytvoringlar, bu qaysi filmdan parcha va gul qaysi qizga beriladi, oqibatda nima bo'ladi?

Ikki kundan beri xalovatim yo'q, uxlolmayapman, joriy geosiyosiy vaziyatga qaramay, yursam ham, tursam ham xayolimda shu)
1.4K viewsedited  03:42
Ochish/sharhlash
2022-09-29 06:38:55
"Amerika ovozi" muxbiri (global citizen) Navbahor Imomova bilan Shanxay sammiti, Rossiya/Xitoy/AQSh, O‘zbekistondagi sustlashgan islohotlar va Ukrainadagi urush haqida gaplashdik.

To'liq intervyuga havola:



@haqiqatdaIlyos
1.4K viewsedited  03:38
Ochish/sharhlash
2022-09-28 17:47:03 "Rost24" sayti toshkentliklarning Rossiya va Ukraina urushidagi pozitsiyasini o’rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazibdi. Videoda ko’rinadiki, respondentlarning ko'pchiligi Rossiya bosqinini tinchlik uchun kurash, majbur bo’lish, G’arbning go’yoki agressiyasiga qarshi so’nggi chora sifatida baholagan.

Taxminimcha, shu so’rovnoma bugun O’zbekiston bo’ylab keng masshtabda o’tkazilsa ham umumiy xulosada katta o’zgarish kuzatilmaydi. Mana shu javob va natijalar shunchaki kattaroq raqamlarda olinadi xolos.

Ya’ni xohlaymizmi yo’qmi, bugun o’zbek jamiyatining katta qismida tafakkur darajasi shunday. Bunda Rossiyani haloskor sifatida ko’ruvchilar, Putin qancha zulm, bosqin qilmasin uni oqlovchilar hamda SSSRni sog’inuvchilar (qaytishini xohlaydiganlar) qatlami ko’pchilikni tashkil qiladi.

Bundan yana shunday xulosa qilish mumkinki, o’tgan davrda hukumat ta’lim, iqtisod, ichki va tashqi siyosat, sud, axborot siyosatida shunchalik ko’p xato qilganki, oqibatda vatandoshlar ongida chinakam mustaqil tafakkur shakllanmadi.

O’tgan davrda hukumat normal, har tomonlama mustaqil davlatchilik qilolmadi, qurolmadi. Va eng yomoni o’zbekistonliklarning bugun ham rus propagandasiga har tomonlama, har jihatdan qaramligi davom etmoqda.

Bunga qarshi internet saytlarida yoziladigan, gapiriladigan ochiq fikrlar aksar holda millatchilik, o’zaro nizo keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan fikr, maqola tamg’asi ostida senzuraga uchraydi. Unda e’lon qilinayotgan bir qator materiallar kelajagiga hamon rus tomoni ta’siri seziladi, afsuski. MTRK esa ongli tarzda "ongsizlantirilgan".

(Shu joyiga kelganda mavzuni yaqin orada kattaroq va jiddiyroq ijodiy ish sifatida tahlil qilishni maqsad qildim)

***

Postni yakunlarkanman, negadir, biz bilan deyarli o’xshash bo’lgan qozoq jamiyatidagi bugungi o’zgarishlar xayolimdan o’tyapti. Ha, ular ham ancha kechikdi, ularda ham xatolar juda ko’p bo’ldi, lekin har holda bu millat va uning yetakchilari xatolarini tushunib yetdi, ularni to’g’rilash uchun bugundan harakat boshlashdi. Qozoqlar malades, qozoqlar TOP.

@haqiqatdaIlyos
3.7K viewsedited  14:47
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:18:57
1.9K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:18:23 2009-yilda Toshkent shahri Amir Temur xiyobonidagi chinorlarning kesib tashlanishi ishi qonuniy yoki noqonuniy bo'lgani masalasi doim bahsli.

Bu qandaydir sirli, gapirish mumkin bo'lmagan mavzu shekilli, mas'ullar hozirgacha unga izoh berishdan o'zini tiyib keladi.

Ko'p yillar hukumatdagi yuqori lavozimlarda ishlagan tanishlarimdan biri yaqinda shu voqea haqida tasodifan so’z ochib qoldi. O’zini ekofaol hisoblovchi bir jurnalist uchun esa bu tabiiyki, juda katta mavzu va suhbatimiz davomida tanishimdan chinorlarning kesilishi haqida imkon qadar ko’proq narsa gapirib berishini iltimos qildim.

