Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-09-01 06:50:22
Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi?
Saxar vaqtida gullaring so‘ldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod?
Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?

Birligimizning tebranmas tog‘i,
Umidimizning so‘nmas chirog‘i.
Birlash, ey xalqim, kelgandir chog‘i,
Bezansin endi Turkiston bog‘i.
Qo‘zg‘al, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar!

Ol bayrog‘ingni, qalbing uyg‘onsin,
Qullik, asorat – barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar o‘rtansin.
O‘sib Turkiston, qaddin ko‘tarsin,
Yayrab, yashnab o‘z Vataning gul bog‘laringda!

Abdulhamid Cho‘lpon

@haqiqatdaIlyos
419 viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:44:22 Mustaqillik bayrami barchangizga muborak bo'lsin.

Bugun atrofimizda bo'layotgan voqealar fonida mustaqillikning ahamiyatini ayniqsa, ko'proq his qilyapmiz, qilishimiz kerak.

Ilohim, urushning sovuq qadami hech qachon tuproqlarimizga kirmasin.

Ta'lim, ta'lim orqali qolgan sohalarimiz rivoj topsin.

Faqat biz boshqalarni emas, boshqalar ham xalqimizning yaxshi turmush sharoitlari haqida gapirsin, bu yo'ldagi islohotlarimiz haqida kitoblar yozsin.

Mustaqilligimiz yanada mustahkamlanib, qandaydir islohotlar oldidan bir o'ylab oladiganimiz "falonchi nima derkin, qanday qararkin" degan qo'rquvlarimiz batamom tugab bitsin.

@haqiqatdaIlyos
453 views02:44
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:34:01 "Tashkent city" hududi SSSR paytida kelajakda jamoat bog'i qilinishi uchun tashlab ketilgan joy bo'lgan ekan.

https://mover.uz/watch/vYj7ymxN?start=285

@haqiqatdaIlyos
757 viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:10:31 ShHT kollektiv g‘arbga qarshi global blokka aylanyaptimi?

O‘zbekiston katta siyosiy tadbir arafasida. 15−16 sentyabr' kunlari Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkilotining (ShHT) navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammit doirasida tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, moliyaviy, investisiyaviy va xavfsizlik borasida hamkorlikni kuchaytirishni ko‘zlovchi bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Sammit va unda ko‘riladigan masalalar Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi dunyo davlatlari e'tiborida bo‘lib turibdi.

Kun.uz muxbiri Shanhay hamkorlik tashkiloti va uning Samarqand sammiti, buning O‘zbekiston uchun natija va oqibatlari borasida O‘zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov, siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Suhrob Bo‘ronov bilan intervyu uyushtirdi.





@haqiqatdaIlyos
726 viewsedited  12:10
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:13:09
Do'stlarimizning boriga shukr. Yangi kitoblar nashr qilinganda, esdan chiqarishmaydi.

Bir necha kun avval Asaxiy.uz'dan "Kapitan Grant bolalari"ni bayram sovg'asi sifatida yuborishgandi, bugun esa @kompasacademy "tandirdan yangi uzilgan" kitoblar bilan yo'qladi.

Bayram dam olish kunlari kitoblar mutolaasi bilan mazmunli, yoqimli o'tadigan bo'ldi, Xudo xohlasa.

O'qishni anchadan beri kutganim "Buyuk shaxmat taxtasi"dan boshlamoqchiman.

4-sentabr kuni taqdimoti kutilayotgan asarni siz ham o'qib chiqsangiz va shu post ostida birgalikda muhokama qilsak, yaxshi bo'lardi.

Balki kanalda an'anaga aylantirarmiz bu ishni.

@haqiqatdaIlyos
384 views10:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:00:50 Amaldorlar mamlakatdagi islohotlar haqida qancha ko'p va chiroyli gapirmasin, oddiy xalq uni o'z mahallasi, ko'cha va uyiga yetib kelmasa, qabul qilmaydi, ishonmaydi. Shaxsan men ham.

Shuning uchun islohotlar shamolini sezmagan odamlarga islohotlar haqida qancha gapirmang, befoyda.
Ularga islohotlar natijasini amalda ko'rsatish va keyin bu haqda minbarlardan turib gapirish kerak.

Ijtimoiy kayfiyat ham amaldagi ishlar bilan yo yaxshilanadi yo berilgan lekin bajarilmaydigan va'dalar bilan taraglashib boraveradi.

Kecha Shakar qishloq yo'liga byudjet mablag'larining adolatli taqsimlash loyihasi – "Open budget" doirasida asfalt yotqizildi. Ikkinchi o'rin, 1500 dan ortiq ovoz bilan.

Qishloq yo'li paydo bo'libdiki, hali asfalt ko'rmagandi. Odamlar ham qishda loy, yozda tuproqli yo'ldan charchashgandi.

Bugun shu odamlarda kayfiyat umuman o'zgargan. Ular endi birlashsa, kuchni bir joyda to'plasa, nimadir qilolishini biladi. Allaqachon yangi loyihalar haqida gapirishmoqda ham.

Bu yil ularga Mustaqillik bayramini nishonlash tatiydi.

Murojaatga befarq bo'lmay ovoz berishda qatnashgan har bir insonga va shu ishlarda tashkilotchilik ko'rsatgan Jomboy tuman hokimligi vakillariga, yo'l quruvchilarga minnatdorchilik bildiraman.

