Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2022-06-28 20:55:41
Og'ir xabar eshitdim – adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqul vafot etibdi.

Domlani qattiq hurmat qilardim, yaxshi ko'rardim. To'g'risi, shu paytga qadar Ibrohim akadek katta fikr, dunyoqarashli inson ko'rmaganman.

Yozuvchi va shoirlar bilan qilib kelayotgan suhbatlarimga ham aynan u kishi "planka" belgilab bergandi.

Ibrohim Haqqul butun borlig'ini ilm, adabiyotga bag'ishlagan kishi edi. Vafoti ham Surxondaryodagi yirik bir ilm majlisida bo'libdi.

Ilohim, oxiratlari obod bo'lsin. Yaqinlariga sabr tilayman.

Bu intervyuni domla bilan 2019-yilda uyushtirgandik:

6.4K viewsedited  17:55
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:31:12 Prezident Mirziyoyev “tonirovka” masalasida qaror imzolaganini e’lon qildi

“Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan masalalardan ham xabardorman. Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham ko‘plab e’tirozlar to‘planib qolgan.

Shu bois, bugun haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim”, dedi davlat rahbari bugungi yig'ilishda.

Unga ko'ra, 1-iyuldan boshlab:

– avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi;

– old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;

– ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.

10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

P.S: Umuman olganda, qarorning imzolanish vaqti mamlakatdagi hozirgi jarayonlar va xalq kayfiyatidan kelib chiqib juda yaxshi tanlandi.

Shuningdek, bu yetarli bo'lmasa, islohotlar davomi sifatida blokda qolayotgan tarmoqlar ham yaqin orada (avgust oyiga qadar) ochib yuborilishi mumkin. Yanayam kim biladi deysiz, balki "tonirovka"ni o'zi ham yetarli bo'lar. Shukrga o'rgangan xalqmiz.

@haqiqatdaIlyos
1.5K viewsedited  13:31
Ochish/sharhlash
2022-06-28 07:53:51
Худойберди Тўхтабоев ва Анвар Обиджонга 100 млн сўмдан мукофот

Кеча “Болалар ва ёшлар учун энг яхши китоб” танлови бўлиб ўтди.

Танловга 1800 дан ортиқ ариза келиб тушибди (қойил, болалар ва ёшлар учун шуунча китоб бор экан-ку, китоб йўқ деймиз. Асли ҳафсаламиз йўқ, тан олиш керак)

Танлов учта ёш категориясида уч ўрин бўйича ўтказилди.

Президент қарорида 1-ўринга 100 млн, 2-ўринга 75 млн, 3-ўринга 50 млн сўм мукофот дейилган. Кеча мукофотлар эгаларига топширилди.

Ғолиблар қаторида “Мушуклар маликаси Минуш," “Пеппи узунпайпоқ” (таржима), Тўлқин Нурмуҳаммаднинг “Нафс”, Саъдулло Қуроновнинг “Галактикада бир кун” каби асарлари эътироф этилди. Албатта, 1-ўринда Худойберди Тўхтабоевнинг “Сариқ девни миниб” ва Анвар Обиджоннинг “Мешполвоннинг саргузаштлари” асарлари. Мукофотларни адибларнинг яқинлари қабул қилиб олишди.

Энг кўп совринни “Академнашр” олди, нашриёт вакили Аббос Серобов саҳнага қатнайвериб пошналари едирилди Шунча пулни нима қиласизлар десам, қўлимга гул тутқизиб кетди, жиминг деганидир-да

Адлия вазирлиги қошидаги “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази томонидан нашр этилган "Ёшлар учун энциклопедия” китоби ҳам эътироф этилди. Унинг ҳаммуаллифларидан бири — ўзимизнинг Ориф Толиб! Яшасииин

Китоб ўқиш ҳам, эпласа, ёзиш ва чоп этиш ҳам тақдирланади.

Ғолибларни қўшалоқ байрам билан қутлайман!

@shahnozxon
1.1K views04:53
Ochish/sharhlash