Sobiq mulozimning eslashicha, xiyobondagi chinorlarning kesilishi 2009-yilda Forumlar saroyi qurib bitkazilishi va uni ko’rishga kelgan marhum prezident Islom Karimovning topshirig’i bilan qilingan ish bo’lgan.

“Qurilish tugay deb qolgan kunlar edi. Shunday kunlarning birida Karimov qurilishni ko’zdan kechirish uchun Forumlar saroyiga keldi. Prezident avval saroy atrofini, pastki qavatlarni ko’zdan kechirdi. Keyin o’zi bilan kelgan mas’ullarni binoning tepa qismiga olib chiqdi. Qurilish bo’yicha tavsiyalar mas’ullarga asosan shu yerda berildi.

Karimov mas’ullarga topshiriqlarini berarkan, bir payt Amir Temur xiyoboniga qaradi-da, Abduqahhor Toʻxtayevga (2005 — 2011 yillarda Toshkent shahri hokimi) shunday topshiriq berdi: Abduqahhor, bu yerdagi chinorlarni ham saralash kerak. Qaysi chinor kesilib, qaysi biri qolishini o’zim senga aytaman…

***

2009-yilga kelib Karimovda xotira susayishi sezila boshlagandi. Qarangki, chinorlarni saralab berish bo’yicha topshirig‘i ham Karimovning yodidan ko’tarilgan. Agar sobiq hokimning o’zi prezidentga eslatmaganda, chinorlar kesilmay qolishi mumkin edi.

***
Xullas, topshiriqdan keyin 3-4 oy vaqt o’tdi. Karimovning chinor saralash ishidan ha deganda yangilik bo’lavermagach, navbatdagi uchrashuvlardan birida hokimning o’zi prezidentga bu haqda eslatadi. Shu paytda Karimovning kayfiyati yaxshi bo’lmagan shekilli, To’xtayevga o’shqirib beradi: Nima shuni ham men qilib berishim kerakmi?

Shu bilan ish To'xtayevning o'ziga qoladi va u saralab o'tirmay, xiyobonning hamma chinorlarini kestirishga topshiriq beradi. Topshiriq a'lo darajada bajariladi ham", deya voqea haqidagi xotiralarini tugatdi mulozim.

***

Xotirani Amir Temur xiyobonidagi chinorlar kesilish voqeasi bo'yicha eng tog'ri versiya deyishdan yiroqman. Sizga o'sha paytda yuqori lavozimda ishlagan amaldorlardan birining fikrini ulashdim xolos.

@haqiqatdaIlyos
18.6K viewsedited  08:18
Ochish/sharhlash
2022-09-26 18:04:51
Gunohlarim ko'payib ketdi shekilli, so'nggi vaqtlarda iymonimda zaiflik seza boshladim. Va iymon izlab "Iymon"ni topdim.
1.8K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2022-09-23 15:40:40 Musulmon kishining o‘z vatanini himoya qilishdan boshqa har qanday harbiy harakatlarda ishtirok etishi shar'an joiz bo‘lmaydi. Bugungi kunning musulmon kishisi har qachongidan ko‘ra ogoh va hushyor bo‘lishi darkor. Xususan, insoniyat taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli bo‘hronlar va notinchliklar paytida turli fitnalarga aralashmasligi lozim.

Bu kabi fitnalarga aralashish shar'an harom hisoblanadi. Qolaversa, amaldagi qonunchiligimizda ham xorijiy mamlakatlarning harbiy tuzilmalari, noqonuniy diniy tashkilotlar va terrorchi guruhlar tarkibiga a'zo bo‘lish taqiqlangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
785 views12:40
Ochish/sharhlash
2022-09-23 15:20:16Ozodlik va tinchlik tanlovida tinchlikni tanlagan millat oxir-oqibatda ikkovidan ham quruq qoladi.

Muallifini eslolmadim, lekin topib aytilgan gap, haqiqat.
874 viewsedited  12:20
Ochish/sharhlash
2022-09-22 16:04:24
Rossiyada safarbarlik. Belgorod oblasti. Bolalar yig‘lamoqda.

Ming lan'at senga, Putin.
1.8K viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash