Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2022-08-24 20:16:27 Qo'shni va atrof davlatlar tabrigini o'qib esga tushdi, Ukrainani tabrikladikmi yo shunchalik duxni berdikmi?
912 viewsedited  17:16
Ochish/sharhlash
2022-08-24 19:42:00 Yana 4 oydan keyin, 2023-yil 1-yanvardan O'zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to'liq o'tiladi.

Bu haqda hukumat 2021-yil 11-fevralda qaror qabul qilgan.

Hujjat bilan, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida «O‘zbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilishi belgilangan (ammo shu ishni haligacha qilisholmadi, oqibatidan qo'rqishmayapti shekilli).

Qarorda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalar davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarilishi belgilangan.

Rasmiy veb-saytlar ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2023-yil boshidan

shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar,

ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;

ish qog‘ozlari, turli blanklar;

mamlakatdagi joy, ko‘cha, atamalar,

tashkilotlarning nomlari,

peshlavhalar,

ommaviy targ‘ibot vositalari,

reklama va e’lonlar to'liq lotin yozuvida bo'lishi shart.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to'liq o‘tkaziladi.

Eslatish o'rnida aytib qo'yyapman.

Davlat idoralari rahbarlari, xodimlari, qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni tezroq qilib oling, moslashing. Sizni toshbaqa yurishingiz, unniqqan dunyoqarashingiz deb, millat chalasavodligi davom etishi kerak emas. Ikki yozuvli xalq bo'lib yashash jonimizga tekkan.

Kim nima desa desin, shaxsan men hozirgi hukumatga shu islohot yakuniga qarab baho beraman, tarix ham.

@haqiqatdaIlyos
1.3K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2022-08-24 17:23:56 Mehnat qonunchiligiga xodimning bir kunda bir necha soatga tashqarida – o'zi istagan joyda ishlab kelishi mumkinligi huquqiniyam qo'shish kerakmi deymanda.

O'zimdan misol, bugun ichkari muhitdan charchab, ishimni bir necha soatga tashqariga ko'chirdim. Kayfiyat ham yaxshilandi, miyagayam yangidan-yangi fikrlar kelyapti. Ish unumiyam oshdi.

Qandaydir tajriba o'tkazish kerak bo'lsa, unda qatnashishga tayyorman.
891 viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2022-08-23 19:07:39
“Бу тартибсизликдан фойдани кичик гуруҳ кўради” — экспертлар Тошкентдаги қурилишларнинг бош режасиз қилинаётгани ва унинг хавфлари ҳақида

Ҳозир ерни сотаётганлар ва қурилиш компаниялари фойда кўряпти. Улар бугун пул қиляпти, лекин келажакни ўйлашмаяпти. Сотишса бўлди. Кутилаётган зарар, оқибатлар эса узоқ йилларга етади, дейди Темур Аҳмедов.

https://kun.uz/78258832

ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ
730 views16:07
Ochish/sharhlash
2022-08-22 09:47:17
Rost24 saytining Maktabgacha ta'lim vaziri Agreppina Shin bilan bog'liq vaziyat bo'yicha tayyorlagan reportaji Oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning mana bu va'dasini esga solib yubordi.

Deyarli 10 hafta o'tibdi shu va'da berilganiga ham. Ammo Toshqulovning orada o'z matbuot kotibiga sohadagi islohotlar haqida gapirib berganini aytmasa, intervyu hamon o'tkazilgani yo'q.

Shaxsan men vazirdan OAV bilan boshqacha faol hamkorlikni kutgandim. Balki vazirning tepasidagilar xohlashmas uning ko'p ko'rinish berishini. Bilmadim, lekin uning ham vaziyati Shinnikidan ko'pda farq qilmayapti.

@haqiqatdaIlyos
690 viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:27:50 Ruminiyaning O'zbekistondagi elchisi Daniel Kristian Chobanu
o'zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan o'zbek tilida tabriklabdi. Bu haqda Turizm va madaniy me'ros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev facebook sahifasi orqali xabar ulashdi.

Elchining tabrigi uchun ramziy ma'noda O'zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri – Hazrati Sulton choʻqqisi tanlangan (4083 metr).