*Avvalroq kanal a'zolaridan "Open budget"da shu qishloq yo'liga ovoz berishni so'ragandim.

@haqiqatdaIlyos
795 viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:00:38
751 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-28 22:22:50 Yozayotgan haqoratli izohlari bilan mazluma opa-singil, kelinlarimizni himoya qilyapman, deb o'ylashyapti.

Aslida bir olima millatdoshiga bunchalik haqorat yog'dirayotganlarning Quyi Chirchiqda ayolini bog'izlagan erkakdan ko'pda farqi yo'q.

O'rtoqlar, bu yo'l bilan jamiyatda suiqasd, ayollarga nisbatan qiynoq, haqoratni to'xtatib bo'lmaydi.

Siz shunchaki ingichkalashib ketgan ijtimoiy kayfiyatni yanada taranglashtiryapsiz. Maqsadga siz tutgan yo'l bilan borolmaymiz.

Muammolarga haqorat, kimnidir kofirga chiqarish, g'iybat qilish bilan yechim topib bo'lganda, bizdan buyukroq millat bo'lmasdi.
Bizda bu bo'yicha tajriba keragidan ko'proq.

Yo'limizni o'zgartiraylik.

@haqiqatdaIlyos
3.2K viewsedited  19:22
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:05:29 Oilaviy Milliy bog'damiz. Meni xursand qilgani boshqa bog'lardan farqli bu yerni magazin, pulli atraksionlar bilan to'ldirib tashlashmabdi.

Tarmoqlardagi ayrim tanqidlardan keyin ha, Milliy bog'niyam har tomoniga 2 yilda qurib qoladigan archalar ekib, quyosh qizdirib turadigan bir joyga aylantirishibdi-da, deb o'ylagandim, yo'q, kelib aylanish, o'pkani toza havoga to'ldirib ketish uchun yaxshi joy bo'lgan.

Umid qilamanki, shahardagi ekologik muhitni balansga keltirishda bu kabi bahavo jamoat bog'larini qurish (ta'mirlash) ishlari davom ettiriladi.

Bular bugun Milliy bog'ga borib qilgan ijobiy xulosalarim. Endi bir necha salbiy xulosalarimni ham aytib ketsam.

Kayfiyatimni tushirgani bog'dagi ta'mir davomida ko'p yillik daraxtlarning 50-60 foiziga jiddiy, qo'pol tarzda shikast yetkazilibdi. Shu tufayli hozir ko'plab chinor, emanlar butunlay qurish holatiga kelib qolgan. Ayrimlari quribdi ham (buni yashirish uchun ularga chiroqlar osib chiqishgan).

Milliy bog'ga zudlik bilan malakali agronomlar va daraxtlar uchun agrotexnik tadbirlar kerak. Agar ish ozgina kechiktirilsa, biz o'nlab ko'p yilik daraxtlarni yo'qotamiz.

Shuningdek, hududdagi ko'l ham maydon jihatidan ancha qisqaribdi. Afsuski, bu endi to'g'rilab bo'lmaydigan ish.

Takrorlayman, Milliy bog'dagi daraxtlarga zudlik bilan yordam zarur.

Ekologiya qo'mitasi yoki Milliy bog'ni saqlab turishga mas'ul idoralar murojaatimga e'tiborsiz bo'lmaydi deb umid qilaman.

Ekofaollarni bu masalaga befarq bo'lmaslikka chaqiraman.

@haqiqatdaIlyos
1.0K viewsedited  17:05
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:13:55 Bahodir G‘aniev — ta'limni inqirozga eltgan sabablar, adolatsiz test tizimi va “Kamolot” haqida

Bu yil oliy ta'limda o‘qishni reja qilib, testga kirgan 1 mln 73 ming 821 nafar abiturientning 550 ming nafari (51,2 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmadi.

Bu ko‘rsatkich bugun ijtimoiy tarmoqlarda shu qadar ko‘p muhokama qilinyapti, jamoatchilik hayratiga sabab bo‘lyaptiki, ochig‘i, bu bizni biroz hayron qoldirdi.

Demak, shu paytgacha ta'limning haqiqiy ahvoli, uning “botgan botqog‘i” yo bo‘lmasa, maktabda o‘qiyotgan, uni bitirayotgan o‘quvchilarning aksari hatto bir bet matnni to‘g‘ri yozib berish malakasiga ega bo‘lmay chiqayotgani ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgan, shekilli.

Kun.uz muxbiri maktab ta'limiga oid mavzular yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki loyiha rahbari, xususiy maktablar bo‘yicha konsultant Bahodir G‘aniev bilan suhbatlashdi.


Ma'lumot uchun, Bahodir G‘aniev 1998-1999 yillarda Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti magistraturasini tamomlagan. 2005-2006 yillarda AQShning Yel universitetida malaka oshirgan.

U turli yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi, Prezident devonida Yoshlar ishlari sektori mudiri va “Iste'dod” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Bahodir G‘aniev bilan suhbatimiz O‘zbekistonda xalq ta'limini inqirozga eltgan sabablar, bunda o‘qituvchilar va direktorlar o‘rni, test tizimidagi adolatsizliklar, kadrlar siyosati va “Kamolot”da kechgan yillar haqida bordi.

Intervyuni to‘liq ko'rish



@haqiqatdaIlyos
1.6K viewsedited  06:13
Ochish/sharhlash