Tabrik mustaqil O'zbekistonning vatandoshi sifatida meni bir xursand qilgan bo'lsa, uning o'zbek tilida bo'lgani xursandchiligimni yana o'n karra oshirdi. Buning uchun elchi janoblariga minnatdorchiligimni bildiraman.

Endi bir fikr o'rtoqlar. Videoda ko'rgan bo'lsangiz, elchining orqa tarafida O'zbekistonning eng baland nuqtasi haqidagi ma'lumot lavhasi afsuski, o'zbek tilida emas. Bu – davlat tili o'zbek tili bo'lgan mustaqil davlat uchun uyatli ish.

Shu ma'noda, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm va madaniy me'ros vazirligi va Davlat tilini rivojlantirish departamenti vakillari birgalikda cho'qqi haqidagi ma'lumot beruvchi lavhani o'zbek tilida o'rnatsa (o'zgartirsa), nur ustiga nur bo'lardi.

Agar lozim bo'lsa, shu xayrli tashabbusda birga ishtirok etib, jarayonni keng jamoatchilikka yoritib borgan bo'lardim (Temur Mirzayev bilan bu boradagi ishlar rejasini ham kelishib oldik).

Hazrati Sultonni ko'rish uchun ko'plab xorijlik sayyohlar keladi. Cho'qqi haqida ular uchun ham qulay bo'lgan tilda ma'lumot o'rnatilishi kerakdir. Lekin O'zbekistonning eng baland cho'qqisi haqidagi ma'lumotlar eng avvalo o'zbek tilida, eng katta hajmda yozilishi shart.

Umid qilaman, nomi keltirilgan idoralar tashabbusimizni e'tiborsiz qoldirishmaydi.


@haqiqatdaIlyos
785 viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:27:35
Ruminiyaning O'zbekistondagi elchisi Daniyel Kristian Chobanu o'zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan o'zbek tilida tabrikladi.

Tabrik O'zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri – Hazrati Sulton cho'qqisidan (4083 metr) turib yo'llangan.

@haqiqatdaIlyos
1.1K viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-20 20:48:58
495 views17:48
Ochish/sharhlash
2022-08-20 20:48:18 Bir obunachim "Aloqabank"ning Toshkent shahar filialida mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlarning aksariyati o'zbek tilida emasligidan nolimoqda.

Masalan, bankka kelgan mijozlarga onlayn navbati haqida videoda eshitilgani kabi faqat rus tilida ma'lumot berilayotgan ekan.

Umuman, bankda ko'rsatilayotgan boshqa xizmatlarda ham xodimlarning davlat tiliga bo'lgan hurmati sezilmasmish.

"Bu bankda ko'rsatiladigan xizmat sifati, davlat tiliga amal qilinishi, hurmat masalasini nazorat qiladigan bormi?", – deya bir talay savollarini yuboribdi o'sha mushtariy.

Nimayam derdim, sizda bank va bank xodimlarining davlat tili qoidalarini buzgani bo'yicha Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilish huquqi bor (uzr, ammo bundan natija chiqishiga uncha ishonmayman, chunki bir murojaat qilib, tayinli ish va yechim ko'rmadim).

Sudga ariza kiritolasiz (ammo bu masalada qonunlarimiz juda yumshoq, mo'rt. Yaqinda bir loyiha tayyorlashgandi, u ham nom-nishonsiz yo'qotildi).

Yana bir yo'li bor. Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudirining konsertdan qaytishini kutasiz va qabuliga kirib, muammongizni aytasiz. Markaziy bankda xodimi bo'lsa, u orqali "Aloqabank"ka tavsiya yubortirishi mumkin.

Shuningdek, bank xizmatlariga kelganda, mana shu holatga e'tibor berib tanlov qilaverasiz. Shu bankka siz bergan eng yaxshi jazo bo'ladi.

Nima qilay, bu masalada qonun talabi bilan bir ish chiqishiga ishonmayman. Ayniqsa o'zimiznikilar qonun talab qilayotgan bo'lsa.

@haqiqatdaIlyos
511 viewsedited  17:48
Ochish/sharhlash
2022-08-20 17:23:48
Shu uchchovini oldim, pulimam tugadi)
601 viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash